Jamg‘arish funksiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg‘arish.
Xususiy, davlat va tashqi dunyo jamg‘armalari.
Isteʼmolga (ARS) va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik (APS).
Isteʼmolga (MRS) hamda jamg‘arishga (MPS) chegaraviy moyillik.
O‘zbekiston Respublikasida iseʼmol va jamg‘arish jarayonlari xususiyatlari.
Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko‘ra tarkibida eng katta ulushga ega bo‘lgan komponentdir. 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda bu ulush 56 %ni tashkil etgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Iste’mol – YaIMning eng asosiy yirik komponenti bo‘lib, u keng ma’noda jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishning yakuniy natijalaridan, ishlab chiqarish resurslaridan, ishchi kuchidan foydalanish jarayoninn bildiradi.
Iste’mol va jamgarish bog’likligi
DI = C+S
C=DI-S
S=DI-C
S I
DI (disposable income) – Tassarufdagi daromad
C (consumption) – Iste’mol
S - jamg’arma
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‘armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg‘arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa J.M. Keyns uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg‘arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg‘arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo‘jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to‘lovlari va to‘lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) ko‘rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg‘armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
6.1-jadval Daromad, iste’mol vajamg‘arishko‘rsatkichlari18
Ma’lumki, uy xo‘jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko‘p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg‘ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik har xil daromadga ega bo‘lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo‘lganlar, odatda, uning ko‘proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg‘aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg‘arish foydasiga o‘sadi. Bu bog‘liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqamiz (6.1-jadval).
Tasarrufidagi daromad hajmi 370 shartli birlikka (sh.k.) teng bo‘lganda uy xo‘jaliklari iste’moli 375 sh.b.ka teng, ya’ni tasarrufidagi daromaddan 5 sh.b.ka ko‘p bo‘ladi. Ya’ni uy xo‘jaliklari 5 sh.b.ka teng miqdorda qarz hisobiga yoki o‘tgan yillarda to‘plangan jamg‘armalar hisobiga iste’mol xarajatlari qiladilar.
Uy xo‘jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo‘lganda, uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo‘sag‘aviy daromad deb yuritiladi. 6.1-jadval ma’lumotlari asosida iste’mol grafigini chizamiz.
6.1-rasm. Iste’molgrafigi19
Iste’mol grafigi ikki to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida berilgan. Bissektrisa ko‘rinishidagi Yd =C to‘g‘ri chizig‘ining har bir nuqtasida iste’mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo‘ladi. Haqiqiy iste’mol (S) grafigi haqiqiy iste’mol va daromad teng bo‘lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo‘sag‘aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o‘rtasidagi farq jamg‘arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to‘g‘ri chizig‘i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o‘qni anuqtada kesib o‘tadi. Bu hol uy
xo‘jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a– nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi.
Jamg‘arish grafigi20
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg‘arish grafigini ham ko‘rib chiqamiz (6.2-rasm).
Jamg‘arish grafigi daromad bilan jamg‘arish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Vertikal o‘qdagi har bir nuqta jamg‘arma miqdorini bildiradi va daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - S). Boshlang‘ich daromad darajasida jamg‘arish nolga (0) teng bo‘lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o‘sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi.
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funksiyasini yozamiz: