1-мавзу: dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish маъруза режаси



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə5/23
tarix14.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#179283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Динамик макроиктисодиёт маърузалар матни

Ko‘tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish va to‘liq bandlik darajasiga erishiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo‘lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko‘ra o‘zaro farq qilib turadi. Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko‘rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro‘y beradigan o‘zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo‘llash natijasida iqtisodiyotda o‘sish ro‘y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg‘i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo‘l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yangi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo‘ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog‘lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog‘laydigan olimlar ham mavjud. Ya’ni, davlat qanchalik ko‘p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo‘lsa, ishlab chiqarish ko‘lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog‘liq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o‘z tovar va xizmatlarini ularga talab bo‘lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo‘lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O‘z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo‘ladi. Yalpi xarajatlar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning o‘sishi katta foyda olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Global inqiroz bo‘yicha ko‘p sonli nashrlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, dunyoning rivojlangan davlatlari uchun inqirozning harakat nuqtasi moliyaviy bozorlarning beqarorligi bo‘ldi va inqirozning rivojlanishi sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
Moliyaviy bozorlarning beqarorligi Kreditlarning qisqartirilishi va iste’molning pasayishi Ishlab chiqarish va eksportning qisqarishi, ishsizlikning osishi.
Shunga ko‘ra, hukumatlar darajasida inqirozdan chiqish bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda bandlik masalalarini, talabni rag‘batlantirish orqali ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan keskin choralarni ko‘rish masalasini ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.
Har qanday bozorda vaziyat talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga bog‘liq bo‘lib, ular hajmlarining o‘zgarishi baholarning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Baholarning o‘zgarishi esa talab va taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro bog‘liqlik umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladigan milliy bozorga ham ta’luqlidir.
Alohida tovarlar va xizmatlar bozoridagi bunday bog‘liqlik talab va taklif modeli yordamida tadqiq qilinishini yaxshi bilamiz. Ammo makroko‘lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan birga baholar umumiy darajasining o‘zgarishi o‘rtasida bog‘liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o‘sishi, ba’zi davrlarda esa pasayib ketishni izohlab berish uchun bu modellardan foydalanib bo‘lmaydi.
Bu vazifani bajarish uchun yalpi talab - yalpi taklif (AD-AS aggregate demand-aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi taklif, baholarning umumiy darajasi kabi agregat ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va baholar darajalarining tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun bazaviy model bo‘lib hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar yig‘indisidir. Formula ko‘rinishida yalpi talabni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin