Buddaviylik ta’limoti. Buddaviylik qadimiy Hind diniy - falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizim dir. Uning asosi «Hayot - bu azob, uqubatdir» va «najot yo’li mavjud» degan g’oyadir. buddaviylik qonuniyatlariga ko’ra inson o’ziga moslashgan mavjudot bo’lib, o’zida tug’iladi, o’zini o’zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning ilk da’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o’z ifodasini topgan.
Birinchihaqiqat - «Azob uqubat mavjuddir». Har bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot - qiynoq, azob-uqubatdir.
Tug’ilish - qiynoq, kasallik - qiynoq, o’lim - qiynoq, yomon narsaga duch kelish - qiynoq, yaxshi narsadan ayrilish - qiynoq, yomon narsadan ayrilish - qiynoq, o’zi xohlagan narsaga ega bo’lmaslik - qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liqlik. Hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi.
Buddaviylik ta’limotiga ko’ra, har qanday narsa yoki hodisa u hoh moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning xayollar va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Dxarmalar mavjudligining 5 formasini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu besh forma insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tugallanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh forma (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va norma. Bu prosess «hayot g’ildiragi»ni tashkil qiladi. «Hayot g’ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi.
Ikkinchihaqiqat - «qiynoqlarning sabablari mavjuddir». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va doimo ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. YAxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddistlar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchihaqiqat - «qiynoqlarni tugatish mumkin». YAxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha, «Hayot g’ildiragidan» tashqariga chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ullarini to’la tugatishdir.
To’rtinchihaqiqat - qiynoqlardan qutilish yo’li mavjuddir. Bu yo’l - «Sakkizta narsaga amal qilish, to’g’ri tushunish, to’g’ri harakat qilish, to’g’ri muomalada bo’lish, fikrni to’g’ri jamlash». Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi.
Bu sakkiz narsaga amal qilish meditasiya deb nomlanadi. buddaviylik ta’limoti asosan uchqismdan iborat: 1. Meditasiya; 2. Axloq; 3. Donolik. 1. Meditasiya: To’g’ri tushunish;
3. Donishmandlik - bu buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini to’g’ri tushunish.
Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim «Xinayana» (kichik g’ildirak) va «Maxayana» (katta g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi.
Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu sababli «Katta g’ildirak» deb nomlanadi.