1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar



Yüklə 135,82 Kb.
səhifə10/25
tarix20.11.2023
ölçüsü135,82 Kb.
#163553
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org

Jaynizm (sanskritcha “jina” - “muzaffar” sо‘zidan olingan). Jaynizmning kelib chiqishi haqida kо‘plab afsonaviy rivoyatlar mavjud. Rigveda kitobida jaynizmning ikki tirtxakarlari (yо‘l tuzuvchi, ruhlarni ozod qiluvchi) Rishabxa va Arishtanem haqidagi rivoyat keltirilgan. Ulardan birinchisi – Rishabxa jaynizm ta’limotining asoschisi hisoblanadi. Bu rivoyatlarda Rishabxa shaxsida ilohiyot Naroyana, ya’ni Vishnu mujassam bо‘lgan. Bu ma’lumotlar jaynizmning veda dinlaridan ham qadimiyroq ekanligini kо‘rsatadi.
Jaynizm dini vakillarining e’tiqod qilishicha, bu ta’limotga 24 tirtxakar (payg‘ambar yoki avliyo) asos solgan. Ularning barchasi kshatriylar xonadonidan bо‘lgan. Ushbu tirtxakarlarning 22 tasi haqida ma’lumot deyarli yо‘q, 23-si – Vardxamana Maxaviradan 250 avval yashagan Parshvanadxa – Banoras podshohi Ashvasanning о‘g‘li bо‘lgan. Biroq rohiblik yо‘lini ixtiyor etib, otasining saroyini tark etgan. U о‘zidan keyin juda ham chiroyli nizomga solingan diniy kо‘rsatmalar qoldirgan. Vardxamananing ota-onasi, oila a’zolari Parshvanadxaning dinida bо‘lganlar. Vardxamanada yoshligidan jaynizm ta’limotiga kuchli qiziqish paydo bо‘lgan. Shunday qilib, Vardxamananing о‘zi jaynizmning navbatdagi va sо‘nggi tirtxakari bо‘lib etishgan.
Vardxamana mil. av. VI asrda Hindistonning Bixar shtatida boy kshatriy oilasida tug‘ildi. Otasi Siddxardxa Jnatrik qishlog‘ining kshatriylar sulolasi boshlig‘i edi. Onasi Trisala Lichchxavi sulolasidan bо‘lgan mashhur podshoh Vayshali hukmdori Chetakining singlisi edi. Magadxi podshohi Bimbisara Chetakining qizi Chillanaga uylangach, Vardxamana qudratli Magatxi sulolasi bilan qarindosh bо‘ldi. Buning natijasida uning oldida oliy darajada ta’lim olish, ilm va san’atning barcha sohalari bilan tanishish imkoni paydo bо‘ldi.
Maxavira Yashoda ismli qizga uylandi va undan qiz farzand kо‘rdi. Aynan mana shu qizining eri Jamali Maxaviraning birinchi shogirdi, keyinchalik esa jaynizm ibodatxonasining hinduizmdan ajralib chiqishining tashabbuskori bо‘ldi. Vardxamana о‘ttiz yoshigacha oddiy dunyoviy kishilardek hayot kechirgan. Keyin esa barcha mulkidan voz kechib, kо‘p yillar sayohat qilgan. Doimiy о‘y-fikrga chо‘mib, о‘zini ichki iztiroblar domiga tashlagan. 13 yildan keyin Parshvanadxa tepaligida gо‘yoki, “botiniy” bilimga ega bо‘ladi. Bu eng oliy bilim bо‘lib, Vardxamanani 42 yoshida shodlik va qayg‘ulardan butkul ozod qilgan va uni yuqori darajadagi diniy ustozlarga beriladigan Jina nomi bilan mashhur qildi. Keyinchalik unga Maxavira (“ulug‘ qahramon”) unvoni berildi. Maxavira kо‘p yillik sayohatlari davomida kо‘plab insonlarni о‘ziga ergashtirdi. Uning shogirdlari nigrantxa (“kishandan ozod qilinganlar”) deb atala boshlandi.
Vardxamana Maxavira rohiblar, oddiy erkak va ayol insonlar barobar e’tiqod qila oladigan diniy ta’limotga asos soldi. Maxavira mil. av. 527 yili 73 yoshida vafot etdi. Jaynizm adabiyotida keltirilishicha, u nirvana – sо‘nggi ozodlik holatiga erishgan.
Jaynizm ta’limotining asosiy g‘oyasi deyarli barcha hind dinlari uchun umumiy bо‘lgan karmalar va nirvana haqidagi ta’limot hisoblanadi. Nirvanaga erishgan inson qayta tug‘ilishdan ozod bо‘ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo qilganlargina erishishi mumkin, xolos. Shuning uchun ham ushbu ta’limotda tarkidunyochilikka alohida e’tibor beriladi. Inson dunyoda о‘zining barcha ehtiroslaridan voz kechgach, о‘z nafsini tiyishi, о‘z-о‘zini engishi – yangi karma hosil bо‘lishiga yо‘l qо‘ymaydi. Natijada karmaning kuchi emirilib, uning ruhi kishanlardan ozod bо‘ladi. Kishining karmasi qanchalar zaiflashsa, uning ichki dunyosi shuncha boyib boradi. Bu jarayon ruhning tо‘la ozod bо‘lgunigacha davom etadi. Va, nihoyat, ruhning butunlay ozod bо‘lishi – nirvana holati yuz beradi.
Dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan rohibdan ham ma’lum axloqiy qoidalarni bajarish talab qilinadi. Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon karmadan saqlash, yangi karmaning yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik, borini ham asta-sekin yо‘q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun dunyoviy odam besh narsaga amal qilishi kerak: birinchisi – zarar etkazmaslik (axinsa), ikkinchisi – rost sо‘zlash (satya), uchinchisi – о‘g‘irlik qilmaslik (asteya), tо‘rtinchisi – zino qilmaslik (braxmacharya), beshinchisi – tamagirlik qilmaslik (aparigraxa). Mana shular insonning axloqiy mezonini tashkil qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos – chin e’tiqod va tо‘g‘ri bilim tamoyillariga ham amal qilishi lozim. Ularning birinchisi – jaynizm diniga e’tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi – ruhning abadiy ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar uchun bir muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan.
Jaynizm ta’limoti borliqning ilohiyot tomonidan yaratilgani va uning borliq ustidan nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga kо‘ra, ruh – abadiy mavjudot, olam esa azaliydir. Ruh moddiy tanani engib о‘tib, abadiy hayotga etishi mumkin. Maxaviraning fikricha, dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bо‘lishidan qat’i nazar, qandaydir darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning uchun jaynizmda axinsa – zarar etkazmaslik qoidasiga kо‘proq e’tibor beriladi, ya’ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor etkazmaslik talab qilinadi.
Maxavira vedalarning ulug‘ligini inkor etdi va veda urf-odatlariga braxmanlarning hukmronligiga qarshi chiqdi. U insonni ma’naviy yuksaklikka olib boruvchi hayot qonunlarini, ashaddiy rohiblikni, ruhni ozodlikka olib chiquvchi deb hisoblangan nafsni tiyish fazilatini keng targ‘ib etdi.
Maxaviraning ashaddiy rohiblik tamoyillari va sodda bayon qilingan ta’limoti kо‘pchilikni о‘ziga jalb qildi. Uning ganadxara (“maktab boshliqlari”) nomi bilan mashhur bо‘lgan 11 shogirdi bо‘lib, ular Maxavira vafotidan keyin uning ta’limotini davom ettirganlar.
Jaynizmning asosiy qoida-tamoyillarini о‘z ichiga olgan 45 ta asar mavjud bо‘lib, ular Maxavira tomonidan bitilgan. Biroq mil. av. III asrda og‘zaki matnlarni kitob holatiga keltirish maqsadida qilingan harakatlar oqibatida jaynizm ikki oqim – shvetambarlar yoki svetambarlar (“oq kiyim kiyganlar”) va digambarlar (“moviy kiyim kiyganlar”)ga bо‘linib ketgan. Digambarlar jaynizmning asl holatini saqlab qolishga kо‘proq ahamiyat berganlar. Ular Rishabxaning qadimiy qonunini yо‘qolgan deb hisoblab, shvetambarlardagi matnlarni haqiqiy emas deb e’lon qildilar. Jaynizmning ikki oqimga bо‘linishi har ikki oqimning о‘ziga xos urf-odatlari, kiyinishi va boshqa hayotiy qirralarning shakllanishiga sabab bо‘ldi. Vaholanki, ular asosiy diniy qoidalarda о‘zaro farqlanmaydilar.
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynizm dini tarafdorlari mavjud. Ular, asosan, Hindistonning Rajputan, Gujarot va bir qator janubiy mintaqalari, Madxya, Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar.

Yüklə 135,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin