Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti
Yahudiylik dunyoda keng tarqalgan dinlardan biridir. Shu kunda Isroilda 4,7 mln. (aholining 80 %), AQShda 6 mln. (40 % Nyu Yorkda), Rossiyada 1,5 mln., G‘arbiy Yevropa davlatlaridan Fransiyada 0,6 mln., Buyuk Britaniyada 0,4 mln. va boshqa mamlakatlarda yashaydilar.
Paydo bо‘lishi. Yahudiylik miloddan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelgan, yakkaxudolik g‘oyasini targ‘ib qilgan dindir. Yahudiylik millat dini bо‘lib, faqatgina yahudiy xalqiga xos. Yahudiy sо‘zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Abu Rayhon Beruniy о‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yozishicha, yahudiylar bu sо‘zni somiy tillaridagi hoda – «tavba qilmoq, tavba qilganlar» sо‘zidan kelib chiqqan deb da’vo qilsalar-da, aslida bu fikr notо‘g‘ri, «yahudiy» sо‘zi Banu Isroil xalqi ustidan hukmronlik qilgan YA’qub Payg‘ambarning о‘g‘li Yahudo nomiga nisbat berilgan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroil bо‘lib, Isroil – YA’qub payg‘ambarning ikkinchi ismi, banu – «bolalar» ma’nosini beradi, ya’ni – «Isroil avlodlari».
Yahudiy xalqiga nisbatan ishlatiladigan yana bir atama yevrey sо‘zi zamonaviy adabiyotlarda «yahudiy» sо‘zining aynan tarjimasi sifatida ishlatiladi. Ammo bu ikki sо‘zning etimologiyasi turlicha: yevrey qadimiy somiy tillardagi ibriy sо‘zining о‘zgargan shaklidir. Ibriy sо‘zi (arab. ‘abara-ya’buru – «kechib о‘tmoq» fe’lidan) «kechib о‘tganlar» ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, yahudiy qabilalari Urdun (Iordan) daryosini kechib, hozirgi Falastin hududiga kelganlar. Shuning uchun ularga ibriylar yoki ibroniylar («kechib о‘tuvchilar») nomi berilgan.
Yahudiylik ta’limoti. Yahudiylik ta’limoti tо‘rt asosga tayanadi:
Olamlarni yaratuvchi yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve sо‘zi «rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida Xudoning Musoga aytgan ushbu sо‘zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Ishoq, YA’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish: 3). Mil. av. VI asr oxirlarida yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qо‘ymasliklari uchun Yahve sо‘zini ishlatishni man etib, uning о‘rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, Xoja») sо‘zini qо‘llashni buyurganlar. Shundan sо‘ng faqat ruhoniylargagina ibodat vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.
Yahudiylik ta’limotiga kо‘ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, hech bir ishga qо‘l urilmaydi.
Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular о‘zlarini Xudo tomonidan saylangan, muqaddas xalq ekanini, yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.
Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga kо‘ra, oxirzamonda Yahve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarni Sinion atrofida tо‘playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.
Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan Talmudda bayon etilgan. Unga kо‘ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar.
Yahudiylik ta’limoti bо‘yicha Muso payg‘ambar Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning «Ikkinchi qonun» kitobidan о‘rin olgan bо‘lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart. Ular quyidagilardir:
Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik;
But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
Ota-onani hurmat qilish;
Nohaq odam о‘ldirmaslik;
Zino qilmaslik;
О‘g‘rilik qilmaslik;
Yolg‘on guvohlik bermaslik;
Yaqinlarning narsalariga kо‘z olaytirmaslik.6
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda yahudiylar amal qilishi va bajarishi lozim bо‘lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular yahudiyning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va bayramlariga taalluqli masalalarni о‘z ichiga oladi.
Har bir yahudiy ushbu buyruq va taqiqlarga umri davomida rioya qilishi shart. Masalan, har bir yahudiy farzandi tug‘ilganining sakkizinchi kuni xatna qilinadi. Shuningdek, yahudiylar о‘zlarining maxsus qassoblari – shoyixet tomonidan diniy qoidalariga muvofiq sо‘yilgan gо‘shtlarnigina (tо‘ng‘iz gо‘shti yahudiylikda harom hisoblanadi) iste’mol qiladilar. Kiyinish masalasidagi qoidalar, asosan, erkaklarga tegishli. Ularning kiyimlari bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib tikilgan bо‘lishi, chо‘ntaklari beldan pastda joylashishi lozim. Boshlari esa, doimo, hatto uyquda ham yopilgan bо‘lishi kerak. Ibodat paytida yahudiylar maxsus ibodat choyshabi – «tales»ni yelkalariga tashlab oladilar. Uning qirg‘oqlarida olti yuz о‘n uchta tugun tugilgan bо‘lib, bu narsa yahudiy tomonidan yuqorida aytib о‘tilgan «248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishni yelkamga olaman, degan ma’noni anglatadi».
Dostları ilə paylaş: |