1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org
Braxmanlik (Braxmanizm): ta’limoti va tarixi Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog‘idir. О‘z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini о‘rganish, murakkab marosimlarni о‘tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag‘ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy tilni о‘zgartirib bо‘lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi brahmanlikning kelib chiqishiga sabab bо‘lgan.
Oriylar kо‘chmanchilikdan о‘troq hyotga о‘tib davlatdagi hukmron sinfga aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bо‘lgan turli xalqlar bilan uchrashib, boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi. Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, mavqeini kо‘tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bо‘ldi. Keyin о‘zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanlikda kо‘proq ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san’atning alohida kо‘rinishi bо‘lib, sanskrit tilida yozilgan. Unda ma’lum tabaqaga yuqori о‘rin berilgan.
Braxmanlar о‘zlarining kelib chiqishini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari bо‘lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar) tabaqasi e’tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta’siri kuchliroq bо‘lgan tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi sohalaridan ham xabardor edilar.
Brahmanlarning hayoti tо‘rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog‘at yoshiga etib, muqaddas bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin boshlanadi. Brahmanning yoshligi birorta donishmand brahman xuzurida vedalarni yodlash, uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini bajarish, uning uchun sadaqa yig‘ish bilan о‘tadi. Brahman bu bosqichda “braxmacharin” deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xо‘jayini vazifasini bajarib, uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani eyish, nimani echish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (о‘rmon zohidi) davri bо‘lib, unda oilasi yoki yolg‘iz holda о‘rmonga ketishi kerak. Braxman u erda “о‘z nafsini jilovlab” ildizlar, mevalarni eb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda bir qator mashaqqatlarni о‘z boshidan kechiradi.
Tо‘rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi” davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga etishish, u bilan qо‘shilib ketish, bu dunyo va о‘lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi. U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir marta ovqatlanib kun kechiradi.