1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar



Yüklə 135,82 Kb.
səhifə7/25
tarix20.11.2023
ölçüsü135,82 Kb.
#163553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org

Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar о‘rtalarida Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari xalqlar bostirib kelganlar. Ular eronga kо‘chib kelgan qо‘shni qabila tillariga yaqin hind-yevropa tillarida sо‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she’riyatda usta bо‘lib, о‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib kelganlar.
Hind adabiyoti boy bо‘lib, uning anchagina qismi yо‘qolib ketgan. Uning boshlanishi Vedalardir.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar tо‘rt yirik tо‘plamdan iborat:
  1. Rigveda (“Madhiyalar vedasi”);


  2. Samaveda (“Qо‘shiqlar vedasi”);


  3. Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”);


  4. Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”);




Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning tо‘plami, diniy yodgorliklar bо‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriy tomonga og‘dirish bо‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” bilan о‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bо‘lgan. Unda Shimoliy Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma’lumot beriladi.
Samaveda. Rigvedaga kо‘proq bog‘liq bо‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda etib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya (Ranayaniya).
Kautxuma tо‘plami 1810 she’rdan iborat bо‘lib, undan faqat 76 tasi Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan olingan bо‘lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida о‘qiladi. Tо‘plam ikki qismdan iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qо‘shiqlardan iborat. Samovedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qо‘shiqlarni о‘rgatishdan iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar saqlanib, ularning maktablari mavjud.
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bо‘lib, uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda tо‘lin oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar о‘tkazilgan.
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bо‘lingan. Qora yajurvedaning turli maktablarga xos bо‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli birgina tahriri bor.
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus va mantralar. III. Braxmana sharhlari.
Atxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy hind afsunlarini о‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bо‘lgan barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni о‘zida aks ettirgan. Atxaravaveda afsonaviy ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bо‘lib, afsun va jodular о‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat bо‘lib, 371 madhiyani о‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan.
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi. Hindistonda kо‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “yeng ulug‘i, eng kichigi, eng qarisi, eng yoshi bо‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo ba’zida butun borliqning hukmdori bо‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe bо‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bо‘lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bо‘ysunadilar. Bu Veda ilohiyotchiligiga xos bо‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir.
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, er xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bо‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida sо‘z yuritiladi. Mitra (dо‘st) – qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bо‘lgan kо‘rinishidir. Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bо‘ladi. Pushan muruvvatli bо‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini о‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar orasida abadiy bо‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi. 2
Yana Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qо‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qо‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar о‘qiganlar. U Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi.
Yer xudolari. Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi, keyinchalik sо‘z xudosi sifatida tasvirlangan.
Veda ibodatlari ikki turga bо‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bо‘lgan. Duo kitoblari bо‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni о‘zida jamlagan kitoblar paydo bо‘lgach, ibodatning ikkinchi kо‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab о‘qish odat tusiga kirgan.

Yüklə 135,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin