1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Ibtidoiy va milliy dinlar



Yüklə 135,82 Kb.
səhifə22/25
tarix20.11.2023
ölçüsü135,82 Kb.
#163553
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
1-mavzu. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. I-fayllar.org

Xulosa qiladigan bо‘lsak, har bir halqning о‘ziga xos dunyoni anglash jarayoni, aynan mifologik obrazlar orqali dunyoning aks ettirilishidan boshlanishi haqidagi xulosalar keng e’tirof etilmoqda. О‘zbek halqi ham о‘zining qadimiy mifologik obrazlari orqali dunyoni anglash jarayonidagi о‘ziga xoslik milliy tafakkurimizning shakllanishida muhim asos bо‘lib xizmat qilayotganligini inkor etib bо‘lmaydi
Markaziy Osiyoning islomgacha bо‘lgan davrdagi ma’naviy madaniyatini rivojlanishiga bebaho manba bu Avestodir. Avesto tadqiqotchilarining barchasi uning aslida diniy harakterda bо‘lishi bilan bir qatorda unda falsafa, siyosat, ahloq, turmush, adabiyot masalalari keng ifodalanganini ta’kidlaydilar. U bilan tanishib chiqib Markaziy Osiyo halqlarining falsafiy-siyosiy, fikrlari shakllanishi haqida juda boy material beradi.
Markaziy Osiyo halqlari tarixida Avesto muqaddas kitobi kishilarni о‘limidan keyin jannat rohatiyu, dо‘zah azoblari bilan ham mustahkamlanadi. Bu ta’limotlar azaldan inson kamoloti, uning pokligi, uning iymon-e’tiqodi, vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, insonparvarlik g‘oyalari olg‘a suriladi.
Haqiqatan ham, Avestoda olam va odam, tabiat va jamiyat о‘rtasidagi munosabatlar, inson hayotining ma’no-mazmuni, ma’naviy barkamollik omillari va vositalari, ezgulik va yovuzlikning kurashi tо‘g‘risida shu qadar chuqur falsafiy g‘oyalar bayon etilganki, bular hozirgi kunimiz uchun ham dolzarb ahamiyatga egadir.
Zardushtiylik manbalari.
AVESTO – 1) Hayot yо‘riqnomasi deb nomlangan kitob; zardushtiylik diniga taalluqli adabiyotlarning umumiy nomi; 2) zardushtiylik dinining asosiy kitobi; 3) nasihatnoma, qonunlar tо‘plami, bilimlar majmuasi sifatida talqin qilinadigan tarixiy manba. Avesto-Turon, Xuroson, Ozarbayjon, Iroq, Eron, Kichik Osiyo halqlarining miloddan oldingi qad.davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam tо‘g‘risidagi tasavvur, urf-odat va ma’naviy qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba. Zardushtning о‘limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» – «О‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
U mil.av. 7-6 asrlarda hozirgi О‘zbekistonda Xorazi viloyati hududida yaratilgan. Bu kitob tarixiy voqealarni о‘zida aks ettirgani uchun milliy g‘oyalarni asrab avylash, halqni jipslashtirish, uni ma’naviy yuksaklikka da’vat etish, odamlar о‘rtasida mehr oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash va milliy an’analarni saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etgan.Zardushtiylik dinining asosiy aqidalarini о‘zida mujassam etgan bku kitob о‘sha davrdagi ustuvor g‘oyalar, ma’budar sha’niga aytilgan madhiyalar, duolar ham о‘z ifodasini topgan.
Aytish kerakki, Avesto faqat diniy ibodat, urf-odatlar bayoni emas, axloqiy, huquqiy, estetik qarashlar ifodasi hamdir. Kitob holiga keltirilgan Avestoning Zardusht davridagi dastlabki nushasi 12 ming qoramol terisiga 30 mirza tomonidan 3 yilda oltin harflar bilan yozilgani ma’lum. Bu - о‘sha davrda kalligrafiya, kitobni bezash, turli naqsh va rasmlar chizish san’ati, mutolaa madaniyati juda yuqori bо‘lganidan dalolat beradi.
Bu qadimiy yozma manba bizgacha tо‘liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (vaf. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Abistoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni о‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun о‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yо‘qolib ketdi».
Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at-Tabariyda – 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf-namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al-Mas’udiyning «Muruj az-zahab», «Fors-noma» va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini о‘ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qо‘lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan.
Yozma manbalarga kо‘ra, haqiqatan ham Avestoni mо‘badlar avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga olib о‘tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mо‘badlar mag‘lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur’at etmaganlar. Dastavval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini tо‘plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniy Ardasher Popakon (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-273) davrida astrolyogiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, sо‘ng bu asosiy matn tо‘ldirib borilgan. Avestoning ana shu tо‘ldirilgan nusxasining ikki tо‘liq qо‘lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi bо‘lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi – Kalkuttadagi davlat kutubxonasida.
Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug‘ilgan va о‘z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma’lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning kо‘p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari bilan gо‘zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mо‘l, chuqur kо‘llari, keng qirg‘oqli va kema yurar daryolari о‘z tо‘lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (sug‘dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «keng qirg‘oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bо‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar О‘rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg‘oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb – Xorazm, tarqalish yо‘nalishi deb – Xorazm-Marg‘iyona-Baqtriyani ayta olamiz.
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta’limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qо‘shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta’limotini qabul qiladilar. Natijada qо‘shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g‘alaba qozonadi. Shundan sо‘ng bu ta’limot xalqlar о‘rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga kо‘ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoni bilan Avesto kitobi о‘n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.

Yüklə 135,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin