3. Shavkat Mirziyoevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so’zlagan nutqidagi ustuvor vazifalar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 15 iyun kuni poytaxtimizda bo’lib o’tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida diniy-ma’rifiy soҳada echimini kutayotgan masalalar tanqidiy taҳlil qilinib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilab berildi. Ushbu anjumanda xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni turli buzғunchi ғoyalardan asrash, muqaddas dinimiz tarixi, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimiz merosini o’rganish va tarғib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustaҳkamlash, uluғ ajdodlarimiz ziyoratgoҳlarini obodonlashtirish bo’yicha boshlangan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “...Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni ҳammadan ҳam ko’proq ҳis etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyғun bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ҳam unutmasin. Biz kimmiz, qanday uluғ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin”.
Mana shunday ezgu maqsad va da’vatdan kelib chiqib, joriy yilning sentyabr oyida yosh avlodning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, buzғunchi ғoyalarning internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ta’siriga qarshi samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish maqsadida «Media savodxonlik», «Xavfsiz onlayn muҳit», «Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari» mavzularida ilmiy-amaliy konferenstiyalar o’tkazish rejalashtirilmoqda.
Mazkur yo’nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish maqsadida joriy yilning oktyabr oyida oliy ta’lim muassasalarida taҳsil olayotgan talaba-yoshlar bilan “Biz yot ғoyalarga qarshimiz!” shiori ostida tarғibot uchrashuvlari, davra suҳbatlari, ko’rgazmalar, ilmiy-ijodiy ishlar tanlovi kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ҳaftaligi o’tkazilayotir.
Yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan xabardor qilish, Vatanga sadoqatli, barkamol etib tarbiyalash maqsadida «Buyuk ajdodlarga munosib bo’laylik» nomli turkum risolalar nashrga tayyorlanmoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Ҳarakatlar strategiyasida ko’zda tutilgan muҳim vazifalardan kelib chiqib, seminar, uchrashuv va davra suҳbatlari, aҳolining turli qatlamlari bilan uchrashuvlarda odamlarning yuragiga kirib borishga, ularni qiynayotgan masalalarning moҳiyatini anglashga ҳarakat qilinib, shunga ko’ra muammolarga echim topish choralari ko’rilmoqda.
Tarixdan ma’lum, yurtimiz islom ma’rifati buloғi sifatida musulmon dunyosi tamadduni taraqqiyotida beqiyos o’rin tutgan. Ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi asrlar osha nafaqat xalqimizga, balki butun islom olamiga mo’’tabar manba bo’lib xizmat qilgan va qilmoqda. Istiqlol sharofati bilan buyuk allomalarimizning ҳayoti va ilmiy-ma’naviy merosini o’rganib, keng jamoatchilik e’tiboriga ҳavola etish, xalqimizga muqaddas dinimizning ta’limotlari va ma’rifatini etkazish imkoniyati yaratildi.
Turli mafkuraviy xurujlar avj olayotgan bugungi davrda ajdodlar ma’naviy merosini o’rganish, ulardagi ezgu ғoya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga etkazish, shu orqali yoshlarda milliy ғurur, bunyodkorlik, Vatanga muҳabbat tuyғularini shakllantirish, ularni milliy va diniy qadriyatlarga ҳurmat ruҳida tarbiyalash dolzarb vazifalardan sanaladi.
Istiqlol yillarida islom dini ta’limoti, tarixi, tafsir va ҳadis ilmi, odob-axloq, ibodat, adashgan oqimlarga raddiya va boshqa mavzularga baғishlangan 1 ming 200 dan ziyod nomdagi diniy-ma’rifiy adabiyot chop etildi. Shu bilan birga, diniy-ma’rifiy mavzularga baғishlangan 250 nomdagi multimedia maҳsuloti ishlab chiqarildi. Birgina 2016 yilning o’zida 108 nomdagi kitob, 13 nomdagi multimedia maҳsuloti xalqimiz e’tiboriga ҳavola etildi.
Jamiyatimiz uchun dolzarb ҳisoblangan mavzular bo’yicha bir qator etuk ulamolar va soҳa mutaxassislari muallifligida “Dolzarb mavzu” ruknida 50 ga yaqin risola chop qilindi.
Vatanimizdan etishib chiqqan etuk ulamolar, allomalarning ҳayoti, avlodlarga qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o’rganib, ularni ommabop, oddiy va ta’sirchan uslubda xalqqa, ayniqsa, yoshlarga etkazish maqsadida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ҳakim Termiziy, termizlik ulamolar, Abu Mu’in Nasafiy, Abduxoliq Ғijduvoniy, Baҳouddin Naqshband va tasavvufning boshqa etuk namoyandalarining 40 dan ziyod asari nashr etildi.
Bu boradagi ishlar ko’lami yanada kengaymoqda. Prezidentimizning shu yil 14 fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’ғrisida”gi qarori qabul qilingani ҳaqida aloҳida to’xtalib o’tish lozim. Mazkur ҳujjatga ko’ra, termizlik ulamolarning boy ma’naviy merosini tarғib qilish, ularni ommabop tarzda keng jamoatchilik va kitobxonlar ommasiga ҳavola etish maqsadida qator asarlar nashrga tayyorlandi. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida uluғ alloma Imom Abu Iso Termiziy ziyoratgoҳi qad rostladi. Ziyoratgoҳda keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, buyuk muҳaddis maqbarasi, unga tutash binolar rekonstrukstiya qilindi. Qisqa fursatda ziyoratgoҳ maҳobatli va xushmanzara qadamjoga aylantirildi. Ziyoratgoҳ ҳududida barcha sharoitlarga ega kutubxona, yiғilish zali qurildi. Masjid tubdan qayta qurilib, foydalanishga topshirildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda Islom ҳamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish borasidagi tashabbusi keng jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Shu yil 27 martda Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasi ҳuzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’ғrisida”gi qarori qabul qilindi.
Joriy yil 20-21 may kunlari davlatimiz raҳbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Islom taraqqiyot banki raҳbari Bandar Ҳajar bilan bo’lib o’tgan muloqotda ҳam ushbu masala yuzasidan fikr almashildi. Xususan, Samarqandda insoniyat taraqqiyotiga benazir ҳissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning boy diniy-ma’naviy merosini o’rganishga ixtisoslashgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazini tashkil etishda tashkilotning ishtiroki yuzasidan fikr-muloҳazalar bildirildi. Muzokaralar yakunida O’zbekiston Respublikasi ҳukumati va Islom taraqqiyot banki o’rtasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to’ғrisida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Prezidentimiz joriy yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi tumani Qovchin kishloғida joylashgan buyuk olim Abu Muin Nasafiy majmuasini rekonstrukstiya qilish, allomaning boy ilmiy-ma’naviy merosini o’rganish, asarlarini xalqimiz va jaҳon jamoatchiligiga etkazish bo’yicha vazifalarni belgilab berdi.
Bugungi kunda aҳoliga qulaylik yaratish maqsadida viloyat, tuman, shaҳar markazlarida diniy mazmundagi kitoblar savdosiga ixtisoslashgan do’konlar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Ҳozir joylarda bu kabi 50 dan ziyod kitob do’koni ishlab turibdi.
Zamon talablariga muvofiq milliy domendagi internet saҳifalariga ҳam yurtimizda nashr etilayotgan diniy-ma’rifiy adabiyotlarning elektron va audio shakllari qo’yilmoqda. Xususan, Toshkent islom universiteti, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy xalqaro markazi internet saytlariga yoshlar tarbiyasi, odob-axloq, ilm-ma’rifatning aҳamiyatini yorituvchi, buzғunchi kuchlarning ғarazli maqsadlarini fosh etishga baғishlangan 30 ga yaqin kitobning elektron shakli joylashtirildi.
Bugun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 9 o’rta maxsus islom madrasalari, xristianlik diniga mansub bilim yurtlari, Toshkent islom universiteti, Toshkent islom instituti, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan Buxoro viloyatidagi yangi “Mir Arab” oliy madrasasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustaҳkamlash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularda diniy fanlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlar ҳam zamon talablari darajasida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan. Darslarni ilғor pedagogik va axborot-kommunikastiya texnologiyalari yordamida olib borish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, lingofon xonalari, kompyuter sinflari tashkil qilingan bo’lib, o’quv auditoriyalari videoproektor va kompyuter texnikasi bilan jiҳozlangan. Ta’lim muassasalarida kimyo, fizika, biologiya fanlari bo’yicha laboratoriya xonalari tashkil etilib, zarur jiҳoz, asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida diniy ta’limda uzluksizlikni ta’minlash bo’yicha bergan ko’rsatmalari asosida Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining malakali mutaxassislari tomonidan diniy ta’lim muassasalari o’quv reja va fan dasturlari qayta ko’rib chiqilib, takomillashtirildi. Bunda o’rta maxsus islom bilim yurtlariga akademik listey va kasb-ҳunar kollejlarini tamomlagan yoshlar qabul qilinishini e’tiborga olgan ҳolda ixtisoslikka yo’naltirilgan fanlarning ulushi ko’paytirilib, fanlarning uzviyligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod masjidni oliy diniy ma’lumotga ega imom-xatiblar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent islom institutida 3 yillik maxsus sirtqi bo’lim tashkil etilishi ko’zda tutilgan. Ushbu tizimni joriy qilish orqali ҳozirgi kunda masjidlarda uzoq yillardan buyon ishlayotgan o’rta maxsus diniy ma’lumotli imom-xatiblarning oliy diniy ma’lumotga ega bo’lishiga imkoniyat yaratiladi.
Zamon talablari va xalqaro tajribadan kelib chiqib, O’zbekiston musulmonlari idorasi diniy ta’lim tizimini to’liq shakllantirish, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida Toshkent islom institutida oliy diniy o’quv yurtidan keyingi ta’lim – islom fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura ҳamda islom fanlari bo’yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimi tashkil etiladi.
Ushbu tizimning joriy etilishi orqali mamlakatimizdagi diniy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining ilmiy saloҳiyatini yanada oshirish va yangi tashkil etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom madaniyati markazini malakali ilmiy xodimlar, fan doktorlari bilan ta’minlash mumkin bo’ladi.
1943-1991 yillarda bor-yo’ғi 140 ga yaqin yurtdoshimiz muborak ҳaj safariga borish baxtiga musharraf bo’lgan. Bugungi davrga kelib, mamlakatimizdan jami 110 mingdan ziyod fuqaro ҳaj amallarini, 93 mingga yaqini umra ziyoratini ado etdi.
Shu kunga qadar ҳar yili 5 ming yurtdoshimiz ҳaj safariga va 6 mingi umra ziyoratlariga borgan bo’lsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilgi ҳaj mavsumida O’zbekiston ziyoratchilari soni 7 mingga etkazildi. 2018 yildan yiliga 10 ming vatandoshimiz umra ziyoratini bajarish imkoniga ega bo’ladi. Joriy yilda tashkil etiladigan ҳaj mavsumida mamlakatimizdagi Ikkinchi jaҳon urushi qatnashchilari davlat tomonidan imtiyozli ravishda ziyoratga yuboriladi.
Mamlakatimizda islom dinidan boshqa konfessiya vakillarining ziyorat ishlariga ҳam ғamxo’rlik qilishga aloҳida e’tibor berilmoqda. Jumladan, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’zbekiston eparxiyasi tomonidan 2012 yildan e’tiboran Isroil davlatidagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish va O’zbekistonga “muqaddas olov”ni olib kelish maqsadida (Pasxa bayrami arafasida) ziyoratchilar guruҳlari tashkil etilib, safarlar uyushtirilmoqda. O’tgan davr mobaynida Isroilga jami 1 mingdan ortiq fuqaroning ziyorati tashkil etildi. Bundan tashqari, eparxiya tomonidan Rossiyadagi qadimiy shaҳarlar, shuningdek, Italiya, Turkiya va Grestiyadagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish bo’yicha ҳam safarlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bir so’z bilan aytganda, bugun barcha soҳada amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloҳotlar, yangilanishlar mamlakatimizda ҳukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik samarasidir. Yutuqlar quvvat oladigan ne’mat tinchlik ekan, tinch va osoyishta ҳayot uchun jamiyatimizning barcha a’zolari barobar mas’uliyatni ҳis qilgan ҳolda ҳarakat qilishi katta aҳamiyat kasb etadi. Bu ogoҳ, ma’naviy uyғoq bo’lib yashashimizda, Vatanimiz kelajagi uchun shaxsiy javobgarlikni ҳis etishimizda namoyon bo’ladi25.
1 Диний экстремизм ва терроризмга қарши курашиинг маънаний- маърифий асослари / Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: «Тошкент ислом университети» нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2013. - Б. 88.
2 Диний экстрсмизм ваа тсрроризмга қарши курашнинг маънавий- маърифий асослари / Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: «Тошкент исломуниверситети» нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2013. - Б. 89
3Ўзбекистои Республикаснннпг Жиноят кодекси. (2008 йил 1 нюлгча бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан киритилган) -Тошкент: Адолат. 2008. - Б. 85.
4 Ўзбекистон Республикасининг «Терроризмга қарши кураш тўғрисида»ги Қонун // Халқ сўзи. 2001 йил 20 январь.
6 Қаранг: Диний экстремизм ва терроризмга қарши курашнинг маънавий-маърифий асослари / Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: «Тошкент ислом университети» нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2013. - Б. 97.
7Бағрикенглик тамойиллари Декларацияси // ЮНЕСКО Халқаро мсёрий хужжатлари. - Тошкент: Адолат, 2004. - Б. 92.
8 Caren Armstrong. Holy war. -1987. –P.38
9 Ҳусииддинов 3. Ислом нўналишлар. мазҳаблар.оқимлар.-Тошкент: Мовароуннаҳр, 2000. - Б. 27.
10 Ислом. Энциклопедия: Л-Ҳ. - Тошкент: «Ўзбекнстон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2003. - Б.310
11 Қаранг: Мелиқўзиев Ж. Ҳалокат тузоғи.-Тошкент: «Тошкент ислом университети» нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2013. - В. 5
12 А.Очилдиев, Ж.Нажмиддинов. Миссионерлик:моҳият, мақсадлар, оқибатлар ва олдини олиш йўллари. (юз саволга юз жавоб) «Тошкент ислом университети» нашриёти-матбаа бирлашмаси. Т.: 2009.