1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə46/55
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211103
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez o‘tadigan jarayondir. Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir. Sakrashning turlari o‘z harakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi — portlash yo‘li bilan po‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos kususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni kelgirib chiqarishi ham mumkin. Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib borishi va yanga sifat elementlarining asta- sekin to‘planishi natijasida yanga sifat paydo bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:

  • birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan obektiv va qonuniy jarayondir;

  • ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqsor Uzgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir;

  • uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli sodir bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;

  • to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.

Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq
ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor qilinish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning ham sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi. O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik — eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni ipkor qonunini mohiyatini bildiradi. Mazkur qonunga muvofiq obektiv voqeliqdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bilan qo‘shilib keladi, inkor qilmoq — «yo‘q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda ishlatiladgan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to‘g‘ridan- to‘g‘ri «yo‘q» degani emas, yani narsani mavjud emas, deb elon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib tashlamoq emas.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin