1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Sharq va G’arb falsafasi. Rivojlanish falsafasi


Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə13/55
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#211103
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlari tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy - siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan. Arabistonning qulay geografik hududi G‘arb va Sharq davlatlarini bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan va uchta qit’ani tutashtirib turishi sababli, savdo-sotiq va hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Iqtisodiy rivojlanish darajasi yarim orolning turli hududlarida turlicha bo‘lgan. Uning bepoyon cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi arablar chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yarim orolning shimoliy qismida Vizantiya va Mesopotamiya kabi qadimgi madaniy markazlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Milodiy I asrda Arabistonning janubi – g‘arbiy qismida shahar – davlatlar vujudga kelib, IV–VI asrlarda bu erda Makka, yasrib, Toif kabi yirik shaharlar vujudga keladi. Mintaqadagi iqtisodiy jonlanish natijasida ko‘chmanchi chorvador qabilalarda urug‘–qabilaviy munosabatlarning emirilishi va davlat uyushmalarining paydo bo‘lish jarayoni kuchaydi. Islom dini tarqoq qabilalarni birlashtiruvchi mafkura sifatida tarix sahnasiga chiqdi.
“Islom” arabcha so‘z bo‘lib, tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini ta’limoti Qur’on va hadislarda bayon etilgan. Qur’on muqaddas manba hisoblanib, unda islomiy qonun qoidalar, iymone’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. Sunna hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin keladigan muqaddas manbadir. Islom dinining ontologik asosi tavhid g‘oyasiga, ya’ni yagona olloh tomondan butun borliqning yaratilishi haqidagi ta’limotga asoslanadi. Gnoseologik asosi esa, insonni ollohni anglash yo‘lidagi jismoniy, ruhiy, ma’naviy holat jarayonlarini va oxir oqibatda ollohni bilish va unga birlashib ketish g‘oyasini ilgari suradi. Islom dinining ontologik va gnoseologik masalalarini talqin qilishda, ularga teologik va aqidaviy yondoshuvlar, shuningdek siyosiy masalalarda islomga e’tiqod qiluvchilar bir necha oqim va yo‘nalishlarga bo‘linib ketganlar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin