1-mavzu: Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari Reja: O’rgatish jismoniy tarbiya jarayonining bir tomoni ekanligi


Jismoniy tarbiyadan umumiy ish reja



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə47/71
tarix25.12.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#194093
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71
2-kurs JMNM new majmua 2023

Jismoniy tarbiyadan umumiy ish reja
Jismoniy tarbiyadan umumiy ish rejasi o`quv muassasasining ish rejasini tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni maktab Jismoniy tarbiya o`qituvchisi, maktab direktorining o`rinbosarlari, maktab vrachi, tashkiliy ishlar bo`yicha maosul o`qituvchilar ishtirokida tuzilib, pedagogik kengash muhokamasidan o`tkaziladi. Reja o`zida quyidagilarni mujassamlashtirish lozim: 1)tashkiliy ishlar; 2)o`quv ishlari; 3)o`quv-kuni tarkibidagi Jismoniy tarbiya sog`lomlashtirish ishlari; 4)darsdan tashqari vaqtdagi ommaviy-Jismoniy tarbiya va sport ishlari; 5)targ`ibot-tashviqot ishlari; 6)tibbiy nazorat va tibbiy-sanitariya tekshiruvi; 7)xo`jalik ishlari.
Umumiy ish rejasining tadbirlari shunday tuzilishi lozimki ular maktabning yoki hududdagi soha bo`yicha tadbirlar bilan bir vaqtga tushib qolmasligi, shuning uchun u adminstratsiya muhokamasidan o`tkazilishi shart qilib qo`yilgan. Tadbirlar bir marotabali bo`lmay anoanaviy, tizimli bo`lishi soha bo`yicha belgilangan samarani berishi amaliyotda isbotlangan. Tavsiya qilingan reja taxminiy, uni har bir maktab yoki o`quv muassasasi o`z sharoitidan kelib chiqib tuzishi tavsiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va internet saytlari
1. Salamov R.S. ―Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati‖. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2015 220 b.
2. Salamov R.S. ―Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari‖. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015 210 b.
Internet saytlari
1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.
2. www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi.
3. http://www.Ziyonet.uz.

13-mavzu. Jismoniy tarbiya bo’yicha maktab dasturi va asosiy rejalashtirish hujjatlarining tavsifi.
Reja:
1. Namunaviy yillik taqvim reja.
2. Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish.
3. Yuklamalarni me‘yorlash qoidalari. O’quv yilida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rejalashtirish.

O`quv ishlarini samaradorligi uni o`quv yili davomida rejali amalga oshirishni taqazo etadi. Rejalashtirish texnologiyasini to`g`ri ishlab chiqilishi samaradorlikning muhim omillaridan biri bo`lib belgilangan maqsad va vazifalarni aniq va puxta bajarish uchun lozim bo`lgan imkoniyatlarni yaratadi.


Amaliy ish paytida rejalashtirishga eotibor susayishi taolim tarbiya jarayonida muvaffaqiyatsizlik manbaiga aylanadi, o`qituvchi va o`quvchilarning yuzaki munosabatlariga sabab bo`ladi. Rejalashtirish o`quv dasturini va hamkasblari tomonidan boshqa maktablar uchun tuzilgan tayyor o`quv rejasini o`ylamay ko`chirib olishdan iborat bo`lgan mexanik tarzdagi kantselyariya ishi emas. O`qituvchi o`z ish faoliyatini va to`plagan tajribasini tahlil qilib, uni yangi nazariy va amaliy materiallar bilan boyitib, to`g`ri mulohazalar qilishdan, yangi o`quv yilida vujudga kelgan shart-sharoitlardan kelib chiqib, lozim bo`lgan o`zgartirishlar bilan o`qitishning o`quv yili uchun yangi loyihasini tuzishdan iborat bo`lgan faoliyatdir.
Rejalashtirish uchun o`qituvchi oldindan katta tayyorgarlik ko`radi va kerakli zarur axborotlarni to`playdi. Bu maolumotlar o`quv materialini tartibli o`qitish, ishning formasi va vositalarini to`g`ri aniqlashga yordam beradi.
Rejalashtirishdan oldin to`planadigan maolumotlar taxminan quyidagicha bo`lishi mumkin:
1.Qaysi sinflarda ish olib boriladigan bo`lsa, shu sinflarning o`quv dasturini chuqur o`rganib chiqish kerak bo`ladi. CHunki ayrim mashqlarning texnikasini o`qitish bir necha sinflarga taqsimlangan bo`lishi mumkin. SHuning uchun reja-lashtirish har bir sinf uchun jismoniy mashq texnikasining aniq bo`lagini o`rganishni vazifa qilib qo`yishi kerak. Bundan tashqari dasturni bilish o`quv materialini sinfdan-sinfga birin-ketin taqsimlashda xatoga yo`l qo`ymaslik imkoniyatini yaratadi.
2. Mashg`ulot ishtirokchilarning tarkibi, ularning sog`-lig`i, nazariy bilimlari, jismoniy va texnik tayyorgar-liklarini o`rganish rejalashtirishni realligini oshiruvchi maolumotdir. Bu maolumotlarni olish uchun rejalashtiruvchidan ilgari tayyorlangan hujjatlarni, tibbiy ko`rik varaqalarini, chorakli, yillik hisobotlarni o`rganish lozim bo`ladi. Qola-versa o`quvchilar bilan suhbatlar ham kutilgan natijani beradi.
3. Maktabning jismoniy tarbiya va sport bo`yicha sport inshootlari, anjomlari va ulardan foydalanish uchun mavjud shart-sharoitni hisobga olish rejalashtirish ishini samarador-ligini oshiradi va mavjud muammolarni hal qilish chora-tadbirlarini ko`rishga imkoniyat yaratadi.
4. Maktab direktsiyasi va pedagogika jamoasining jismo-niy tarbiyaga manosabatini bilish uchun maktabning jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarning yillik rejasi va maktab direktorining umumiy ish rejasi bilan tanishish.
5. Viloyat va tumanning iqlimi, ob-havosini o`rganish.
6. Viloyat va tuman sport musobaqalarining kalendar rejasi bilan tanishish va shu asnoda maktabning ommaviy sport va sog`lomlashtirish ishlarini rejasini tuzish.
7. Jismoniy mashqlarni viloyat va tumandagi etakchi sport turlarini aniqlash va mavjul ish shaklini jonlashtirish uchun o`qituvchi tomonidan maktabning va shu hudud aholisining milliy sport anoanalarini o`rganish rejalashtirishda qo`yilgan maqsadni oson hal qilish uchun asosiy maolumot rolini o`ynaydi.
Rejalashtirishga maolum texnologik talablar qo`yiladi. Ular quyidagilardan iborat.
1. Rejalar Respublika xalq taolimi Vazirligi va boshqa boshqaruv organlarining qarorlari, meoyoriy hujjatlari va ko`rsatmalarining mazmuniga mos tushishi hamda uni o`zida aks ettirishi lozim. Davlat dasturi materiallari asosida jismoniy tarbiya tizimining barcha zvenolarida jismoniy tarbiya jarayoni rejalashtiriladi. Barcha tuzilgan rejalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadi va vazifalariga mos tushishi shart va O`zbe-kiston xalq taolimi Vazirligining uslubiy ko`rsatmalariga asosida bo`lishi kerak.
2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiya umumiy va uslubiy printsiplarga amal qilishi va ularsiz rejalashtirish jarayoni-dan ko`zlangan maqsadga erishish qiyin bo`ladi. SHaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyani mehnat va harbiy amaliyoti bilan bog`lash va uni sog`lomlashtirishga yo`nal-tirilishi rejalashtirishning qimmatini oshiradi. SHuning uchun darsni vositalarini tanlashda sog`liq uchun foydali, shug`ullanuvchilarni har tomonlama rivojlantiradigan jismo-niy tarbiya vositalarini alohida eotibor bilan tanlab, mashg`u-lotlarni iloji boricha ochiq havoda, tabiiy sharoitda, quyosh nuri, havo va suvdan tabiatni sog`lomlashtiruvchi kuchlari tarzida samarali foydalanishni rejalashtirishni ahamiyati beqiyos.
3. Maqsadga yo`naltirilgan va istiqbolli yo`nalishga ega bo`lgan reja tuzish rejalashtirishning asosiy talablaridan biri deb sanalishi kerak. Maolum muddatga (darslarga, chorak, yillik) tuzilgan rejalar oldingilariga tayanishi va ularni davomiyligini o`zida aks ettirishi, bo`lajak ishlarga tayyor-lashi rejalashtirishning asosiy talablaridandir. SHundagina tasodifiy, epizodik darslarga chek qo`yiladi, rejada ilgari surilgan tizimning istiqboli sari dadil odimlanadi.
4. Rejani aniq amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`lishi, uni amalga oshiruvchini kuchiga yarashaliligi, maktabdagi shart-sharoit hisobga olinganligi, moddiy texnik baza va boshqa imkoniyatlarni haqiqiy hisobga olingan bo`lishi, o`qituvchini o`z imkoniyatlariga real baho bera bilganligi, o`quv dasturida qayd qilingan materiallarni o`qitishda erishilgan siljishni ko`ra bilish va uni rejalashtirish talabiga rioya qilish.
5. Rejalashtirishni konkretligi, realligi o`qitishni aniq bosqichlarga bo`linganligi, belgilangan topshiriqlar va uni hal qilish tanlangan vositalarda namoyon bo`lishligi, ko`p sonli mashqlardan kerakligini tanlab rejalashtira olish orqali maksimum pedagogik natijaga erishish. Mashqlarni ketma-ket bajarishda «kuchli taosirli mashqlar»ni sodda mashqlardan oldin o`rganmaslik.
6. Rejalashtirishni amaliyotda jadval, chizma shaklida ko`rgazmali ifodalashdek talablar mavjud.
Rejalashtirishning texnologiyasi bir necha birin-ketin amalga oshiriladigan operatsiyalar sifatida tasavvur qilish mumkin bo`lgan o`qituvchining ijodiy yo`nalishlari g`oyasini paydo bo`lishi, uslubiy savollarini echimiga printsipial yondoshishdan boshlanadi. Bu alomatlar bo`lajak mutaxassisga talabaga talabalik davridayoq singdiriladi.
Jismoniy tarbiyadan rejalashtirish hujjatlarining ishlash texnologiyasi Texnologiya – ishlab chiqarish metodlari va jarayonlarining majmui deb taoriflanadi (S.I.Ojegov, N.YU.SHvedova, 1994).
Pedagogik texnologiya – o`quv-tarbiyaviy jarayonini oldindan loyihalashtirilib amaliyotga tizimli va asta-sekinlik bilan qo`llash deb tushuniladi.
Har qanday o`quv tarbiyaviy jarayonni ifodalash ayrim pedagogik tizimni ifodalash tarzi deb tasavvur qilinadi. SHunga ko`ra, tabiiyki, pedagogik texnologiya modelp shaklidagi amaliyotga qo`llaniladigan pedagogik tizimni maolum bir loyixasidir.
Pedagogik texnologiyaning qayta ishlanish imkoniyati va rejalashtirilgan samaradorlikning bir butunligi, uni tizimliligi va uni tuzilishiga bog`liq. Unda bilim berish jarayonining samaradorligini oshirish, o`quvchilarga rejalashtirilgan bilimlarni berish natijalari garantiyasi maqsad qilib qo`yilgan va unga erishish amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya strukturasiga jismoniy tarbiyadan rejalashtirish-ning asosiy hujjatlarini ishlash kiradi, ular:
1)jismoniy tarbiyadan umumiy ish rejasi; 2)o`quv-tarbiya jarayonining illik reja jadvali; 3)har bir dars uchun mavzularni taqsimlash reja jadvali (har bir dars uchun yoki mavzular bo`yicha) choraklar yoki dasturning bo`limlari bo`yicha; 4)darsning konspekti-rejasi. Qayd qilingan rejalar mantiqan va mazmunan o`zaro bir-biri bilan bog`liq. Har biri navbati bilan nisbatan xususiy xarakterdagi hujjat bo`lib, oldingisiga muvofiqlashtiriladi. SHunga qaramay har bir hujjatni rejalashtirish tizimida o`zini ahamiyatli o`rin bo`lib, alohida funktsiyani bajaradi.
Xulosa qilganimizda, belgilangan kontigentga mo`ljallab rejalashtirishning asosiy hujjtalari o`quv-tarbiya jarayonini tashkillash, unga vositalar va o`qitish metodikasini optimal variantlarini tanlashga xizmat qilishi kerak.
Jismoniy tarbiya sohasi bo`yicha o`qituvchi tomonidan ishlanadigan rejalashtirish hujjatlari maxsus, davlat taolim muassasalari tomonidan tavsiya qilingan.
Hujjatlar – namunaviy o`quv rejasi va davlat taolim standarti asosida tuzilishi belgilab qo`yiladi. O`quv rejasi maolum yoshdagilar uchun qaysi o`quv fanlari o`qitilishini qayd qilsa, davlat taolim standartida shu fanlar bo`yicha o`quvchiga o`qitilishi lozim bo`lgan o`quv materiali tavsiya qilinadi va qatiyyan belgilanadi. Jismoniy tarbiya fani asosiy fan tarzida taolim tizimining barcha o`quv muassasalarida majburan o`qitiladigan o`quv fani hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursini o`rganayotib, Yengil atletika, gimnastika, sport o`yinlari va o`quv dasturidagi boshqa bo`limlarning xususiy metodikasi hamda o`qituvchilarning amaliy faoliyatini amaliyot paytida kuzatib, talaba o`zlashtirib olayotgan bilim va amaliy malaka va ko`nikmalarini o`zining o`lchoviga solib bo`lajak faoliyatida qanday foydalanish lozimligini tasavvur qilib ko`radi va o`zining mustaqil fikriga ega bo`ladi.
O`qituvchida kelgusi o`quv yili ishlari g`oyasi o`z shaxsiy tajribasi, boshqa o`qituvchilarning pedagogik faolitini kuzatish, o`z ustida ishlash jarayonida tashkil topadi. Bu sharoitda o`z mutaxassisligiga to`g`ri keladigan fan o`qituvchilar tajribasiga tayanib qolmasdan, boshqa fan o`qituvchilari tajribasidan ham foydlanish maqsadga muvofiq bo`ladi. So`ng bu g`oya ishning aniq sharoitlari, o`qituvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan taqqoslanadi va bunda bir necha o`zgarshlar, qisqartirishlar yoki to`ldirishlar yuz berishi mumkin. ana shundan so`ngina, ishning aniq maqsadi vujudga kelad, bunda o`quvchilarni ham nazariy, ham jismoniy va texnik tayyorgarlik holatlari darajasi hisobga olinadi. Istalgan natijaga erishish uchun bir qator aniq vazifalar belgilanadiki, bunda lozim bo`lgan nazariy bilimlarga ega bo`linadi, maktab dasturida ko`zda tutilgan jismoniy mashqlar orqali tarbiya jarayoni yo`lga qo`yiladi. Demak rejalashtirishning texnologik operatsiyasi deb o`qitish va tarbiyalashning aniq vazifalarini navbatma-navbat qo`ya bilish tushuniladi.
Ayrim topshiriqlarni bajarish uchun o`qituvchi o`quvchilarga pedagogik taosir o`tkazish tizimini aniqlaydi. Metodlar va ish sharoiti shu vositalar tarkibiga kiradi. Bu operatsiyalar ham ilgargisiday o`quvchilarning aktiv ishtirokida ham bajarilishi mumkin. Bunda jismoniy tarbiya jarayonining to`g`ri tashkil qilinishiga halaqit beradigan noqulay faktorlarni hisobga olish zarurati mavjud. SHuning uchun pedagogik jarayonning turi va uni qanday borayotganligini tekshirib borish uchun alohida ajratib olingan ekspress testlar yordamida etapma-etap nazorat qilish tizimi tashkil qilinadi. Agar har etap bo`yicha olingan hisob natijasi rejalashtirganiga yaqin yoki to`g`ri kelsa barcha operatsiyalar to`g`ri rejalashtirilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Agar nazorat natijalari rejalashtirilgandan ancha farq qilsa, rejalashtirish texnologiyasida xatolar mavjudligi va ularni uchta zvenodan qidirish tavsiya qilinadi. Birinchidan barcha noqulay faktorlar hisobga olingan olinmaganligi, ikkinchidan pedagogik taosir tizimi nazorati qandayligi o`rganiladi, bu erda ham xatolar topilmasa, pedagogik vazifalarning haqqoniyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenoda ekanligi aniqlansa va o`qituvchi aynan shu xatolar natijalarini yuzaga chiqmaganligiga sababchi deb ishonsa, bunda kerakli tadbirlar qabul qilinib, boshqa zvenolar tekshirilmaydi. O`qituvchi faoliyatining birinchi yillarida, barcha yosh o`qituvchilarning ish faoliyatlarida aynan shu xollar yuz beradiki rejalashtirish texnologiyasi operatsiyalarida eotiborsizlik, xatolar sodir bo`ladi. Albatta bular barchasi ish natijalariga yo ijobiy yo salbiy taosir etmay qolmaydi. SHuning uchun barcha yosh o`qituvchilar o`z faoliyatlarini tizimli tahlil qilib borishlari, o`zlariga nisbatan qattiq qo`l hakam bo`lishlari kerak bo`ladi. Bular o`z navbatida kelgusi yutuqlarga zamindir.
Rejalashtirishning shakllari maxsus ilmiy, o`quv va uslubiy adabiyotlarda turlicha. Hozirgi kunda rusiy zabon olimlar B.A.Ashmarin, L.P.Matveyev va boshqalarning o`quv ishlarini rejalashtirish texnologiyasidan amaliyotda ko`proq foydalaniladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin