1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi



Yüklə 133,58 Kb.
səhifə8/10
tarix14.12.2023
ölçüsü133,58 Kb.
#180261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi

Turning areali. Tur egallagan barcha maydon umuman areal deb ataladi. Turlarning geografik tarqalishi ya’ni areali turning muhitga talabchanlik va ekologik sharoitlariga ayniqsa, muht harorati, namligi va ovqat resurslariga bog’liq. Agar Yer sharini uchta iqlim: issiq (tropik va subtropik), o’rtacha issiq va sovuq (shimol oblastlariga) zonalarga bo’linsa, u holda turlarning soni bu zonalarda turlicha bo’ladi. Masalan, suvaraksimonlar birinchi zonada—3100ta, ikkinchi –150ta, uchinchi—2ta.
Areal namligi ham hasharot turlarining tarqalishida katta ahamiyatga ega. Masalan, Marokash chigirtkasi Ukrainaning janubidan Kavkazgacha, O’rta Osiyoning janubi-sharqiy Qozog’istongacha, tarqalgan. Bu territoriyalarda bahor oylarida (mart, aprel, mayda) taxminan 100mm yog’ingarchilik bo’ladi. Marokash chigoitkasi uchun o’rtacha namlik 100 mm dan oshsa tuproqdagi tuxumlari zamburug’ kasallikidan nobud bo’adi. Bahor oylarining quruq kelishi ham tuxum va ular lichinkalarining nobud bo’lishiga sabab bo’ladi.
Ovqat faktorining ro’li hasharotlarning turlari tarqalishida muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, monofaglar uchun, masalan, bug’doy tripsi keng tarqalgan u hamma g’allkor rayonlarda uchraydi. Karam kapalagi qayerda karam ekilsa o’sha yerda tarqaladi. Ya’ni qishloq xo’jalik ekinlaridan qaysilari qanday arealda tarqalgan bo’lsa, ularning zararkunandalarini ham uchratish mumkin. Lekin ko’ hollarda iqlim sharoiti muhim ro’l o’ynaydi. Masalan karam kapalagi va kuzgi tunlam Sibirda uchramaydi. Xulosa qilib aytganda, turlarning areali ekologik faktorlarning kompleks ta’siri bilan aniqlanadi. Bunda ba’zi bir turlar uchun arealning iqlim faktorlari, ba’zilari uchun ovqat faktorlari muhim ro’l o’ynashi mumkin.


HASHAROTLAR BOTSENOZI.
Tabiatda hasharotlar alohioda emas, balki hayvonlarning boshqa turlari, o’simlik va mikroorganizmlar bilan birga biologik kompleks – biotsenoz holda yshaydi.
M. S. Gliyaroz (1959) V. Tishler (1960) bilan birgalikda biotsenozni berilgan sharoitlarda yashash va o’zaro bog’liq komplekslar hosil qilishga qobil, birga uchraydigan organizmlar sifatida xarakterlaydi.
Territoriyaning biotsenozlar egallagan uchastkasi biotin deb ataladi. Biotsenoz ular egallagan territoriyalar (liotip) va hamm anorganik muhitning yig’indisi deb tushunish kerak. Ya’ni organizmlarning va muhitning o’zaro ta’siri natijasida umumiy funksiyalanuvchi sistema vujudga keladi. Bu keng ma’nodagi tushnchani akademik V. N. Sukachev biogetsenozlar deb atadi. Bular ekologik sistema yoki ekosistema tushunchasidir.
Biotsenozlar turli-tumandir. Ularning taksonomik birliklari elementlar biotsenozi yoki birinchi tartib biosenozidir. Bular konkret biotsenozlar bo’lib, tabiatda kompleks biologik faktorlarni o’rganishga taaluqlidir. Birinchi tartib biosenozlar yig’indisi ( ikkinchi va keyingi tartib biotsenozlar) bilan qo’shiladi, bularga formatsiya va landshaft zonala kiradi.
Yerda biotsenozning eng yuqori kategoriyasi, uning hahha tirik qoplami – biostroma yoki geomerdisidir. Bunda geomerdining biotipi biosfera (ya’ni Yerning ustki tomonini o;rab olgan qobig’i) bo’lib hisoblanadi.
Biotsenozning boshqa formalari inson xo’jalik faoliyatiga bog’liq.
Biotsenozda tabiat hodisalari dialektikasining 1-xususiyati, ya’ni ularning umumiy o’zaro bog’liqligi va o’zaro aloqaliligi aniq namoyon bo’ladi. Har bir tur hayvon yoki o’simlik biotsenozda o’zining muhitga talabchanligi hamda ma’lum ekologik sharoitiga ( mikroiqlim, tuproq va biotik) bog’liqligi bilan ajralib turadi.
Ovqatlanish zanjiri hosil qiladigan ozuqaviy aloqa negizida har xil turlar orasida yuzaga keladigan biotik o’zaro aloqalarining ro’li ayniqsa kattadir.
Ovqatlanish zanjiri odatda 3-4 zvenodan yoki trofik darajasidan tashkil topadi-
1-si hazm mahsulotlar o’simlikni sintezlash natijasida hosil bo’ladi: fitofaglar 2-sini, yirtqichlar va parazitlar, ya’ni go’shtxo’rlar, 3-sini, go’shtxo’rlar- go’shtxo’rlar bilan ovqatlanishi 4-zvenoni tashkil qiladi.
Biotsenozda ovqatlanish zanjiri uning trofik strukturasini tashkil etadi.
Ekosistemalarning funksiyalari har bir tropic darajada ma’lum miqdorda tirik materiyani, ya’ni biomassani hosil qiladi.
Biosferada hamma turlar o’z ro’lini o’ynab, biosferalar o’zining ko’p asrlik evolyutsiya protsessida hosil bo’lgan organizmlarning xilma-xilligi umuminsoniyatning boyligi hisoblanadi, degan fikrni chiqaradi. Chamasi hamma turlar, ayrimlaridan mustasno, muhofaza qilishni talab etadi.
Biotsenozlarning ozgarishi. Ma’lum aniq iqlim zonalarda dominant turlari va tashqi aspekti bilan biotsenozlar ozmi-ko’pmi barqaror belgilarga ega. Bunday yetuk biotsenozlar yoki iqlimiy biotsenozlar katta biomassaga ega bo’lib, ularning evolyutsiyasi bir necha asrlar davomida sekin o’tadi.
Tashqi ta’sirot natijasida (inson faoliyati va shunga o’xshash) yetuk biotsenozlar buziladi, vaqtincha, tez o’zgaruvchan birlashma hosil bo’ladi va u birlashma oxirida yetuk biotsenozni tiklaydi. Bunday vaqtincha birlashmalar, ularning almashishi ekologik suksessiya deyiladi.
Ekologik suksessiyaning protsessi qonunuy va yo’nalish sifatida shu fizik-geografik sharoitda doimiy ekosistemalarni tiklashga olib keladi. Masalan, cho’l zonasida dastavval yirik o’simliklar (butgullilar) oilasi qoplaydi, bu faunada esa fitofag hasharotlar , y’ani shu o’simliklar bilan oziqlanadigan qo’ng’izlar, bargx'o’rlar va o’simlik qandalalari va boshqalar keng tarqalgan bo’ladi. 1-2 yildan keyin bu o’simlik larning o’rnini g’allasimon o’simliklar qoplaydi, natijada, faunada bo’shoqli o’simlikxo’r saratonlar, bitlar qirsildoq qo’ng’izlar va ularning lichinchalari ko’payadi. Yana bir misol, endigina tashkil etilgan mevazorlarda (hali hosil bermaydigan bo’g’larda) fitofog hammaxo’r qo’ng’izlar – xrushlar, qora tanlilar, barg kemiruvchilar, barg o’ramlar, bitlar va boshqalar keng tarqaladi. Bog’lar meva berishi bilan meva va gul bilan oziqlanuvchi mevaxo’r hasharotlar, olcha filchasi,kazarka boshqalar paydo bo’ladi. Keyinroq mevali daraxtlarning qarishi natijasida tana va po’sloq zararkunanda hasharotlar hamda ularning lichinkalari paydo bo’laqo’riq o’zlasdi.
Inson faoliyatining ta’siri natijasida vujudga kelgan ekologik suktsesslarning turli stadiyalariga ikkilamchi birlashma deb qarash mumkin. Bular inson faoliyati ta’udga kelishi mumkin. Masalan, qo’riq o’zlashtirish, meliorativ chora-tadbirlar, yaylovlarda mol boqish, o’rmonlarni kesish r o’rmon tashkil etish va boshqalar.
Qo’riq erlarni o’zlashtirish faunani qayta tuzishga olib keladi. Natijada qo’riq erga xos hasharotlarning ko’pchiligi yo’qolib ular o’rnini fitofag zararkunandalar egallaydi, ya’ni qoriq er birlamchi biotsenozi o’rniga ikkilamchi sun’iy, madaniy o’simlik- agrosenoz yoki agrobiosenoz vujudga keladi. Agrobiosenozda turlarning kamchiligi ko’pchilik turlar ustidan dominantligi rivojlanishi songgi darajasi natijasida vujudga keladi.
Agrobiosenozda dominant u turlar uchun qulayligi negizini parvarish qilayotgan o’simliklar tashkil etadi. Bug;doyzor agrobiosenozida maxsusu moslashgan o’simlikxo’r hasharotlar bug’’doy tripsi, g’alla burgasi, kulrang g’alla tunlami, va boshqalar keng tarqalgan. O’zlashtirilmagan qo’riq erlarda esa ular juda kam uchraydi.
Agrobiotsenozlar birlamchi biosetsenozlardan faqat alohida oz tur noto’g’ri yuqori dominant emas balki, boshqa belgilari bilan ham farq qiladi. Bularga, 1) agrobiotsenozdagi o’simlik qoplami, 2) o’simlik qoplamining barqarorligi, 3) olinadigan hosil va agrotexnikasi, 4) o’simliklar almashuvi (madaniy o’simliklarni almashlab ekish)
Meliorativ chora tadbirlar (botqoqliklarni o’zlashtirish, qo’riq erlarni so’g’orish va boshqalar tuproq entomofaunasiga ta’sir etadi.
A.F Kipenvarlis kuzatishlari ko’rsatishicha, Belarussiyada torfli botqoqzorni o’zlashtirishda birlamchi qanotsiz hashoratlar simqurtlarning soni keskin ortgan, chumolilar esa keskin kamaygan. O’rta Osiyo sharoitida Toshkent atroflarida E. S Kiryanova kuzatishida, qo’riq yerni sug’orish natijasida birlamchi qanotsiz va simqurt hasharotlar soni kamaygan, chumolilar soni paxta dalalari tuprog’ida keskin kamayib, uzumzorlarda 10 baravar ortgan.
Yaylovlarda mol va podalarni boqish ham entamafaunaga ta’sir etadi. Chunki, mol va podalar o’simliklar bilan oziqlanib mikroiqlimni o’zgartiradi va tuproq ustki qatlamini tayoqlari bilan zichlaydi. Ayniqsa, chigirtkasimonlarning tuxumlarini ko’plab nobud qilishi mumkin.
O’rmonlarni kesish va yo’qotish yoki hosil qilish ham entamafaunaga katta ta’sir etadi, chunki iqlim keskin o’zgarishi natijasida daraxtxo’r, namlikni xush ko’ruvchi hashoratlar o’rnbiga issiqni sevuvchi turlar vujudga keladi. Ixota daraxtlar mintaqasi barpo etilgan zonalarda hashoratlar uchun noqulay sharoit vujudga keladi va bu yerlarda hashoratxo’r qushlar ko’payadi. Tut daraxtlarining maxsus massivlarda bo’lishi o’rgimchakkananing ko’payishiga va unga qarshi kurash imkonini beradi.
Entamafaunaga agratexnik tadbirlar ham muhim ta’sir ko’rsatadi. Har qaysi zonaning tuproq iqlim sharoitini hisobga olib ishlab chiqilgan hamma agratexnik tadbirlarni va o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib o’tkazish o’simliklarni himoya qilish choralari kompleksi sistemasining asosidir.
Agratexnika ekin zararkurandalarining hayotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi . Agratexnika choralarining ba’zilari hashoratlarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi va o’simliklarning chidamliligini oshiradi.

MAVZU: Hasharotlarning ommaviy ko’payishi


ZARARKUNANDA HASHAROTLARNING OMMAVIY KO’PAYISHI.
Tabiatda hashoratlar populyatsiya holatda yashaydi va hamma turlari ekosistemaning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.Hashoratlarning populyatsiyadagi individ soni, ya’ni individlaning zichligi muqarrar emas, doimo ekologik faqtorlar ta’sirida o’zgarib turadi.
Hashorat individlarning soni va zichligi o’zgarishiga populyatsiya dinomikasi deb aytiladi. Bu katta amaliy ahamyatga ega. Fitafaq hashoratlar madaniy o’simliklar bilan ozuqlanuvchilarning individ sonlari va zichligi ortishi bilan bu hashoratlar zararkunandalarga aylanib, o’simliklarni yoppasiga zararlaydi, hosilini va mahsuldorligini kamaytiradi. Zararkunanda hashorat individning soni kamayishi esa uni zararkunandalik xususiyatini pasaytiradi, ayniqsa zichligi kamayganda vaqtincha zararsiz holatga o’tishi mumkin.
Hamma miqdor (son) o’zgarish propessi – maksimumdan boshlab to oxirgi minumumga bo’ladi, bu ba’zan radasiya tushunchasi eb aytiladi.
Zararkunandalarni populyatsiya dinomikasining qonunyatini tushunish va uning nazariy masalalarini zararkunandalarni ommaviy tarqalish ehtimoli ma’lumotlarini tuzishda katta amaliy ahanyatga ega. Ana shu ma’lumotlar asosida, zararkunandalarining zarar yetkazishi oldini olish chora tadbirlarini o’z vaqtida ko’rish kerak.
Zararkunanda hasharotlarning soni o’zgarishi asosan quyidagilarga bog’liq 1)tashqi muhitning beqarorligi va turning muhit faktorlariga moslashishi 2)serpushtligi va tashqi muhit ta’sirida hayotchanligining o’zgarishi.
Bu o’zgarishda miqdorlar ikki xarakterda bo’ladi. Birinchidan, populyatsiyada individ zichligi o’zgarishi (ya’ni 1m kv yoki bitta o’simlikda),ikkinchidan, joylashgan stasiya miqdori o’zgargan bo’lishi mumkin. Demak individ sonlarining kamayishi yoki ko’payishi faqat bitta yoki bir necha tur yashash joyi emas ,balki arealning u yoki bu qismini ham egallashi mumkin. Mana shu ko’rsatkichlar orqali ommaviy paydo bo’lish masshtabi aniqlanadi.
Hasharotlarning serpushtligi va ularning ko’payish qobiliyati uncha katta emas. Ba’zan bu ko’payish qobiliyati ko’payish potensiali yoki biotik potensial deb belgilanadi.
Populyatsiyada individlar miqdori G.A.Viktorov taklifiga binoan, ikki kategoriya bilan aniqlanadi, modifitsirlanuvchi va tartiblovchi faktorlar.
Modifitsirlanuvchi faktorlar-abiotik faktorlar, ular populyatsiyaga,individlarning zichligidan qat’iy nazar ta’sir etadi(ya’ni turlarning sonidan qat’iy nazar). Masalan, qahraton qishda oq karam kapalagi yoki kuzgi tunlam individlar miqdoridan qat’iy nazar(ozmi yoki ko’pmi) nobud bo’ladi. Yoki qishning yumshoq kelishi siyrak hamda zich populyatsiya individlarning sonini oshirishga vosita bo’ladi.
Demak, bu muhit faktorlari individlarning miqdorini biroz tebratishi, ya,ni miqdorini modifiqatsiyalashi mumkin.
Tartiblovchi faktorlar populyatsiyadagi individlarning sonini o’zgartirib qolmay,balki ularni tartibga solib turadi.Bularga faqat biologic faktorlar-tabiiy kushandalar(yirtqichlari,parazitlari,kasalliklari),tur ichidagi munosabatlar va oziqalar kiradi. Shu biosenoz uchun u yoki bu hasharot turlarining populyatsiya zichligi yuqori darajaga erishilganda reaktiv faktorlari ta’sir eta boshlaydi. Fitofag hasharotlar individlarining ko’payishi ular entomofaglarining sonini oshirish uchun sharoit yaratadi, individlarni tig’iz kontakti zamburug’, bakterial va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi, fitofag hasharotlar uchun ovqat tanqisligini ba’zi bir tur hasharotlar harakatchan chala fazasini vujudga keltiradi. Natijada turning oldingi ommaviyligi, individlarning populyatsiyadagi miqdori, individlarning o’lishi yoki gala holatda boshqa territoriyaga migratsiya(ko’chirishi) natijasida keskin kamayadi. Har xil turlarda individlar miqdorining o’zgarishi turlicha bo’ladi. Zararkunandalarning har bir turlarini populyatsion dinamikasining spetsifikasini aniqlash ma’lumot usulini ishlab chiqishda ilmiy asos yaratadi.
Hamma populyatsion dinamikani uch tipga kiritish mumkin: chidamli mavsumiy va ko’p yillik.
Chidamli tip miqdor dinamikasi,vegetatsion davrida ozmi yoki ko’pmi doimiy miqdorga ega bo’lgan turlar uchun xarakterlidir. Bu turlarning populyatsiya individlari miqdori fasl davomida kam o’zgaradi, chunki butun yil davomida yuqori hayotchanlik ta’minlanadi. Bu tipga xrushlar, don qo’ng’izlari, qirsilloq qo’ng’izlar va ularning lichinkalari, qora tanli qo’ng’izlar hamda ularning lichinkalari va boshqalar kiradi. Bu turlarning taxminiy miqdor ma’lumoti uchun ularning zichlanishini hisoblash va kuzda har xil dalalarda tarqalishini aniqlash shart.
Mavsumiy tip miqdor dinamikasi bir fasl davomida populyatsiya zichligi keskin o’suvchi turlari uchun harakterlidir. Bu turlarni individ miqdorlari bir vegetatsion davrda juda ham o’sadi, ya’ni bahordan kuzgacha har yili bir xilda qaytariladi. Bularga ko’p polivoltin turlar va ba’zi bir yuqori serpusht monovoltin turlar: karam kuyasi, g’o’za tunlamlari, o’simlik bitlari, olma kuyasi, gessan va shved pashshalari, uy pashshalari va boshqalar kiradi. Ko’p miqdorda bo’g’in berishi yoki yuqori serpushtligi bu turlarning bir vegetatsiya davrida individ miqdorini tez oshiradi. Bu gruppa turlar uchun individ miqdorining ortishi faslning ikkinchi yarmida yoki kuzda xarakterlidir.
Ko’p yillik populyatsion dinamikasi murakkabligi va har xilligi bilan harakterlanadi. Individlarning miqdori populyatsiyadagi va joylashgan joydagi zichligi bir necha yilni o’z ichiga oladi va populyatsion dinamikasi bir necha davrlarni o’tkazish bilan bog’liq.
Asosan 4 ta davrni:
1)Minimum davri yoki depressiya-bunda hasharotlarning miqdori minimum bo’lib, zarar yetkazishi sezilarli emas:
2)O’sish yoki ko’tarilish davri-bunda hasharotlarning miqdori va uning populyatsiyadagi zichligi qulay sharoit ta’sirida oshadi va ular yangi yashash joyga tarqaladi, lekin zararli hali unchalik sezilarli emas:
3)Maksimum davri yoki ommaviy birdan avj olishi bunda hashoratlar populyatsiyada va joylashgan joyda eng yuqori zichlikka ega bo’lib,ekologik va fiziologik optimum xolatda bo’ladi.Ma’lum darajada zarar yetkazadi.
4)Pasayish davri yoki krizisi-bunda nokulay sharoit ta’sirida birinchi navbatda biotik faktorlar (tabiiy kushandalari,ovqat yetishmasligi) miqdori kamaya boshlaydi,populyatsiyadagi zichligi va joylashgan joyi miqdori kamayadi,zararligi keskin pasayadi.
Populyatsion dinamikasining to’liq davr siklini umumiy davomati,ko’p yillik tipda monovaltin turlarda kamida 4 yil, ko’pchilik turlarida 6-10 va undan ko’p yil, bivoltin va trivoltin turlarda 2-3 yil.
Xulosa qilib aytganda, hasharotlarning aniq ishonarli ma’lumoti ishlab chiqishda, ularning biologiyasi va ekologiyasi to’g’risida chuqur ma’lumotga ega bo’lib, har bir tur zararkunandaning alohida populyatsion dinamikasini xarakterli xususiyatini bilish shart.



Yüklə 133,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin