4. O’zini tashqi qiyofasiga berilgan bahosi orqali qabul qilish.
Ijtimoiy texnologiyalar tasnifi
Tasnif asosan
Ijtimoiy texnologiyalar turlari
Qo‘llanishi sohasi Global
Universal
Mintaqaviy
Ob’ektlar Guruh
Jamoa
Individual
Hal qilinayotgan vazifalar xarakteri
Tashkiliy
Informatsion
Innovatsion
Ijtimoiy modellashtirish
Ijtimoiy bashorat berish
Metodlarni o’zlashtirish sohasi
Ijtimoiy-tibbiy
Ijtimoiy-psixologik
Ijtimoiy-pedagogik
Ijtimoiy -pedagogik profilaktika
Ijtimoiy-pedagogik qullab-quvvatlash
Ijtimoiy vaziyatlarni ijtimoiypedagogik korrektsiya qilish
Ijtimoiy ish yo’nalishlari
Bolalikni ijtimoiy himoyasi
Bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasi
Ijtimoiy tashhis quyish
Ijtimoiy profilaktika
Ijtimoiy nazorat
Ijtimoiy reabilitatsiya
Ijtimoiy adaptatsiya
Ijtimoiy patronaj
Ijtimoiy ta’minot
Ijtimoiy terapiya
Ijtimoiy maslahat berish
4-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHI- LARINING BOLALAR BILAN IJTIMOIY FAOLIYATDAGI O’RNI.
Reja.
Ta’lim –tarbiya jarayonida tarbiyachining kreativ yondashuv.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat.
Adaptatsiya tushunchasi. Adaptatsiya — organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning shakllanish xususiyati. SHuningdek, adaptatsiya organizm faoliyatini tashqi muhit ehtiyojlariga qarab o’zgartirish qobiliyati hamdir. Barchatirik mavjudotlar o’zgaruvchan atrof-muhitga doimiy adaptatsiyani ta’minlovchi mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro’y beradi. Biroqatrof-muhitning bunday o’zgarishlarini oldindan ko’ra bilish va unga ko’nika olishi faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptiv qobiliyati tug’ma bo’lmay, muhit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi. Insonning ko’nikish reaktsiyasi shakllari ijtimoiy adaptatsiya sifatida aniqlanishi lozim. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o’laroq, inson ijtimoiy muhit o’zgarishlariga ko’nika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaktsiyalarini ishlab chiqishi lozim. Insondagi adaptatsion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni ijtimoiy omillar o’ynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish, urbanizatsiyaning tezlashishi, tabiat va kosmosni faol o’zlash tirish , aloqa v osi talarining kengayish i va kompьyuterlashtirish, davlatlararo integratsiya jarayonlari insonda o’zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko’nika olish qobiliyatini shakllantirish masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi ahamiyatga ega tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonning tug’ilishi adaptatsiya borasidagi ilk sinovdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqda kam ko’nikish mexanizmlari mavjud bo’ladi. Biroq go’daklik davrida muhit bilan faol o’zaro munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida ba’zi murakkab funktsiyalar vujudga keladi. Miyada axborot to’plash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir orqali o’zlashtirish imkonini beradi. So’nggi yillarda go’daklik davridagi ijtimoiy adaptatsiyaga qiziqish ancha ortdi. Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy adaptatsiya muammosi muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda bolaning ko’nikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmokda. Bola shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma-xilligiga bog’liq. Demak, bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ko’p tomonlama rivojlanishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt shakllanishi tarbiyaga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyati oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bog’liq ravishda postanal antogenezda shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida, ayniqsa, jadal kechadi. SHaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va me’yorlar haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. Yangi ijtimoiy talablarga ko’nikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Bola ijtimoiy adaptatsiyani o’z tajribasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonida o’rganadi. Ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini hosil qilish , o’z navbatida, ko’nikish im koniyatini kengaytiradi. SHu bilan birga, bolaning ko’nikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham hosil bo’lishi mumkin. Bu im koniyatlar esa bolaning atrofidagilar bilan aloqalarining rivojlanishiga, bola miyasida axborotlarni qayta ishlashiga bog’liqbo’ladi. Bolada aniq bir mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish shakllari ijtimoiy adaptatsiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar o’zgaradi, masalan, bolalar biron-bir muassasaga kirganlarida ulardan yurish-turishining ham o’zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli darajadagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bolalarning ta’lim muassasalaridagi adaptatsiyalarining asosiy xususiyati ularning oilalarida shakllanadigan, ota-onasi xamda safdoshlari bilan shakllanadigan munosabatlari orasidagi farqtsir. Bolaning bolalar muassasasi jamoasiga ko’nikishida bola doim uyda, oilasida o’tkazgan davrlarida shakllangani uning ota-onasi bilan o’zaro munosabatlari ning buzilishi haqida ran ketmaydi. Bunda yaqin insonlari bilan ayrim va oilaviy tavsifga ega bulmagan yangi aloqalarning shakllanishi nazarda tutiladi. Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan tanishganidanoq uning oldiga qo’yilgan talablar, shubhasiz, u yoki bu darajadagi qiyin masala qisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual hususiyatlariga bog’liq. Faqatgina ba’zi hollarda murakkablik darajasi bola imkoniyatlaridan yuqori bulishi mumkin. SHunday xollarda bolaga bu murakkabliklarni yengishga yordam beradigan yo’llarni qidirish lozim, chunki ayni shu paytning uzida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir buladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bolalar muassasalari sharoitlariga moslashuvining uziga xos xususiyatlari. "Bola hayotning uchinchi yilida maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilinishi undan shu paytgacha shakllanib bulgan yurish-turish stereotipini o’zgartirishni talab qiladi. Ham bolaning sog’ligi, qam \ar tomonlama rivojlanishi borasida biror-bir noxush hodisalar paydo bo’lishini bartaraf etish uchun ij tim oiy pedagoglar ta’lim m uassasal ari ish ini takomillashtirish borasida yordam kursatishlari va bolalar hayotini har tomonlama qulay tashkil qilishda ishtirok etishlari zarur. Bu yoshdagi bolalarning xususiyatlari: — organizm barcha tizimlarining funktsional yakunlanmaganligi va ular rivojlanishining nihoyatda tez sur’atidir; — jismoniy va ruhiy rivojlanishning o’zaro bog’likligi; — go’dak hayotining birinchi yillarida kattalarning o’rni. Bola tug’ma yurish-turish shakllariga ega emas va ijtimoiy muhitda rivojlana turib, u uch asosiy komponentni: hudud (narsa-predmetlar, ulardan foydalanish vositalari), vaqt (kundalik tartib) va muomala shakllarini o’zlashtiradi. Demak, bola tug’ilish danoq, uning faolligi “bola-kattalar” munosabatlari ichida tartibga solinadi. Yosh bolalar yurish-turishining xarakterli jihati yuqori hissiyotchanlikdir. Bolaning emotsional holati uning rivojlanishi vatarbiyalanganligi darajasiga bog’liq. Atrof muhit va odatiy hayot tarzining buzilishi, birinchi navbatda, emotsional holatnnng buzilishiga olib keladi O’yin bola faolligining asosiy va uziga xos shaklidir. Bu o’sib ulg’ayayotgan bola organizmining tabiat, atrof-muhit ob’ektlari haqida ma’lumot yig’ishiga, kattalarga taqlid qilishiga, faol harakat qilishiga ehtiyoj, uning muhit bilan o’zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. O’yinlarda bola bajara olmaydigan talablar qo’yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o’yin bola hayoti, madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida uning yangi muhitga ko’nikish shartidir. Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy pedagogning ta’lim muassasida bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasiga qaratilgan faoliyati quyidagilardan iborat, desak bo’ladi:
1. Adaptatsion bosqichining kechishini og’irlashtiruvchi va bolalarning kasaplanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning kompleks tuzilmasini aniqlash.
2. Kompleks usullardan foydalangan qolda adaptatsion bosqichni tahlnl qilish.
3. Adaptatsion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va salomatlik holatini saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish. Ijtimoiy adaptatsiya bolaning ruhiyatida jo’shqinlikni paydo qilmasdan iloji yo’q. Buning ilk namoyon bo’lish shakllari emotsinal qolatningbuzilishidir. Ijtimoiy pedagog bolalarning ko’nikish darajasini anik/tshi uchun quyidagi tasnifga tayanishi lozim:
1. Yengil adaptatsiya — bolaning yurish-turishi 10— 15 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlaganidan so’ng bir oy o’tgach, o’zini me’yorda tuta boshlaydi.
2. O’rta adaptatsiya — bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o’zgarishlar 15 — 30 kun ichida me’yoriy xrlatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo’lsa, keyinchalik u o’z vaznini tiklab oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagach, bir oy mobaynida u bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7 — 10 kun maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligi mumkin.
3. Og’ir adaptatsiya shunda namoyon bo’ladiki, bolalarda tez tez qaytadan kasal bo’lish kuzatiladi. Kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tue olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho’ziladi, rivojlanish va salomatlik ko’rsatkichlarida noxush holatlar ham namoyon bulishi mumkin. Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal darajada bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog bolaning 9 oyligidan 1,5 yoshga tulgunigacha mikro ijtimoiy muhitdagi o’zgarishlarni og’ir o’tkazishini inobatga olishi lozim. SHuningdek, boladagi adaptatsiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari qam og’irlashtirishi mumkin:
— noto’g’ri ovqatlanish;
— bolani noto’g’ri belash;
— salbiy odatlar;
— yoshiga mos kelmaydigan ko’nikmalar.
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo’lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot. Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag’ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlar kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o’zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi. Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
Ota-onasi haqida ma’lumotlar:
— otasi (F.I.SH ., tug’ilgan yili, mansabi, ish joyi);
— onasi (F .I.SH ., tug’ilgan yili, mansabi, ish joyi);
— onasida homilaning kechishi va bola tug’ilishi. 2. Maishiy sharoitlari:
— istiqomat qiluvchilar soni;
— yashash joyiga baho berish (kulayliklari);
— yuvinish moslamalari;
— yashash joyi havosiningtozaligi;
— bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga qatnashadi? 3. Bola hakdda ma’lumotlar:
— yoshi;
— sog’ligi;
— bolaga kim g’amxo’rlik qiladi?
— bolaning kun tartibi qanaqa?
— u alohida xona, krovatga egami?
4.Bedorlik vaqti:
— bola bedorlik vaqtini qanday o’tkazadi?
— uyg’oqlik davrining uzunligi;
— sevimli o’yinchoqlari;
— kiyinish-echinish, yuvinish jarayonlariga munosabati;
— kattalarning bolaga munosabatlari;
— bolaning kattalarga munosabati;
— bola bilan tez-tez sayr qilishadimi?
5.0vqatlanish:
— ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi?
— bola nima yeydi?
— nima yordamida ovqatlantirishadi (butilkami, qoshikdami)
—bolaning ishtahasi, faolligi.
7.Uyqu:
— bolani uxlatishda o’zini tutishi;
— uyqudagi kiyimi;
— bola qanday uxlab qoladi (tez, tinch)?
— kuniga necha marta, qancha uxlaydi?
— uyqu xarakteri va uzunligi;
— qanday uyg’onadi (tinch, yig’i bilan)?
— bola kunduzi qaerda uxlaydi (krovat, xona, kucha)?
— tunda qanday uxlaydi?
— bolani uxlatish uchun unga so’rg’ich berishadimi?
Adaptatsiya varaqasida (qarang: 1-jadval) bolaning hissiy holati, ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. SHuningdek, varaqada bolaning kattalar va boshqa bolalar bilan munosabati, uning individual xususiyatlari \am qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb, shartli ravishda, bola yurish-turishining normallashuvi olinadi.
Dostları ilə paylaş: |