1-mavzu: ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Ijtimoyilashuv tushunchasi, jarayoni, vositalari. Reja


J –jadval. Bolaning adaptatsiya varaqasi



Yüklə 298,48 Kb.
səhifə39/40
tarix01.12.2023
ölçüsü298,48 Kb.
#170835
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Nazariy mashg`ulot materiallari 1-mavzu ijtimoiy pedagogika fan-fayllar.org

J –jadval. Bolaning adaptatsiya varaqasi.
MTM_______ guruh_____ tug’ilgan sanasi

MTMga kirish sanasi_________ Kirishdagi yoshi:


yosh, oy.
Tayyorlov bosqichi o’z ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi:
— og’ir adaptatsiya sabablarini aniqlash;
— tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, ta’lim muassasi tarbiyachilari bilan aloqa va hamkorlik o’rnatish;
— bolalarning MTM, bolalar bog’chalariga kirishlaridan avval sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini nazorat qilish;
— bolalarga ijtimoiy pedagogik yordam rejasini tuzish;
— bolaning ta’lim muassasalarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar o’rnatish;
— maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun ij timoiy-pedagogik, ij timoiy-ruhiy, tibbiy choratadbirlarni belgilash.
— Amaliy bosqichda ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
— oila va ta’lim muassasasida bolaga bir xil yondashuvni shakllantirish;
— oila bilan aloqalar
— bolaning MTMga qatnay boshlaganida 3 — 4 kun mobaynida onasining ishtirok etishi;
— axborot bazasi ning kengayib borishi;
— bolalarni ruhiy-emotsional qullab-quvvatlash.

5-MAVZU: IJTIMOIY TARBIYADA MAHALLANING O‘RNI. IJTIMOIY MUHIT BOLANI TARBIYALASHNING OMILI SIFATIDA.

Reja:
1.Tarbiya va ijtimoiy tarbiya.
2.Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
3.Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
4.Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.


Tayanch tushunchalar: Maxsus ijtimoiy tuzilma, etnomadaniy qadriyatlar, Mehribonlik, rahmdillik, ijtimoiylashuv mexanizmi, Qarindoshlik munosabatlari, ommaviy ong, ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium, ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida mahallaning rolini kuchaytirish, huquq va vakolatlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Mustaqillikyillarida mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda vazifalari ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda fuqarolar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotir.


“Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida“Bola tarbiyasi – kelajak mevasi”, “Ilm ol, hunar o‘rgan”, “Tanlagan kasbing – sening kelajaging” kabi mavzularda o‘tkazilayotgan tadbir va tanlovlar ham samarali bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas’uliyat talab etadi. Ushbu mahallada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Jumladan, nuroniylar, ibratli oilalar vakillari, o‘qituvchilar, shifokor va huquqshunoslardan iborat “Ota-onalar universiteti” jamoat tuzilmasi yoshlar ongu shuurini milliy hayot tarzimizga zid va zararli g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
– Ochig‘ini aytish kerak, ayrim ota-onalarning nikoh va oila to‘g‘risidagi eskicha qarashlari tufayli hali hayotda o‘rin topmagan, ruhan va jismonan oila qurishga tayyor bo‘lmagan qizlarning turmushga berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda, – deydi mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahodat O‘sarova. – Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirlar doirasida ota-onalar va yoshlar bilan alohida suhbatlar tashkil etilib, farzandlarining ta’lim olishi, hunar egallashi zarurligi, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari atroflicha tushuntirilmoqda.
Mahalla qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar bilan ishlash hamda voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyati ham bu boradagi tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir.
O`zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir.
Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g’arq bo`lishlariga imkon yaratish bilan bog’liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo`lib, unda axloqiy tamo-yil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishti-rok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari sha-kllanadi.
Mahallaning demokratiyalashuv,ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukam-mal-lashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini O`zbekistonnig birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o’tgan: “Mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o’zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo’yida paydo bo’lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda engish, qiyin kunlarda qo’llab- quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo’lib yashashga o’rgatgan.
Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o’z-o’zini boshqarish maktabi, kerak bo’lsa, demokratiya maktabi desa bo`ladi”.
Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo`lishini ko`zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko`zda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda:har bir inson amal qilishi kerak bo’lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi;
muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi;
hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqidag’amxo’rlik;
axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi;
ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsgauzaytiriladi;
alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvdabo’ladi.
Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko’rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi.
Mahallaning ijtimoiy o’rni shunda namoyon bo’ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o’zgarishlarga o’z munosabatini bildirgan va oliy insoniy hamda axloqiy tamoyillarga tayanadi. Masalan, XXasrning 20-30 yillarida mahallada ayollarning itimoiy ishlab chiqarishga qo’shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo’llab-quvvatlangan.
Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilganliklari ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko’chib kelganlarga o’z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko’rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o’zaro hurmat, o’zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi.
Mahalla an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga etkazish, jamiyatni demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. YAngi sharoitlarda mahalla o’z-o’zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo’ldi. Bunga O’zbekiston Respublikasinnig birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ham ta’kidlangan.
Mahalla maktablari yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o’zgarib qoldi. Ularning aksariyati muassasa, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo’lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo’mitalari faoliyatlarining asosiy yo’nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish bo’yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo’ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro’z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o’tkaziladi. Hashar yo’li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda.
Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo’lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon bo’ladi:
-jamoaning g’amxo’rligi, qo’shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlariga yordamko’rsatishadi;
-o’ziga to’q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo’shnilariga moddiy yordamberishlari;
-oqsoqol va mahalla qo’mitasi tomonidan boquvchisini yo’qotgan va qariyalarga yordam ko’rsatishi vaboshqalar.
Bularga misol qilib, 50-yillarda “Yangiobod” mahallasida aholining yordami bilan klub bunyod etilib, unda ma’ruza, kontsert, kechalar o’tkazilgan. Bu ishlarda o’qituvchilar, san’atkorlar faol ishtiroketishgan.
Jamoada yordam ko’rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo’ldi va hokimiyatlar, mahalla qo’mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Respublikaning birinchi Prezidentining (1994 yil 23 avgust) “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chora-tadbirlari” haqidagi farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishning yangi turi joriy qilindi: kam ta’minlangan oilalarga har oy ko’rsatiladigan yordam. Bu yordamning yangiligi shundaki oilalar taqsimotini mahalla hal qiladi.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari 1999 yil yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining 2002 yil yanvardagi “Aholining Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashining 2002-2003 yillarda mo’ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori talablarini amalga oshirmoqdalar. “Fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlarining aholining ijtimoiy qo’llab- quvvatlanishini ta’minlash” to’g’risidagi farmonichiqdi.



Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin