14-Mavzu: Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va hayotga
tatbiq etish.
(magistrlik dissertatsiyasi misolida)
Reja:
1.
Tadqiqot muammosining belgilanishi.
2.
Ilmiy tadqiqot olib borilishi.
3.
Ishning sinovdan o‘tishi.
4.
Ilmiy ishni himoya etilish tartibi.
Bilish fikrning bilmaslikdan bilishga, to‘la va mukammal bo‘lmagan bilimdan
to‘la va mukammal bilishga qarab harakat qilishidan iborat bo‘lgan
cheksiz
jarayondir. Bilish jarayoni eskirib
qolgan nazariyalarni aniqlash,
dalillarni
tekshirish, solishtirish orqali ob’yektning yangi-yangi tomonlarini ochishdir. To‘la
va mukammal bilimga intilish insondan ilmiy izlanish
olib borishni taqazo etadi
.
Ilmiy tadqiqot muayyan ilmiy muammoning yechimini topishga yo‘naltirilgan
ijodiy jarayondir.
Tadqiqotchi o‘z o‘rganayotgan predmet yoki hodisani bilishda
ilmiy bilishning turli usullarini qo‘llash orqali ob’yektning yangi yo‘nalishlari, avval
aniq bo‘lmagan
yangi sifatlari, tomonlarini aniqlaydi yoki ochadi.
Har qanday
ilmiy izlanishdan maqsad - biror ilmiy muammoni hal qilishdan iboratdir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni ilmiy bilish bosqichlarini to‘g‘ri tashkil qilishni talab
etadi. Bu bosqichlar mantiqiy izchillikda amalga oshiriladi va natijada ilmiy bilim
shakllari
(ilmiy g‘oya, muammo, gipoteza faraz, qonun, nazariya, kashfiyot,
Dostları ilə paylaş: