tadqiqotchi izlanish jarayonida nimalarga diqqat-e’tiborini qaratishi kerakligini
aniqlab olmog‘i lozim.
Buning uchun tadqiqotchi tadqiqot ob’yektini amaliy va nazariy jihatdan to‘la
anglab yetmog‘i, u haqda bilimga ega bo‘lmog‘i zarur. U izlanish olib borayotgan
sohaning mohiyatiga chuqurroq kirmog‘i, tadqiqotni qanday ilmiy bilishning qaysi
usullaridan foydalangan holda olib borishni aniqlamog‘i lozim bo‘ladi. Shundan
keyingina, izlanish faoliyatini boshlaydi. Tadqiqotchi tadqiqot ob’yekti xaqida
orttirgan bilimlari, tajriba, kuzatish va ilmiy malakasiga tayangan holda ilmiy dilillar
to‘playdi, nazariy va amaliy xulosalar chiqaradi va shu asosda muammoning
yechimini topadi.
Tadqiqotchi tadqiqot ob’yektini o‘rganishga butun intellektual salohiyatini
yo‘naltiradi va shu asosda o‘zi o‘rganayotgan ob’yekt, uning tarixi va
rivojlanishidagi ichki zaruriy aloqadorlik va bog‘lanishlarni o‘rgana borib, uning
qachon, qanday tartibda, nimalar sababli, qanday qonuniyatlar asosida yuz
berganligini bilib oladi, shu ob’yekt haqida ma’lum bilim hosil qiladi, u haqda
xulosalar chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: