gruppalashtirilgan materiallarni muayyan ilmiy nazariyaga tayangan holda
ilmiytanqidiy o‘rganadi, tahlil qiladi
. Tadqiqot materiallarini tanlash va tahlil
qilishda tadqiqotchi ilmiy bilishning falsafiy va ilmiy usullari (eksperiment,
kuzatish, analiz, sintez, induksiya, deduksiya, konkretlik, abstraktlik, tarixiylik va
mantiqiylik va h.k.)dan foydalanadi. Ilmiy, umumilmiy va falsafiy usullar talablarini
bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay olish haqqoniy bilimga erishishning sharti hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqot natijalari qisqacha
ilmiy axborot, referat, ilmiy ma’ruza,
kurs yoki diplom ishi, risola, monografiya shakllarida rasmiylashtiriladi
.
Magistrlik, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari ilmiy tadqiqotlarning o‘ziga xos
shakllaridir.
Tayyorlangan magistrlik
, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari
oliy
o‘quv yurti kafedrasiga muhokama uchun topshiriladi.
Birinchi, ikkinchi va
navbatdagi boshqa muhokamalar jarayonida olimlar dissertatsiya haqida o‘z fikr va
mulohazalarini bayon etadilar, tanqidiy fikrlari, taklif, mulohazalarini bildiradilar.
Tadqiqotchi tanqidiy qarashlar, fikr-mulohazalarni o‘rganib chiqishi, dissertatsiya
ustida ishlash jarayonida ularni hisobga olishi lozim. U taqrizchilarning fikrlariga
qo‘shilmagani taqdirda, o‘z nuqtai-nazarini isbot va dalillar bilan asoslashi lozim
bo‘ladi. Bu uning ilmiy muammoni hal qilishga doir o‘z nuqtai-nazari mavjudligidan
dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: