Ilmiy izlanish odatda tadqiqot mavzusini aniqlashdan boshlanadi
.
Tadqiqot mavzusi dolzarb muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim.
Tadqiqot mavzusi ijodkordan mustaqil izlanish olib borishni, muammoni qo‘ya
olishi uni hal etishning o‘ziga xos yo‘llarini izlab topishni talab qiladi.
Tadqiqot ishlari (magistrlik, nomzodlik (PhD), doktorlik (Sn)) quyidagi
talablarga javob bermog‘i lozim:
1.
Muammoni, tadqiqot mavzusini aniqlash;
2.
Mavzuni dolzarbligini mantiqiy dalillar bilan asoslash.
3.
Muammoga taalluqli ishonarli ilmiy xulosalar chiqarish.
4.
Ilmiy tadqiqot shu muammoga doir boshqa ishlardan o‘zining tuzilish,
mazmuni, bajarilish usullari, originalligi bilan ajralib tursin.
5.
Ilmiy tadqiqot mavzusi oliy o‘quv yurtlarining ilmiy ishlar bo‘yicha
tasdiqlangan rejalarida ko‘rsatilgan kompleks muammo doirasida bo‘lsin. Bu,
birinchidan, ilmiy ishlarda mayda-chuyda mavzular bilan o‘ralashib qolishning
oldini olishga, ikkinchidan esa, ilmiy tadqiqotlarni olib borishdagi qaytariqlar,
mavzudagi takrorlanishlarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradi.
2. Ilmiy tadqiqotning olib borilish.
Tadqiqotchi ilmiy ishlarni boshlashi uchun dastavval kafedra tomonidan
ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan ish rejasiga ega bo‘lashi lozim.
Mazkur rejada
mavzu, undan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, ishning strukturasi (boblar,
paragraflar, ularning nomlanishi) kutilayotgan natija o‘z ifodasini topishi kerak.
Reja asosida tadqiqotchi
mavzu doirasida mavjud adabiyotlar bilan
tanishadi, tadqiqot uchun material to‘playdi. Tadqiqot materiallari deganda, mavzu
doirasida avval olib borilgan izlanishlar, boshqa mualliflarning fikrlari tahlili,
statistika ma’lumotlari, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniyma’naviy
hayotiga doir aniq dalillar va boshqalar nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |