1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

ilmiy bashorat) 
hosil bo‘ladi.
Ilmiy g‘oya
ilmiy izlanishda 
birinchi bosqichni
ifodalovchi bilish shakli. 
Gʻoya – bu tadqiqot maqsadini, uning yo‘nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy 
tadqiqot shakli.
Gʻoya o‘z tabiatiga ko‘ra bir fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va 
nazariy faoliyati asosida paydo bo‘ladigan borliqning in’ikosidir. Ilmiy izlanishda 
g‘oya muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotchining fikrida biror sohaga doir g‘oya 
tug‘ilmaguncha, u tadqiqot olib bora olmaydi. Gʻoya ma’lum bir tayyorgarlik
ma’lum mushohada asosida, ma’lum bir sohada fikr yuritish natijasida paydo bo‘lib, 
unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan bo‘ladi. 
Gʻoyalar 
o‘z xususiyatlariga ko‘ra:
a
) ilmiy g‘oyalar va b) badiiy g‘oyalarga
bo‘linish 
mumkin. Fan-texnika sohalariga oid tug‘ilgan g‘oyalar ilmiy g‘oyalardir. Badiiy 
ijodga oid g‘oyalar esa badiiy g‘oyalar bo‘lib, ular yozuvchi, shoirning «niyati» deb 
ataladi.
Gʻoyalar xarakteriga ko‘ra
borliqning 
to‘g‘ri, real in’ikosidan,
yoki 
borliqning 
xato yoki fantastik in’ikosidan
iborat bo‘lishi, 
shuningdek
progressiv 
yoki reasion
g‘oyalar bo‘lishi mumkin. Ilmiy g‘oyalar borliqning to‘g‘ri, atroflicha, 
chuqur in’ikosi asosida yuzaga keladi. ular ilmiy muammoni keltirib chiqaradi.
Ilmiy muammo nima? 
Muammo
arabcha masala, vazifa ma’nolarini 
ifodalaydi. 
«Muammo biz bilmagan narsa atrofida fikrni to‘plash, shu narsani 


bilishga urinish. Shuning uchun ham barcha fanlar bizning bilmaslik haqidagi 
bilimimizdan, muayyan narsani bilmasligimizdan boshlanadi».
95
Muammo ilmiy bilim tizimida bilib olinmagan va hal qilinishi mumkin 
bo‘lgan bilish shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror izlanish sohasiga oid 
yangi dalillarni to‘plagan, lekin bu dalillarni avvaldan mavjud eski bilimlar asosida 
izohlashi mumkin bo‘lmaganda, bu dalillar eski bilimlar tizimiga sig‘may, 
o‘zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug‘iladi. Muammoning 
tug‘ilishi va qo‘yilishi ilmiy tadqiqot jarayonining eng muhim tomonlaridan biridir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin