analitik falsafasi), intuitiv,
fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va
boshqa turlari ham mavjud. Endilikda turli metodlami birlashtirish jarayoni ham ro‘y
bermoqda (masalan, Gadamer germenevtikani rasional dialektika bilan
birlashtirishga harakat qiladi).
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish
natijalari ko ’p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va
boshqa subektiv omillar ga bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur fanlarda oddiy (dalillar va
hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish va ishtirokchilikka asoslangan ichdan
turib(bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va
hodisalami «ichdan» tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning
o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlaming ruhiy
kechinmalariga
kirib borish, ulaming ichki dunyosi-sezgilari, fikrlari,
xohish-
istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: