(eng avvalo, muhim, umumiy xossalami) ajratish jarayoni. Mazkur jarayon
natijasida har xil «mavhum predmetlar» olinadi. Bunda «mavhum predmetlar»
deganda alohida tushunchalar va kategoriyalar («rivojlanish», «qarama-qarshilik»,
«fikrlash» va b.) hamda ulaming tizimlari tushuniladi. Matematika, mantiq,
dialektika va falsafa eng rivojlangan tizimlardir.
Ko‘rib chiqilayotgan xossalaming qay biri muhim, qaysinisi ikkinchi darajali
ekanligini aniqlash mavhumlashtirishning bosh masalasidir. Mazkur masala har bir
muayyan holatda, eng avvalo, o’rganilayotgan predmetning tabiatiga, shuningdek,
tadqiqotning muayyan vazifalariga qarab hal qilinadi.
Umumlashtirish-predmetning umumiy xossa va belgilarini aniqlash jarayoni bo‘lib, mavhumlashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Bunda har qanday umumiy (abstrakt-umumiy) yoki muhim (muayyan umumiy, qonun) belgilar ajratilishi mumkin. Ideallashtirish-voqelikning tajribada prinsipial amalga oshirib bo ’Imaydigan, lekin real olamda ulaming timsoli bo ’Igan obektlarning tushunchalarini fikran shakllantirishni ifodalaydigan («nuqta», «ideal gaz», «mutlaqo qora jism» va sh.k.) tushuncha. Ideallashtirilgan obektlar, pirovard natijada, obektiv ashyolar, real jarayon va
hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi. Ideallashtirish yordamida
shakllangan tushunchalardan keyinchalik real obektning in’ikosi sifatida izlanishlar
olib borishda, mulohazalar yuritishda, real jarayonlaming mavhum sxemalarini
tuzishda foydalanish mumkin.Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud
mavhum bo‘ladi. Ilmiy, real ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan
farqlaydigan belgi shundan iboratki, unda hosil etilgan ideallashtirish obektlari,
shaxslar muayyan sharoitlarda ideallashtirilgan, ya’ni real obektlar atamalarini
ishlatib, talqin etish mumkin.