Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi - muayyan umumiy darajani o ’zida mujassamlashtirgan bo ’Isa, umumilmiy tushunchalarga ko ’proq umumiy mavxum (bir xil) daraja xoski, bu ulami mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning «falsaflyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir. Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari,
tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va
uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Strukturaviy-funsional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda ulaming strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari o ’rtasidagi barqaror munosabatlar va o ’zaro aloqalami hamda ularning bir-biriga nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi. Struktura-tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning tarkibiy
qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalaming birligini ifodalovchi falsafiy
tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir tarkibiy qismining «vazifasi» deb
tushuniladi (ma’lum biologik a’zo fimksiyalari, davlat funksiyalari, nazariyaning
funksiyalari va h.k.).
Strukturaviy-funsional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan sistemali
yondashuvning turi deb ham qaraladi) asosiy talab (jarayon)lari:
tizimli obektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish;
uning tarkibiy qismlarini va ulaming funsional xususiyatlarini tadqiq qilish;
v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ulaming fimksiyalaridagi o‘zgarishlami
tahlil qilish;
g) butun tizimli obektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish;
barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obektning barcha tarkibiy qismlariga shu
barqarorlikm saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida qarash.