1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi
Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard
natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod
gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa farazlardan xulosalar
chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida
chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud
nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning
iloji bo‘lmasa:
turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va
qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
farazlaming asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ulaming orasidan
haqiqatga eng yaqinini tanlab olish;
gipotezadan oqibatlami (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va
uning mazmuniga aniqlik kiritish;
gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlami tajribada tekshirish. Bu yerda
gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlaming
isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi.
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash
mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum boigan va tekshirilgan holatlaming
takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza
vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi
hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi.
Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham
ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi
gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.