Sistemali yondashuv-fanda turli obektlami sistemalar sifatida tadqiq etishni nazarda tutadigan metodologik tamoyil (talab)lar majmui. Mazkur talablarga quyidagilar kiradi: har bir elementning tizimdagi o‘mi va funksiyalariga bog‘liq- ligini aniqlash,
bunda butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig‘indisiga bog‘liq
bo‘lmasligini e’tiborga olish;
tizimning xulq-atvori uning alohida tarkibiy qismlari xususiyatlari hamda
uning tuzilishi xossalariga qay darajada bog‘liqligini tahlil qilish;
v) tizim bilan muhitning o‘zaro aloqalari mexanizmini tadqiq qilish;
g) mazkur tizimga xos bo‘lgan darajalilikning xususiyatini o‘rganish;
tizimni har tomonlama, ko‘p jihatli tavsiflashni ta’minlash;
tizimga dinamik rivojlanayotgan yaxlitlik deb qarash.
Sistemali yondashuv o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi murakkab obektlami
(ko‘pdarajali, iyerarxik, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi biologik, psixo- logik, sosial va
h.k. sistemalami) tadqiq etishda keng qo‘llaniladi. Sistemali yondashuvning muhim
xususiyati shundaki, faqat tadqiqot obektigina emas, balki tadqiqot jarayonining o‘zi
ham murakkab sistema sifatida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy vazifasi obekt turli
modellarini yaxlit qilib birlashtirishdir.
«0’z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yondashuvning muhim
tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar qat’iy emas,
balki ehtimoliy xususiyatga ega bo‘lgan murakkab, ochiq, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi
tizim (tirik hujayra, organizm, biologik populyasiya, odamlar jamoasi va sh.k.)ni
yaratish, rivojlantirish yoki takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi.
Hozirgi zamon fanida o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o‘z-o‘zini tashkil etish umumilmiy nazariyasi-sinergetikaning tadqiqot predmetini tashkil qiladi. Falsafa metodlari.