1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Modellashtirish-borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron obektning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Modellashtirish-borliqni bilvosita o‘rganish usuli. Biron obektning 
xususiyatlarini ularni o‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obektda qayta 
hosil qilishdir.
Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obekt bilan uning modeli 
o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini 
yengillashtiradi, obektning o‘mini bevosita tadqiq etish mumkin bo‘lmagan, qimmat 
bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo‘ladi. 
Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va 
modellashtirish qo‘llanayotgan sohaga bog‘liq. Modellaming xususiyatiga qarab 
moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy 
modellar tabiiy obektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar-fizika, 
mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida 
ifodalanadi. 
Muayyan obektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish 
original bilan bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan 
almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlaming modellari). 
Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar
tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. 


Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng 
tarqalgan. 
Ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsifla- nadigan 
ko‘plab tasodifiy omillaming ta’sir ini e’tiborga olishga asoslanadi.
Bu ko‘plab 
tasodiflaming umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l ochadigan zarurat (qonun)ni ochish 
imkonini beradi. Mazkur metodlar ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan 
ehtimollik nazariyasiga tayanadi. 
Ehtimollik-haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga yetarli asosi bo‘lmagan 
ilmiy hayotiy tushuncha. Ehtimollikning diapazoni-noldan (mumkin emaslikdan) 
birgacha (voqelikkacha). Mazkur metodlar dinamik va statistik qonunlami 
farqlashga asoslanadi. Bunda ular mazkur qonunlardan kelib chiqadigan 
bashoratlaming xususiyatiga tayanadi. Dinamik qonunlarda bashoratlar aniq 
belgilangan bir ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada). 
Statistik qonunlarda bashoratlar haqiqiy emas, balki ehtimoliy xususiyatga 
ega bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifiy omillaming ta’siri bilan belgilanadi. 
Ilmiy bilish tarixi ko‘rsatganidek, «biz zarurat va tasodif bilan bog‘liq barcha 
muammolaming ahamiyatiga endi-endi munosib baho bera boshlayapmiz». 
Ehtimoliy-statistik metodlar tasodifiy xususiyatga ega bo‘lgan ayrim 
hodisalami emas, balki ommaviy hodisalami o‘rganish (kvant mexanikasi, statistik 
fizika, sinergetika, sosiologiya va boshqa fanlar)da keng qo‘llaniladi. Bugimgi 
kunda fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p 
gapirilmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin