1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi
Formallashtirish-ma ’him mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikmi aniq
ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda obektlar haqidagi mulohazalar belgilar
(formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va
sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq.
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini
bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi qat’iy ma’noni
bildiradi.
Formallashtirish
algoritmlashtirish
va
hisoblash
moslamalarini
dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki
boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy
tillarning formulalari ustida amallami bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlami
keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi.
Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalami
ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi
ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish
timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo XX asrda ijod qilgan
avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim
aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora
chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq
to‘liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlaming rivojlanishi
(o‘zgarishi) hech qachon to‘xtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari
cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikmi hisoblash bilan
almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning
teoremalari ilmiy fikmi va umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin
emasligini mukammal isbotlab bergan.