1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Bevosita o ’Ichash bilan birga ilmiy eksperiment o ’tkazish jarayonida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Bevosita o ’Ichash bilan birga ilmiy eksperiment o ’tkazish jarayonida 
bilvosita o ’Ichash uslubi keng qo ’llanadi. Bilvosita o’Ichashda izlanayotgan 
kattalik dastlabki funsional bog‘liqlik bilan bog‘liq boshqa kattaliklami bevosita 
o ’Ichash asosida aniqlanadi.
Jism massasi va hajmining o‘lchangan qiymatlariga 
ko‘ra uning zichligi aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning 
o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va maydoniga 
ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa, obektiv reallik sharoitida bevosita o‘lchash 
mumkin bo‘lmaganida bilvosita o‘lchash uslubining roli katta. Masalan, har qanday 
kosmik obekt (tabiiy)ning massasi boshqa fizik kattaliklami o‘lchash ma’lumotlarini 
qo‘llashga asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi. 
Nazariy tadqiqot metodlari. 
Nazariy asoslangan va isbotlangan bilimlar 
majmui nazariy tiadqiqot metodlari orqali egallanadi. Quyidagilar nazariy 
tadqiqot metodlaridir:
 
Aksiomatik metod—ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim 
dastlabki qoidalar—aksiomalar qo ’yiladi va nazariyaning qolgan barcha g 


’oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo ’I bilan isbotlash orqali keltirib 
chiqariladi.
Aksiomalardan teoremalami (umuman, bir formuladan boshqa 
formulalami) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, 
aksiomatik metodda isbotlash- har biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan 
ma’lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalaming ma’lum ketma-
ketligi. Aksiomatik metod-olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. 
Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalash- tirilgan 
mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan holdagina qo‘llash 
mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan aytganda, 
«aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi bo‘Iishi mumkin, 
ammo u kashf etish metodi bo‘la olmaydi». 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin