1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Verifikatsiya tamoyili

mohiyat-e ’tibori bilan formal mantiqni yetarli 
asoslash tamoyilining o ’xshashi.
Uning asosiy mazmuni juda sodda-ilmiy bilim 
tizimiga kiritiladigan qoidalar asosiangan bo‘ lishi kerak. Ammo haqiqiy yoki 
asosiangan ilmiy bilimning umum e’tirof etilgan mezonlarini tanlash muammosi 
haqida bunday deyish mushkul. Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q. 
Mantiqiy pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar, 
qaydlarga bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday mezon bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Falsifikatsiya tamoyiIi-mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish orqali 
tekshirib ko ’rish imkoniyati mavjud bo ’Igan bilimgina ilmiy bilim bo‘lishi 
mumkin.
An’anaviy ilmiy bilimni soxta, mistik, ezoterik va boshqa shunga 
o‘xshagan ta’limotlardan ajratishda falsifikatsiya tamoyili, ayniqsa, katta samara 
beradi. Masalan, kimdir osmonda illyuminatorlaridan o‘zga sayyoraliklar qarab 
ketayotgan uchar likopni ko‘rdim deb aytsa, mazkur bilimni ilmiy nuqtai nazardan 
ko‘rib chiqish uchun uning yolg‘onligi yoki haqiqiyligini tanqidiy tekshirish 
imkoniyati (guvohlar, fotosurat, qayd etilgan radiosignallar va sh.k.) bo‘lishi kerak. 
Mazkur tamoyilni K. Popper ta’riflab bergan. Ammo uning asosiy g‘oyasi 
ozmi, ko‘pmi aniq darajada ilgari ham tadqiq qilingan edi. Masalan, F. Nitsshe 
«Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida» asarida: «Nazariyani inkor etish 
mumkin emasligi uning eng muhim jihatlaridan biridir. Aynan mana shu jihati bilan 
u eng nafis aql egalarini o‘ziga tortadi»
4
, deb yozadi. 
Reduksiya tamoyili-ma ’lum yaxlitlik, tizim, «murakkablikmi uning 
nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir.
Boshqacha qilib 
aytganda, 
reduksiya 
tamoyili-tadqiq 
qilinayotgan 
obektlar 
(yaxlitliklar, 
tizimlar)ning ma’lum integral xossalarini mazkur obektlaming tarkibiy qismlari 
orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz tabiatning ma’lum obektlarini, ijtimoiy 
tizimlami, ijtimoiy-tabiiy tizimlami ilmiy bilishga ko‘proq xos. Masalan, atomning 
ba’zi bir xossalarini uning yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik hujayraning 
xossalarini uning tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning xossalarini uni tashkil 
etgan ijtimoiy tabaqalar, iqtisodiyot, jug‘rofiy- siyosiy holatning xossalaridan 
keltirib chiqarish mumkin va h.k. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin