jumladan, yangi ilmiy bilimning shakllanish tarixidagi quyidagi epizodlar bilan
tushuntirish mumkin: «Kimyoviy birikmalaming tarkibi yuzasidan Prust bilan
Bertolle o‘rtasidagi bahs fan tarixida noto‘g‘ri qiyosiy xulosalar chiqarish zaminida
tug‘ilgan munozaralarga yorqin misol bo‘ladi. Prust karrali og‘irlik nisbatlarining
aniq namoyon bo‘lishi holatlarini umumlashtirib, kimyoviy birikmalar tarkibining
ma’lumligi to‘g‘risida xulosa chiqardi. Bunda u tarkibining ma’lumligi
deyarli
sezilmaydigan nisbatan murakkab kimyoviy birikmalarga tayandi. Bertolle esa
tarkibning noma’lumligi g‘oyasini himoya qildi. Ulaming har biri o‘z sohasida
o‘zicha haq edi. Ammo bahs ikki olim bir-birining sohasiga aralashishi natijasida
tug‘ildi. Prust o‘sha
davrda
(XIX asming
dastlabki o‘n yilliklarida) kuchayib
borayotgan nisbatan umumiy atomistik ta’limotga tayanganligi uchun mazkur
bahsda yutib chiqdi. XX asming boshida, issiqlik nurlanishi nazariyasidagi to‘lqinli
va korpuskulyar manzaralaming qarama- qarshiligi
esa mutlaqo teskari xotima
topdi. Bunga ham nisbatan umumiy konsepsiya-materiyaning korpuskulyar-to‘lqinli
dualizmi konsepsiyasi mavjudligi sabab bo‘ldi»
6
.
Paradigmalami yengish qoidasi - ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan
paradigmalar (namunalar, andozalar,
stereotip, sxema, dogma, talqin va fikrlash
uslublari)ni yengish qoidasi-ilmiy bilish faoliyatini mutlaqo yangini kashf etish
yo‘liga solishning hamda shakllangan konsepsiyalar
negizida yaratilgan yangi
g‘oyani qabul qilishning muhim omili.
Tafakkuming turg‘unligi hamda ilmiy hamjamiyatda yuzaga kelgan
«paradigmalar» munosabati bilan barcha yangi g‘oyalami inkor etish muammolari
T. Kunning «Ilmiy inqiloblar tuzilishi» asarida mufassal ko’rib chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: