Savollar va topshiriqlar:
1.
Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.?
2.
Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.?
3.
To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlami
keltirib chiqaradi?
4.
Bilishning rivojlanish jarayonida obektiv
tarzda yuzaga keladigan,
yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki
masalalar majmui nima deb ataladi?
5.
Predmetga va proseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga
doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1.
Shermuhammedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005
2.
Tulenov J, Valiyeva S. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”. T., 2020
Shermuxammedova N. «Filosofiya i metodologiya nauki» T., 2003y
3.
Saifnazarov I. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. T., 2004y
4.
Z.Davronov. Ilmiy ijod metologiyasi .T., 2006y
5.Saifnazarov I, Qosimov V, Nikitchenko G.“Fanning falsafiy masalalari”. T.,
2006y
6.V.P.Koxanovskiy. Filosofiya i metodologiya nauki- Moskva, 1999 yil
4- Mavzu: Magistrlik dessertasiyasi tadqiqot turi tadqiqot turi sifatida.
Ilmiy maqola tayyorlash tartibi
Ryeja:
1. Magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash
bosqichlari.
2. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
va uning tarkibiy qismlari
qo‘yiladigan talablar.
3. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish yuzasidan qo‘yiladigan talablar.
Dissertatsiya sarlavhasi (nomlanashi) imkoni boricha qisqa,
aniq va
dissertatsiya mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Dissertatsiya sarlavhasining qisqa,
lo‘nda ekanligi muammoning har tomonlama va chuqur
tadqiq etilganligidan
guvohlik beradi.
Shu boisdan ham doktorlik dissertatsiyalarining sarlavhasi 2-3 so‘zdan iborat
bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyalari xususiy muammolarni hal etishga qaratilgan
bo‘lib, ishning mohiyatiniaks ettira oladigan aniq
nom bilan atalishi maqsadga
muvofiqdir. Ba’zan dissertantlar o‘z ilmiy ishiga sarlavha qo‘yishda ishning butun
mazmuniin yoritishga, unga o‘lkashunoslik, xronologik
va boshqa aniqliklarni
kiritishga harakat qiladilarki, buning aslo keragi yo‘q.
Agar
tadqiqotchi
dissertatsiya
sarlavhasini
imkoni
boricha
konkretlashtirmoqchi va unda tadqiqotning muhim bir detalini aks ettirmoqchi
bo‘lsa, u holda qisqa sarlavha ostidan qavs ichida kichik sarlavha qo‘yishi mumkin.
Masalan “Fermerlik faoliyatining o‘sish rezervlari”(Farg‘ona viloyati misolida).
Dissertatsiya nomi ostidagi kichik sarlavha imkoni boricha qisqa bo‘lishi va
yangi sarlavhaga aylanib qolmasligi kerak.
Sarlavha yomon talqin qilinsa,
ko‘pqavatli so‘z qurilishi paydo bo‘lishi mumkin: sarlavha – kichik sarlavha – har
ikki nom uchun izoh. (doktorlik dissertatsiyalari katalogini ko‘rish kerak!).
Fikrimiz quruq bo‘lmasligi uchun quyidagi misolni keltirishimiz mumkin:
“Kimyoviy kuyishlar. Ularning davolashda vena ichiga novokain kiritish (himoyaga
asoslangan zavodlar sharoitida klinik eksperimental tadqiqotlar)”.
Dissertatsiyaga sarlavha qo‘yishda unga qandaydir formulalar kiritish
yaramaydi.
Shuningdek, dissertatsiyani nomlashda “Ayrim masalalari”, “Ayrim
masalalar tahlili” singari noaniq, mujmal iboralarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Dissertatsiyani nomlashda
shunday holatlar uchraydiki, dissertatsiyalar
“......... masalasiga doir” , “............ ga doir materiallar” , “............... tadqiqoti” ,
“.............ni o‘rganishga doir” singari sarlavha qo‘yish bilan o‘zlarini qiynamaslikka
harakat qiladilar va bir xil andozadagi sarlavha bilan cheklanadilar.
Ayrim mualliflar dissertatsiyaga qisqa va lo‘nda nom qo‘yish,
lekin
tadqiqotning o‘ziga xosligini ta’kidlash uchun “tadqiqot” , “metod” so‘zlariga
qandaydir aniqlovchi so‘z kiritadilar. Masalan: “Elektrokimyoviy tadqiqotlar....”,
“....... jadallashtirish metodi” va h.o.
Dostları ilə paylaş: