1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Muammoli vaziyatni 
belgilash flkrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning 
boshlang‘ich asosi hisoblanadi.
0’rganilayotgan maqsad- larda kerakli axborotning 
va insonning bilimlari tegishli ma’lumotlar olishga etishmasligi vaziyatning 
noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi o‘z maqsadiga 
yetaklovchi ko‘plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda u mazkur muqobil 
g‘oyalaming ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi eng adekvatrog‘ini 
tanlashi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham yangi g‘oyalaming muqobilini tanlashga 
doir fikrlash amallari muammo tushunchasining fimsional vazifalarining mohiyatini 
tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining o‘ziga xos xossalaridan biri 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi har xil omillar bilan belgilanadi. 
Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga ega bo‘lgan mavjud nazariy bilim 
yordamida tavsiflash mumkin bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda muammoli 
vaziyat ko‘p jihatdan bizga hali aniq bo‘lmagan obektiv mavjud hodisalar ta’sirida 
yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan mavjud nazariy dastumi 
rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Muammoli vaziyat shaklan subektiv, biroq mazmuniga ko‘ra obektivdir. 
Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperi- mentlaming empirik bilimlar - 
dalillar va qonunlar shaklida ifodala- nuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini 
topgan nazariy bilimlaming birikuvi ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha 
muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan 
o‘zini namoyon etadi. Uni moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish jarayoni, 
shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va 
jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni echishdan manfaatdorligi 
tayyorlaydi. Muammoli vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy 
muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning 
olinishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. 
Muammoli vaziyatda olimning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi: uning 
kasbiy tayyorgarlik darajasi, muammoda mo‘ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha 
qarashlardan uzoqlasha olishi, zehnining o‘tkirligi va hokazolar ayniqsa yorqin 
namoyon bo‘ladi. 


Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalami 
ham o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va 
unda olimning intuisiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi. 
Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning obekt 
haqidagi bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo‘lib, «salbiy» natijalar olinadi, 
amaliyot yangi muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan 
mustaqillikka, o‘z rivojlanishining ichki mantiqiga, o‘z ichki qarama-qarshiliklariga 
ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlami yuzaga keltirishini unutmaslik 
lozim. Bunday holatga fanning ko‘pgina sohalari: matematika, nazariy fizika va 
hokazolarda duch kelish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin