umumlashtirish, induksiya, deduksiya va boshqalar, shuningdek,
kuzatish,
eksperiment, modellashtirish, ideallashtirish kabi metodlar kiradi.
Muammolar kabi, metodlami ham haqiqiylik yoki soxtalik nuqtai nazaridan
baholash mumkin emas. Metod yaxshi yoki yomon bo‘lishi, muayyan muammoni
yechish imkoniyatini berishi yoki bermasligi mumkin, lekin barcha hollarda u
haqiqiy ham, soxta ham emas. Ba’zan biron-bir metodni «haqiqiy» deb nomlashlari
mumkin, lekin bu faqat mazkur metod haqiqatning tagiga yetishni ta’minlashini,
ya’ni muayyan muammoni yechishning «yaxshi», samarali vositasi hisoblanishini
anglatadi. Xuddi shuningdek, biron-bir metodga nisbatan ishlatilgan «soxtalik»
tushunchasi ham faqat metod mazkur muammoni yechishga yaroqli emasligi, ya’ni
«yomon», samarasiz ekanligini anglatishi mumkin.
Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi:
mavjud
nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mu’stahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u
bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq
boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar
yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar
olish manbaiga aylanadi.
Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa -
ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlaming muayyan ilmiy
bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ulaming o‘zaro nisbati nazariy bilimga
xos bo‘lgan shakllaming izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy
bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar,
kategoriyalar, paradigmalardir.
Dostları ilə paylaş: