1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

o‘zi qay darajada to‘g‘ri 
tuzilgan va ta ’riflanganligirfi baholashni nazarda tutadl
Muammo to‘g‘ri 
qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun:
o’rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan 
ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi; 
muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 
muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta boMmasligi; 
muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 
echimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi; 
maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari 
haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim. 
Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z yechimini 
topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida 
echilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida 
yechilmay kelgan), ayrim muammolar o‘z yechimini topmaydi (masalan, aylana 
kvadraturasi, burchak triseksiyasi va kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi 
bir muammolar esa olimlaming almashayotgan avlodlari diqqat markazidan 
butunlay yo‘qoladi. 
Ilmiy muammo boshqa muammo! ardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: 
U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo‘naltiradi. 
Yangi bilim olishga qarab mo‘ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari 
intiladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, «dunyoning birinchi materiyasi nima?», «obekt 
nima?», «harakat nima?», «aql nima?» qabilidagi olamshumul muammolar ayrim 
fanlaming chegaralarinigina belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki 
bosqichi hisoblanmaydi. 
0’z-o‘zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Ilmiy 
muammolar qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy 
asoslar negizida qo‘yiladi va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy 
metodlar yordamida o‘rganiladi. 
Teran, samarali echimini topadigan muammolarni yaratishning umumiy 
metodi mavjud emas. Shunga qaramay, fan tarixi ko‘pgina hollarda teran ilmiy va 
samarali muammolar quyidagi to‘rt mo‘ljalni ro‘yobga chiqarish paytida yuzaga 
kelganligidan dalolat beradi: 
ilgari qo‘yilgan muammolarning taklif qilinayotgan yechimlariga, hatto bu 
echimlar bir qarashda shak-shubhasiz bo‘lib ko‘rinsa ham, tanqidiy yondashish 


lozim; har qanday holatda ham ayrim kamchiliklami topish yoki hech bo‘lmasa 
topilgan yechimni umumlashtirish ayrim holatga tatbiqan muayyanlashtirish 
mumkin; 
yangi holatlarga nisbatan ma’lum yechimlami tatbiq etish, ulaming yaroqli 
yoki yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning echimi o‘z kuchini saqlab 
qolsa, buning natijasida nafaqat yechimlar, balki muammolar ham umumlashtiriladi, 
agar yechim yaroqsiz bo‘lsa, muammo laming yangi majmui yuzaga keladi; 
ma’lum muammolarni yangi sohalarga ko‘chirish yoki unga yana bir 
ko‘rsatkich kiritish yo‘li bilan ulami umumlashtirishga harakat qilish lozim; 
muammoning mavjudligini bilimning boshqa sohalaridagi bilimlar bilan 
bog‘lash, muammolarni kompleks o‘rganishga harakat qilish kerak. 
Umuman olganda, muammolarni tanlash ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, bu 
yerda metodikadan ham ko‘ra ko‘proq intuisiya va tajriba ish beradi. 
Ilmiy muammo, didaktik tizim kabi, bilimlar va faoliyat usullarini ijodiy 
o‘zlashtirish qonuniyatlariga asoslanadi, u bilish va amaliy faoliyat jarayonida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy tafakkumi rivojlantirishning samarali 
vositalaridan biridir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin