haqidagi bilimningto‘liq emasligi soxta muammolar tug‘dirishi mumkin (masalan,
«mangu dvigatel» muammosi).
Shunday qilib, muammo - bilish jarayonining rivojlanishi mobaynida obektiv
tarzda
yuzaga keluvchi, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga
ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir.
Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va
o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni
bartaraf etish imkonini
bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda
muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillami mavjud
bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir.
Ilmiy
kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan
o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: