5- mavzu: Pedagogik tadqiqotlarda ijodning namoyon bo‘lishi
Reja
:
1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida.
2. Ilmiy ijodning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlari
Tayanch so‘zlar:
Ij odning asosiy xossalari. Ilmiy ij odning ama l
qilish mexanizmlari. Aqlning ijodiy faolligi imkoniyatlari. Iloxi y
ijodkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Daxolikning tabiati.
1.Ilmiy ijodning evristik xarakteri olimlar talqinida.
Ijodning maxsus shakli bo‘lgan ilmiy tadqiqot masalasi o‘ziga xos
metodologik xarakterga ega. Uning asosiy vazifasi subektning borliqni, hodisalami
bilishida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy ijod fanda evristik xarakterga
ega. Darhaqiqat, ilmiy-tadqiqot faoliyati deganda subektning obektga faol, izchil
ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir jarayonida inson o‘zini qurshab turgan muhitni
o‘zgartiradi, shu paytgacha yo ko‘rilmagan, anglanilmagan, o‘rganilmagan, g‘aroyib
va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ayni shu ma’noda faoliyat deganda
kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti bo‘lib, dunyoni o‘zining maqsadiga
ko‘ra o‘zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakati tushuniladi. Ilmiy-ijodiy faoliyat
- bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlami anglab yetishga doimiy ravishda
tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishidir. Yangi
narsalami ixtiro etishga bo‘lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon
etadi.
V.A.Engelgardt fikricha, «Ijod... - san’atning mohiyati. U xuddi shu darajada
fanning ham mohiyatidir. Har ikki holatda insonning yaratish, ya’ni o‘zligini
namoyon qilish qobiliyati muhim. Ilmiy kashfiyot, xuddi san’at kabi, ijodkoming
muayyan xususiyatlarini o‘zida saqlab qoladi va keyingi hayoti davomida butun
insoniyat boyligiga aylanadi»
1
. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, ilmiy kashfiyot
ham inson ijodining mahsuli sifatida inson qanchalik nozik, qanchalik asosli,
qanchalik go‘zal bo‘lsa, shunga qarab o‘zgarib boradi. Biroq ilmiy ijod bilan badiiy
ijod bir- biridan farq qiluvchi xususiyatga ega. Masalan, badiiy ijod insonning
hayotiy tajribasini tasvirlasa, ilmiy ijodda tabiatni bilish va uni o‘zgartirish tajribasi
obektivlik tamoyili asosida umumlashadi. Buni biz F.Bekon ijodida kuzatishimiz
mumkin. Darhaqiqat, ilmiy ijoddagi bunday o‘zgarish ketma-ketlik xususiyatiga
ega. Shuning uchun ham N.A.Shermuhamedova «...fandagi uzluklilik ijodiy jarayon
va oldingidan mutlaqo farq qiluvchi yangi bilimning paydo bo‘lishida namoyon
bo‘ladi»"’, deb yozadi.
L.A.Grevsova «Ijodiy jarayon barcha botiniy kuchlar oliy darajada jamlangan
lahzada vujudga keladigan nogahoniy «bashorat» tarzida tushuniladi. Shuning
uchun ham Platon ijodning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi.
Xudo insonni yaratib, uning o‘ziga o‘xshashini istasa, inson ham o‘z ijodi
mahsulining o‘ziga o‘xshash bo‘lishini xohlaydi»
12
Darhaqiqat, fan tarixida ijod
12
Энгельгардт В.А. Познание явлений жизни. (Сер. Наука, мировоззрение, жизнь) - М.: Наука, 1985.-276 с.
muammosi o‘zining antik xususiyati bilan alohida ajralib turgan. Bu davrda ijod ikki
shaklda namoyon bo‘ladi. Bunda birinchidan, ijodga ilohiylik, ya’ni kosmosning
tug‘ilishi(yaratilishi) sifatida baho berilgan bo‘Isa, ikkinchidan unga inson mehnat
faoliyati natijasi, deb qarash shakllangan.
Platon ilohiy ijod asosida «Demiurg» dunyoni aql va tafakkurga monand
ravishda yaratganligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, «demiurg» moddiy
narsalaming ijodkori. Biz uni hissiyot orqali emas, balki aql orqali bilishimiz
mumkin, deb ta’kidlasa-da, ijodiy jarayonni Platon idealistik ma’noda tushunadi,
chunki u badiiy ilhomni bilish jarayoniga qarama-qarshi qo‘yadi. Shuning uchun
ham Platon «Musawiming ilhomi aqldan yiroq, aqlga qarshidir»
13
, deb yozadi.
Ijodiy jarayonni Platon «ruhlanish» va «ilohiy kuch» atamalari orqali asoslashga
intiladi. Platon fikricha, «Shoir san’ati va bilimi bilan ijod qilmay, balki ilohiy
quvvatdan ijod qiladi»
1
. Shunday qilib, faylasuf shoirona ijodni mistik nazariya
orqali rivojlantiradi. Bu nzariyaga binoan musawir bexosdan (beixtiyor) telbaga
o‘xshab ijod qiladi. Bu ijodiy akt o‘z-o‘zicha aqldan yiroq xarakterga ega. Musawir
va shoir o‘zlari nima qilayotganlarini bilmay ijod qiladilar. Shuning uchun ham
mutafakkir «Haqiqiy ijod ilohiyliksiz bo‘lmaydi»
14
, degan xulosaga keladi.
Aristotel esa «Inson dunyoning eng yaxshi ijodidir» degan g‘oyani ilgari
suradi. Shuningdek, u o‘zining «Poyetika» asarida badiiy ijodning me’yoriy
qonunlarini falsafiy jihatdan tahlil qiladi. Aristotel san’atning borliqdagi
imkoniyatini faol, ijodiy yuksak badiiy mahorat bilan ifodalashda ko‘radi. Uning
fikricha, «San’atning vazifasi voqelikni mexanistik tarzda qayta tiklamay, balki uni
ijodiy aks ettirishdan iborat»
15
.
Aristotelning fikricha, ijodiy jarayon insonning subektiv faoiiyati bilan
bevosita bog‘liqdir. Shu ma’noda, ijodiy jarayonni aql yordamida ham bilish,
anglash mumkindir. Bunday munosabat Abu Nasr Forobiy qarashlarida ham
uchraydi. Alloma fikricha, «Inson mohiyati aqlda namoyon bo‘ladi»
16
. Bizning
nazarimizda, falsafada aql g‘oyasining paydo bo‘lishi - insoniyat tafakkur tarixidagi
eng muhim hodisadir. Darhaqiqat, borliq va yo‘qlikni, haqiqat va fikr dunyosini bir-
biridan ajratish aqliy tajribani nazorat qilish imkoniyatini beradi. U shuningdek,
voqelikdan ijodiy xayolni ajratishga, yashirin narsalami muhokamaga olib chiqishga
imkon beradi.
Antik davrda ijodga haqiqiy bilim, mangu va o‘zgarmas borliq mahsuli deb
qaralgan. 0’rta asrlarda ijod o‘zgacha talqin qilingan. Binobarin, biz unda ikki
tendensiya kesishib o‘tganligiga guvoh bo‘lamiz. Bulardan birinchisi, teistik,
qadimgi yahudiy dinidan kelib chiquvchi yondashuv bo ’Isa, ikkinchisi, panteistik-
antik falsafa g‘oyalaridan kelib chiquvchi yondashuvdir. Bu davrda birinchidan,
Xudoni subekt sifatida tushunish bilan bog‘liq, ya’ni dunyoni mangu namuna
bo‘yicha emas, mutlaqo erkin tarzda yaratish uni ijodiy faoliyatga daxldor deb
qaralgan. Jumladan, Avgustin «Agar Xudo, «o‘z narsasi»dan o‘zining ijodkorlik
13
Платон. Диалоги: сборник / Платон; Пер. с древнегреч. Сосг., ред. и авт. вступ. ст. А.Ф.Лосев; Авт.
примеч. А.А.Тахо-Годи. - Москва : Мысль, 1998. - 607 с.
14
Платон. Избранные диалоги. M.: Художественная литература, 1965. С. 161.
15
Аристотель. Сочинения: В 4 т. Т. 4. - М.: Мысль, 1983. С. 376-644.
16
Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993.- 105-b.
kuchini olib qo‘ysa, u narsa ilgari mavjud bo‘lmagandek, yaratilmay qoladi»
1
, deb
yozadi.
Uyg‘onish davrida ilmiy ijod badiiy ijoddek ta’rif va tasnif etilgan. Aynan
Uyg‘onish davrida ijodning individual xarakteriga alohida e’tibor qaratilgan, ijodiy
jarayonda qobiliyatning o‘mi va uning namoyon bo‘lishi ustuvor ahamiyat kasb
qilgan. Natijada ijodning talqinida islohotchilik (reformasion) yondashuvi
shakllangan. Yangi davrda ijodning olamni estetik idrok qilish darajasi emas,
faoliyat bilan bog‘liq jihatlari namoyon bo‘lgan.
Markaziy Osiyo mutafakkiri Abu Nasr Forobiy kuchga ega bo‘lmagan
o‘ninchi aql o‘z navbatida yagona aql va yagona ruhni ijod qilishini ta’kidlab o‘tadi.
Mutafakkir har ilm va aytilgan gap, sodir bo‘lgan narsa va yog‘du farishtadandir,
deb biladi. Shuning uchun insoniy aql kuch-quwat jihatdan o‘zida farishta tabiatiga
egadir. Ikki tomonlama vaziyat, ya’ni amaliy va nazariy aql vositasida ikki xil
«surat»ga ega bo‘lgan insoniy aql «yerdagi farishtalar», deb ataladi. Ruhlar
taqdirining siri bundan boshqa narsa emas. Nazariy aql to‘rt taraflama holat
vositasida farishta aqli bilan yoki faol aql bilan qo‘shiladiki, uni muqaddas aql, deb
ataydilar. Muqaddas aql o‘zining eng oliy bosqichida o‘sha mumtoz payg‘ambarlik
aqlidir
17
. Darhaqiqat, Forobiyning bu fikrida ijod manbai aql ekanligiga ishoradir.
Chunki Alloh faqat insonga ato etgan aqldan ijodiy foydalanish bir tomondan
shaxsni ma’naviy-ruhiy kamolotga undasa, ikkinchi tomondan uning ijodi natijalari
jamiyat rivojiga ham ta’sir qiladi.
Ibn Arabiyning ta ’kidlashicha, oqilona bilim inson tanasini boshqaruvchi
bo‘lib, i ongli mavjudotning dunyo haqidagi muqarrar bilimini shakllantirishda
muhim unsur hisoblanad?. O‘z davrida alloma insonning ijodiy faoliyatidagi
mukammallik «boshlang
18
ich nuqta»dan tortib «pirovard nuqta»gacha bo‘lgan
bilimlami anglash ekanligini asoslashga harakat qilgan.
Al-Xorazmiy ijodiy faoliyatning obektiv asoslari haqida to‘xtalib, uning
muhim rasional manbai sifatida matematik tushunchalami keltirib o‘tadi. Shuning
uchun ham alloma matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki obektiv
damning ma’lum tomonlarini, ashyolar o‘rtasidagi munosabatlaming in’ikosi, deb
talqin etadi
4
.
Al-Xorazmiy ijodning metafizik tomonlarini ham tahlil qiladi. Uning fikricha,
aynan ijod insonni borliqning boshqa rejimiga’tushiradi. Bu ayniqsa, inson sevsa,
maqsadini aniq bilsa, e’tiqodga kuchli muhtoj- lik sezsa va e’tiqod qilishni
boshlasagina amalga oshadi. Bizning nazari- mizda, aynan mana shu jarayon inson
borlig‘ining ijodkorlik ruhini bel- gilaydi. Ijod qilish orqali biz o‘zligimizni
anglaymiz, haqiqiy erkinlikni his qilamiz. Lekin bunday holat kamdan-kam
uchraydi. Chunki ijod ayni shu murakkabligi va takrorlanmasligi bilan alohida
ajralib turadi.
Ibn Sino «Risolaye Hay ibn Yaqzon» («Yaqzon o‘g‘li Hay, ya’ni Tirik o‘g‘li
Hayot haqida risola»)da insonning ijodiy imkoniyatlari quyidagicha izohlanadi:
Inson o‘zining bilish va ijodiy qobiliyatini to‘la ishga solib, atrofidagi his-tuyg‘u
17
Ибн Араби. Мекканские откровения. -M.: Бейрут, 1989. - 105 .
18
Qarang: Ал-Хоразми Мухаммад ибн Муса. Математические трактати. - Т.: «Фан», 1983. - 225 .
uyg‘otuvchi dunyoni mustaqil ravishda tajriba vositasida bila oladi
1
. O‘zining bu
fikri bilan Ibn Sino ijodni insonning borliqni anglash, o‘zgartirish, takomillashtirish,
o‘zidagi intellektual kuch ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Ibn Rushd esa, Arastuning ijodning mantiqiy asoslari haqidagi fikrini
sharhlash bilan bir qatorda ijod jarayoni xudo emanatsiyasi tufayli yuzaga kelishi va
uning asosida material va shaklning birligi alohida o‘rin egallashini asoslashga
harakat qiladi
Yangi davrda ijodga nisbatan ikki nuqtai nazar shakllanadi: panteistik va
intuitiv. Panteistik an’anaga asosan ijod bu ilohiyot yoki borliq tajallisi bo‘lib, uning
nurlari inson qalbi va ruhiyatiga singib ketgandir. Ijod-individual va obektiv
asoslarga ega bo‘lgan intuitiv faoliyat mahsuli, degan fikr intuitiv yondashuvning
ifodasidir.
Nemis mumtoz ilmida ijod masalasi o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etgan.
Jumladan, Fixte inson ijod jarayonida ikki xil voqelikning, bir tomondan, o‘z-o‘zini
ma’naviy yaratadigan va ikkinchi tomondan, ongning ijodiy faoliyati jarayonida
vujudga keladigan voqelikning mohiyatini bilish mumkinligini qayd etadi. Ayni shu
ma’noda, Fixte «Fan insonni ozodlik va ijodiy erkinlikka undaydi»
19
, deb yozadi.
Shuningdek, bu jarayonda «dunyoviy ruh»ning ijodiy aktivligi belgilovchi rol
o‘ynashini alohida ta’kidlab o‘tadi.
Gegel ongni mutloqlashtirganligi sababli, muqarrar ravishda tushunchani ham
ilohiylashtiradi. Gegel ta’limotiga ko‘ra, «Nag qanday hayotning ibtidosi», «o‘z
ichiga barcha mazmunni to‘laligicha joylagan, cheksiz, ijodiy shakldir»
1
. Ongoing
faollik jihati va kishilaming barcha o‘ylagan, maqsadga muvofiq amaliy faoliyati
dunyoni o‘zgartirishga qodir bo‘lsa ham, Gegel tomonidan ijod qilish, «mutloq
g‘oya»ning o‘z- o‘zini bilishi sifatida idealistik talqin qilinadi. Biroq mutafakkir
insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi,
qobiliyatlarini namoyon etishga, ijod etishga urinishi uning ma’naviy ehtiyojidan
kelib chiqishini inkor etmaydi. Gegel ijodiy faoliyat subekti sifatida shaxsni tan
oladi. Uning fikricha, «Ijod mushohada qilish qobiliyati, tasawuming samarali va
reflektiv faoliyati bo‘lsa amalga oshadi»
20
. Shuningdek, Gegel ijodni o‘z-o‘zini
rivojlantirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqadi. O‘z navbatida ijodiy faoliyat negizida
qarama-qarshiiik yotishini isbotlashga harakat qiladi. Gegeldan farqli ravishda
A.Bergson ijodiy faoliyatni intuitiv, hissiy jihatdan kelib chiqqan holda izohlab,
«Tabiat evolyusiyasi doimo yangilikning tug‘ilishidan iborat, ya’ni ijod birdan
paydo bo‘ladigan va oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayondir»
21
degan xulosaga
keladi.
Inson ongida faqatgina tafakkuming natijasi - intuitiv darajada adekvatlik
sifatida anglangan, topilgan yechim namoyon bo‘ladi, jarayonning borishi esa kadr
ortida qoladi. Shuning uchun, ilmiy kashfiyotlar dafatan va kutilmagan vaziyatlarda
(insayt holatida) sodir bo‘ladi: vannada (Arximed), olma daraxti tagida (Nyuton),
19
Фихте И.Г. Наставления к блаженной жизни. О сущности ученого и ее явлениях в области свободы.
Философия масонства, письма к Констану. - М.: Канон, 1997. - 400 с.
20
Гегель Г.В.Ф. Лекции по истории философии. Книги 1- 3 (Изд-е второе, стереотипное) серия: Слово о
сущем. - СПб.: Наука СПб, 2006. - 347 с.
21
Бергсон А. Творческая эволюция. - М., 1998.
kirakash izvoshning zinapoyachasida (Puankare), tushda (Mendeleyev va Kukul) va
h.k
Shelling fikricha, ijodga sirlilik xos: «Yozuvchilar, shoirlar, musawirlar ijod
jarayoni qanday ro‘y berishini tushuntirib bera olishmaydi va bu bilan faxrlanishadi
ham. Xuddi o‘sha mutloq aql - Xudoning xohishi va ruhi yordamida ijod jarayoni
ong nazoratidan qutuladi. Natijada «ilhom parisi» deb ataladigan sirli, ongsiz ijodiy
kuch ruh uchun badiiy yaratuvchilik vazifasini bajarishga kirishadi»
22
. Demak, «Aql
ijodkor kuch emas, u asosan uyg‘unlashtiruvchi, nazorat qiluvchi kuchdir. Hattoki
eng sof mantiqiy sohada ham aynan insayt birinchi bo‘lib yangi bilimni kashf etadi»
1
. Ayni shu ma’noda, B.Paskal, A.Puankare, J.Adamar, D.Mendeleyev,
V.Vemadskiy, A.Bexterev, A.Eynshteyn, V. Geyzenberg, B.Rassel va boshqa
olimlar ilmiy ijod, kashfiyot mantiqiy tafakkur jarayonida emas, balki aynan
mantiqiy tafakkur ishtirok etmagan, ya’ni «insayt» holatida sodir bo‘lishi o‘z
boshlaridan kechirgan dalil ekanini tan olganlar
23
.
Nisshe «Ijod bu kasbiy ma’noda emas, balki hayotiy ma’noda odam - o‘zining
hayotini o‘ylab olib boradigan, o‘z ishiga go‘zallik va mahorat berishga intilgan,
hayvoniy ehtiyoj va hayvoniy egoizmdan yuqori bo‘lishga intilish jarayonidir»
24
deb
yozadi. Shuning uchun ham mutafakkir, boshqa odamlarda hayvon va odamiy holat
o‘rtasidagi chegara juda nisbiy ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi. Demak,
ijod bu «yaratish», «uyg‘onish», «hushiga kelish» va shu holatda, qancha uzoq
bo‘lsa shuncha yaqin qolish demakdir. Afsuski, hozirda ko‘pgina insonlar o‘z
vaqtining ko‘p qismini deyarli reflektor ravishda avtomatik rejimda o‘tkazadi, ya’ni
ishga boradi, hayotini yaxshilaydi, o‘z hayotini fikrlashning shakllangan
stereotiplariga bo‘ysundirib o‘tkazadi. Ayni damda u ba’zan o‘zining ijodiy
qobiliyatini anglamaydi ham. Aynan shuning uchun ham bunday insonlarda ertami
kechmi hayotining absurd chizgilari paydo bo‘lishiga olib keladigan darajadagi
zerikish, hayotning ma’nosizligi haqida tasawurlar shakllanadi, balki hayotga
muhabbati ortadi.
M.Abdullayeva, G.Pokachalovlarning e’tirof etishicha, fandagi ijod 0’zining
mazmuni va mundarijasiga ko‘ra, san’at va h.k. sohalardagi ijoddan farqlanadi.
Biroq ular o‘zaro umumiy jihatlarga ham ega. Bu esa ulardagi «psixologik
jarayonning bir xil» ekanida ko‘rinadi. Har ikkala ijod shaklini mehnatdan zavq
olish (Platon nuqtai nazaridagi «ekstaz») va ilhomlanish farqlab turadi
25
.
Dostları ilə paylaş: |