1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


 Ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

3. Ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlari. 
Ijodning asosiy manbai va subekti ijodkor shaxs hisoblanadi. Ijodkor shaxs 
esa asosan quyidagi xislatlari bilan alohida ajralib turadi: 
Perseptiv xususiyatlar (g‘aroyib ma’no-mazmunga ega bo‘lgan diqqatning 
jamlanishi, ta’sirchanlik, ko‘ngilchanlik), intellektual xususiyatlar (intuisiya, 
fantaziya, o‘ylab chiqarish, oldindan ko‘rish qobiliyati, keng dunyoqarash), 
xarakterli xususiyatlar (bir qolipda ishla- maslik, originallik, qunt, yuqori darajadagi 
o‘z-o‘zini tashkillashtirish va mehnatga layoqatlilik); 
Bilish motivatsiyasining dominantli o ’mi, tadqiqiy ijodiy faollik, subektning 
yangilikni topishga bo ’Igan qobiliyatida va muammolarni echishdagi o ’ziga 
xoslikda namoyon bo ’ladi. Masalan, original echimlami topish va prognozlash 
ehtimolligi, yuqori baholami ta’minlaydigan estetik, axloqiy va intellektual idealiar 
etalonlarini yaratish qobiliyati va boshqalar shular jumlasidandir; 
O‘zida aqliy va motivasion omillarni integratsiya qiluvchi intellektual faollik; 
Muammoni topishdagi zukkolik, mulohazalarning uzun zanjirini yaxlitlash 
qobiliyati, «chetdan qarash»ga layoqatlilik, ta’sirlanishning maqsadliligi, xotiraning 
tayyorligi, fikrlash egiluvchanligi, baholash qobiliyati, g‘oyalarni hayotga oson 
tatbiq qilish, qo‘shimcha ishlanma berishga layoqat, osongina yaxlitlash, yumor 
hissining mavjudligi; 
36
Qarang: Azizqulov A.A. Ilmiy ijodiyotda ratsionallik va noratsionallik: konseptual tahliliy yondashuvlar: Dis. ... 
Fal. fan. nom.; O‘zR Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat un-ti. - 
Samarqand, 2007. - 146-b. 


Yuqori ijodiy qobiliyat va motivasion-ijodiy faollikning organik birligi; 
Oddiy hodisalar doirasidan chiquvchi, ammo tabiat qonunlariga zid bo 
’Imagan harakatlarni amalga oshirish, kelajakda bo ’ladigan narsani his qilish, boy 
fantaziya va intuisiya, yangilik va noyob narsalarga katta qiziqish; Mustaqillik, 
tavakkal qilishga moyillik, faollik, qiziquvchanlik, mavjud narsaga qoniqmaslik, 
qaror qabul qilishga tayyorgarlik, e ’tirof etilishga intilish, ichki motivatsiya, o 
’sishga tayyorlik; 
Olamdagi narsa va hodisalar tabiatidagi muqobilliklarni ko ’ra bilish va 
shakllantirish, fantaziyani ifodalay olish, savol bera olish va yuzaki izohlardan 
qochish, qunt, mustaqil pozisiya, tavakkalga tayyorgarlik, o‘rganilayotgan 
muammoga katta qiziqish; 
O ’z-o ’zini shakllantirish, yuksaltirishga intilish, qilayotgan ishini burch deb 
bilish, shaxsning autentikligi, o‘z kuchiga ishonch, yuqori darajadagi tanqidiylik va 
refleksiya. 
Agar odam o’zini ijodiy fikrlashga majbur qilishning yo‘lini bilganda hamma 
daho bo ’lar edi. Ayni shu ma’noda, biz ijodni buyuk topishmoq va shu bilan birga 
buyuk baxt deyishimiz mumkin. Ehtimol har bir odam o‘zining ijodiy faoliyati 
orqali ijodning turli qirralarini aks ettirishi va takomillashtirib borib biron-bir unga 
aloqador yangi g‘oyalami shakllantirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Biroq ijod makon va vaqtga nisbiy bog‘langani uchun ham uning to‘xtab qolish 
holatini va ma’lum bir makonda shakllanib qolmasligini ham ko‘rishimiz mumkin. 
Bunga misol sifatida biz Sharq va Gʻarb ilmiy tafakkur taraqqiyotini keltirishmiz 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, mazkur hududlardagi shakllangan g‘oyalaming 
o‘zaro bir-biriga ko‘rsatgan ta’sirini Osiyosentrizm yoki Yevropasentrizm vakili 
ham mutloqo inkor eta olmaydi. Shu ma’noda, ijod dinamikasi umumbashariy 
xarakterga ega. 
Ijtimoiy ongda yangiliklaming yagona manbasi individual ongdir. Ijod 
odamlaming ongli faoliyatining ifodalanishi bo‘lib, insonning shaxsiy borlig‘i 
shaklini tashkil qiladi. Ijod insonning obektiv va subektiv ro‘yolikni o‘zgartiruvchi 
faoliyatidir. Shuning uchun ham A.M.Korshunov «Ijod bu subektning obekt bilan 
faol o‘zaro harakatidir. Bu jarayonda subekt maqsadga yo‘naltirilgan holda atrof- 
olamni o‘zgartirib, obektiv qonuniyatlar talabiga ko‘ra yangi, ijtimoiy ahamiyatdagi 
olamni yaratadi. Atrof-olamga ta’sir qilib, subekt o‘z- o‘zini ham 0’zgartiradi»
37

deb yozadi. Bu fikri bilan faylasuf ijod amaliy faoliyat shakli sifatida namoyon 
bo‘lishiga alohida urg‘u beradi. Biroq nazarimizda, ijodni ekzistensial faollik bilan 
nisbatlash, uni subekt- obektli shaklidan farqli bo‘lgan fikriy harakatlar orqali 
amalga oshiriluvchi, eng istiqbolli qurilma hisoblanadi. Chunki ijodning 
chuqurtalqini ma’noning yaratilishi bilan bog‘liqdir, ya’ni ijod jarayoni qandaydir 
ideal borliq bilan bog‘lanadi. 
Ilmiy-tadqiqot faoliyatining amal qilish xususiyatlari quyidagilarda namoyon 
bo ’ladi: 
37
Коршунов A.M., Мангатов B.B. Диалектика социального познания. - М.: Политиздат, 1988. - 383 с. 
95 


ilmiy tadqiqot faoliyatida moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish sifatida 
namoyon bo ’ladigan aksiologik jihatda. Ijodiy faoliyatning yangi, ilgari mavjud bo 
’Imagan bilimlami ochish ma ’nosidagi evristik jihatda; 
ilmiy tadqiqot faoliyatda insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishi va o ’z-o ’zini 
rivojlantirishi sifatida namoyon bo ’ladigan gumanistik jihatlar ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ijodning asosiy omili erkin faoliyatda namoyon 
bo‘ladi. Ijod bu- dunyoga prinsipial yangilik kiritish va yaratuvchanlik demakdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin