1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Ilmiy bashoratni
sub’yektning borliq sirlarini va o‘rganilaѐtgan ob’yektning 
rivojlanish mexanizmlarini o‘zlashtirish borasidagi ijodiy faolligining shakli sifatida 
ko‘rib chiqmasdan ilmiy ijod metodologiyasini tadqiq qilish mumkin emas. 
Epistemologik va gnoseologik jihatlardan bashorat tuzilishini ilmiy bilish shakli 
sifatida, bashorat metodlarining xususiyatlarini va ilmiy bilishning o‘sishiga 
ularning ta’sirini falsafiy tahlildan o‘tkazish e’tiborga molikdir.
Bugun, insoniyat qadam qo‘ygan yangi ming yillik va yangi XXI asrning 
boshida kishilik jamiyatining progressiv taraqqiѐtini ilmiy tushuntirish va ilmiy 
prognozsiz tasavvur qilish ham mumkin emas. Olim ilmiy bashorat sohasida ijodiy 
faoliyat bilan shug‘ullanar ekan, ijtimoiy taraqqiѐt qayerga, qay yo‘nalishda harakat 


qilyapti, bu harakatning sur’atlari qanday, ularni qanday yaxshilash, jadallashtirish 
(ѐki, aksincha, sustlashtirish), maqbullashtirish kerak, va, nihoyat, mazkur 
rivojlanishning yaqin tarixiy istiqboldagi yakuniy maqsadi qanday, degan savollarga 
javob topishga harakat qiladi.
Hozirgi zamon olamining qiѐfasi shu qadar jadal o‘zgarmoqdaki, ijtimoiy 
haѐtning barcha sohalarida yalpi globalizatsiya jaraѐnlari sodir bo‘laѐtgan bugungi 
kun sharoitlarida har qanday ilmiy prognozlar qilish alohida olimlar hamda ilmiy 
jamoalar, maktablar va institutlar ijodining qiziqarli o‘yiniga aylanadi.
Ilmiy bilishning hozirgi zamon epistemologiyasi ilmiy bashoratga bizni 
qiziqtiraѐtgan hodisalar va jaraѐnlarning mohiyati hamda ularning kelgusida 
rivojlanish tendensiyalari haqidagi to‘g‘ri bilimga asoslangan noma’lum narsa 
to‘g‘risida bilim deb qaraydi. Ilmiy bashorat - bu bo‘lg‘usi hodisalarni, shuningdek 
u ѐki bu hodisalar, voqealar, jaraѐnlarning oqibatlari xususiyatini (qaytariladigan ѐki 
qaytarilmas, foydali ѐki zararli, xavfli va h.k.) oldindan aytib berish real 
imkoniyatidir. Ilmiy prognoz hisoblangan fanda bashorat ilmiy faktlarga, barcha 
holatlar va shart-sharoitlarni qat’iy e’tiborga olish negiziga quriladi. Ilmiy bashorat 
jaraѐni kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar, hodisalarni oldindan aytib 
berishni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin