1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Ilmiy bashorat 
- bilishning o‘ziga xos shaklidir. O‘tmish ѐki bugungi 
kunning voqea-hodisalari haqida ma’lumotlardan iborat oddiy bilimlardan farqli 
o‘laroq, ilmiy bashorat kelajakda sodir bo‘lishi ѐki kashf etilishi mumkin bo‘lgan 
narsalar haqida axborotni ifoda etadi. Binobarin, u ehtimoliy xususiyatga egadir. Bu 
bilish ob’yekti - hali kelmagan kelajakning xususiyati bilan belgilanadi. Kundalik 
haѐtiy tajribaga, sog‘lom fikrga, har hodisalarni oddiy kuzatishga ѐki diniy e’tiqodga 
asoslangan diniy bashoratlar va empirik farazlardan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat 
tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimni ob’yektiv, teran va har tomonlama tahlildan 
o‘tkazishga asoslanadi.
Tabiiy va ijtimoiy hodisalarni o‘rganishda ilmiy bashoratni tafovut etish zarur. 
Tabiat insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq bo‘lmagan qonunlarga ko‘ra, 
ob’yektiv rivojlanadi, shuning uchun ham bu yerda bashorat ozmi, ko‘pmi bir 
ma’noli xususiyatga ega bo‘ladi. Ijtimoiy jaraѐnlar sohasida ilmiy bashoratda 
butunlay boshqa vaziyatga duch kelish mumkin. Birinchidan, ijtimoiy taraqqiѐtning 
ob’yektiv qonuniyatlari muayyan odamlarning sub’yektiv niyatlari bilan 
to‘qnashadi va ixtilofga kirishadi hamda bunday to‘qnashuv jaraѐnida bu niyatlarga 
tuzatish kiritiladi, binobarin, ilmiy prognozning ro‘ѐbga chiqishi imkoniyatlari bu 
yerda omonat, muttasil o‘zgaruvchandir. Ikkinchidan, jamiyat haѐtini o‘rganaѐtgan 
shaxs o‘zi bu jamiyatning a’zosi bo‘lib, o‘rganilaѐtgan jaraѐnlar, ob’yektiv va 
sub’yektiv omillarning bevosita ta’sirini o‘zida muttasil his etadi, bu esa unga o‘z 
tadqiqotchilik va prognostik ijodiy faoliyatida to‘liq ob’yektiv bo‘lishiga xalaqit 
beradi.
Ilmiy ijodda bashorat gipotezalarni va ularni tekshirish metodini shakllantirish 
usuli sifatida ishtirok etadi, zotan, bu gipotezalarning to‘g‘ri ѐki noto‘g‘riligini 
kelajakning o‘zi tasdiqlaydi. Birinchi holda gipoteza ilmiy nazariyaga, ikkinchi 
holda esa - yanglishish va xatoga aylanadi.


Ilmiy bashorat bugungi kunda informatika va elektronika, global kompyuter 
tarmog‘i va globalizatsiya asri insoniyat oldiga qo‘yaѐtgan ko‘pgina muammolarni 
hal qilishga qodir. Ilmiy bashorat va prognoz ѐrdamida inson haѐtiy faoliyati 
rivojlanishining nomaqbul, zararli, xavfli, boshi berk yo‘nalishlarini oldindan aytib 
berish, shuningdek ularning oqibatlarini yumshatish ѐki to‘liq bartaraf etish 
mumkin. Hodisalarni bashorat qilish, ularni ilmiy tushuntirish, hodisalarning teran 
aloqasi va mohiyatini ochib berish, ijtimoiy amaliѐtga xizmat qilish qobiliyati - bu 
fanning ijodiy, prognostik imkoniyatlarining ko‘rinishlaridir, zero, ilmiy bilishning 
asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy muhitda insonga yo‘l ko‘rsatish va uni bu muhitga 
moslashishiga ѐrdam berishdan iborat. Bashorat - bu odamlarning bilish va amaliy-
o‘zgartirish faoliyati o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in, jamiyat haѐtini tashkil etish va 
boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy bashorat bugungi kundan kelajakka, ma’lumdan noma’lumga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, bu gnoseologik noaniqlikni vujudga keltiradi, binobarin, ilmiy 
ijod jaraѐnida ilmiy bilish va prognoz qilish amalga oshiriladigan tizimlarning 
rivojlanish yo‘llari prinsipial xilma-xil bo‘lishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham 
bashorat ilmiy bilishda kelajakni mutlaqo aniq bilishni da’vo qilmaydi. 
Hodisalarning jo‘shqinligi, o‘zgaruvchanligi, rivojlanishning yo‘nalishi va 
sur’atlarini u ѐki bu tomonga og‘diruvchi fluktuatsiyalarning mavjudligi ilmiy 
bashorat aytilgan muddatdan oldin ѐki keyin sodir bo‘lishi ѐ umuman sodir 
bo‘lmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ilmiy bashoratning ro‘ѐbga chiqish yo‘llari har xil bo‘lishi mumkin. Bu yerda 
ilmiy prognoz qiluvchi tadqiqotchilar tafakkurining o‘ziga xosligi, ularning ijodkor 
shaxs sifatidagi xususiyatlari ѐrqin namoѐn bo‘ladi. Bu yerda umumiy 
mushohadalardan xususiy mushohadalarga (deduksiya) va xususiydan umumiyga 
(induksiya) o‘tish, taqqoslash, solishtirish, ekspert baholash, tahlil va sintez qilish 
mumkin. Ilmiy rejalar va prognozlar to‘liq ѐki qisman o‘z ifodasini topadigan 
odamlar amaliѐti ilmiy bashorat va prognozning to‘g‘riligi mezoni bo‘lib xizmat 
qiladi.
Ilmiy bilishning evristik-prognostik funksiyasi mavjud ilmiy bilimning 
qimmatini va butun insoniyat uchun ahamiyatini oshiradi, zotan, ilmiy bashoratning 
ro‘ѐbga chiqarish, uni potensial imkoniyatdan dolzarb voqelikka aylantirish inson 
aql-zakovati ijodiy faoliyati imkoniyatlarining cheksizligi va bitmas-tuganmasligiga 
bo‘lgan insonning ishonchini mustahkamlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin