vujudga keladi, har bir davr shunday individual holatga ega bo‘ladiki,
bu davrda
faqat mana shu holatdan kelib chiqib qarorlar qabul qilish zarur va mumkindir»1.
1 G.Gegel Soch. T. 8. S. 7-8.
Ilmiy bilish va ijod nafaqat kelajakni bashorat va prognoz qilish, balki uni
ongli ravishda shakllantirish imkonini ham beradi. Fanning evristik ma’nosini
«bashorat qilish uchun bilish, bilish uchun bashorat qilish», deb ta’riflash mumkin.
Ilmiy ijod tarixi ko‘p jihatdan ilmiy bashorat tarixidir.
Uning kuchi va qamrovi
fanning ijodiy, bilish salohiyatining yetuklik darajasini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimov ishlab chiqqan «bozorga
o‘tishning o‘zbek modeli» demokratiya, bozor iqtisodiga o‘tish va fuqarolik jamiyati
qurish sharoitlarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini teran ijodiy
ilmiy bashorat qilishning ѐrqin namunasidir. Bu model iqtisod, sosiologiya,
politologiya, ijtimoiy prognoz sohasidagi jahonga
mashhur mutaxassislarning
olqishiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur model iqtisodiy rivojlanish sohasida iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatini har
tomonlama tahlildan o‘tkazish va bu faoliyatning barcha omillarini e’tiborga olish
vazifasini hal qiladi. Bunday tahlil jamiyat taraqqiѐtining ijtimoiy-siѐsiy va ilmiy-
texnikaviy omillarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda iqtisodiy
rivojlanish jaraѐnlarini
tushuntirish, bashorat qilish va boshqarish uchun zarurdir.
«O‘zbek modeli» ilmiy ishlab chiqilgan va haѐtga muvaffaqiyatli tatbiq etilaѐtgan
ijodiy bashorat namunasi sifatida bozor, fuqarolik jamiyati va har tomonlama
rivojlangan demokratiya sari O‘zbekistonning harakatini
ijtimoiy boshqarishning
ilmiy va metodologik negizini tashkil etadi.
«Mohiyatni tushunib yetmasdan, yumuq ko‘z va shoshma-shosharlik bilan
maqsad sari erkin suzishga chiqish mumkin emasligini
biz hammamiz yaxshi
tushunishimiz kerak, - deb qayd etadi I.A. Karimov. - Buning uchun avvalambor
aniq yo‘nalishni belgilash, mustahkam kemani tanlash, ishonchli jamoani to‘plash,
uni og‘ir sharoitlarda suzishga o‘rgatish va faqat shundan keyin yo‘lga chiqish kerak.
Bu esa juda og‘ir va murakkab vazifadir. Bularning barchasini e’tiborga olib, biz
mustaqillikni qo‘lga kiritgan paytimizdan boshlab iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning
nazariy
va
amaliy
mexanizmlarini
ishlab
chiqish
bilan
shug‘ullanyapmiz»1.
Dostları ilə paylaş: