Xotira funksiyasiga odatda o‘tmishga murojaat deb qaraladi. Ammo, bugungi
kunda inson aqlining ijodiy faolligi haqida gapirganda xotiraning prognostik
funksiyasini, uning kelajakka murojaatini ham qayd etib o‘tish kerak. Xotiraning
kelajakka yo‘naltirilganligi o‘tmish haqidagi bilimlarimizni bo‘lg‘usi
voqea-
hodisalarga tatbiq etish, ekstrapolyasiya qilish,
kelajakni ijodiy bashorat, prognoz
qilish, yaratish imkonini beradi. Kelajakni oldindan ko‘ra bilish - inson ongi va
xotirasining o‘ziga xos jihatidir.
Insonning kelajakka qiziqishi odamlarning
alqlga va maqsadga muvofiq
faoliyati, bu faoliyatni kelajakka fikran ekstrapolyasiya qilish bilan uzviy bog‘liq.
Kelajakni ilmiy bashorat, prognoz qilish vositalari hali barkamollikdan ancha yiroq
bo‘lsa-da, odamlar o‘z ijodi, xotirasi, intuisiyasi va haѐtiy tajribasiga tayanib, ozmi,
ko‘pmi olis istiqbolga prognozlar qiladilar.
Kelajak haqida bilim, prognoz bugungi kundan uzoqlashishiga qarab
nomuayyan, noaniq, umumiy, taxminiy va ehtimoliy bo‘lib boradi. Jamiyat
aqlga
muvofiq iqtisodiy va xo‘jalik faoliyatini yuritishi uchun kelajakni prognoz qilish
zarur. Tartib, tuzilma, ichki ob’yektiv mantiq, rivojlanish qonuniyatlari va
algoritmlariga ega bo‘lgan (iqtisodiy,
ijtimoiy, ekologik va boshqa) tizimlarning
rivojlanishini rasional bashorat qilish mumkin. Tizimlarning tuzilishi va rivojlanish
prinsiplarining betartibligi ularning rivojlanishini tushunishga,
binobarin, bashorat
qilishga monelik qiladi.
Ilmiy bashorat kelajakni oldindan taxmin qilish,
kelajak haqida mushohada
yuritish demakdir. Masalan, mintaqa, viloyat ѐki mamlakat iqtisodining
rivojlanishini ilmiy bashorat qilish amalda prognoz qilish va oldindan aytib berish
shakllarida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: