1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/130
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#182477
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
1-mavzu “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazi

Prognoz qilish 
deganda biron-bir hodisaning rivojlanish istiqbollarini maxsus 
ilmiy o‘rganish tushuniladi. Oldindan aytib berish - bu mahalliy hodisani, masalan, 
quѐsh ѐ oy tutilishini, ertangi kun ob-havosini, harbiy harakatlar paytida 
dushmanning o‘zini tutishini zamon va makonda mahalliylashtirilgan muayyan 
bashorat qilish demakdir.
Ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy istiqbollarini o‘rganishda bilishning ilmiy 
metodlari, maxsus metodikalari, mantiqiy va texnikaviy vositalarining keng va 
xilma-xil arsenalidan foydalaniladi. Iqtisodiy prognoz qilishning asosiy metodlari 
quyidagilardir: ekstrapolyasiya; tarixiy analogiya; modellashtirish; kelajakning 
iqtisodiy ssenariylarini tuzish; ekspert baholash. Qolgan metodlar esa mazkur 
metodlarning har xil uyg‘unliklari va variantlaridir. Tabiiyki, bu metodlarning har 
birining o‘z kuchli va kuchsiz, ijobiy va salbiy tomonlari bor, shunga qaramay, 
hozirgi zamon iqtisod nazariyasi, futurologiya (kelajakni o‘rganuvchi fan), 
ekologiya va boshqa ijtimoiy fanlar prognoz qilishdan ilmiy bilish metodi sifatida 
ilmiy ijodda muvaffaqiyatli foydalanmoqda.
Amerikalik taniqli iqtisodchi J. Gelbreyt uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy 
prognozlar asosida yangi industrial jamiyat nazariyasini, D. Bell - postindustrial 
jamiyat nazariyasini, R.Aron 
– 
yagona industrial jamiyat nazariyasini, U.Rostou - 
o‘sish bosqichi nazariyasini yaratdi. Mazkur hozirgi zamon olimlari ijodining 
asosida XX asrning oxiri 
– 
XXI asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtini 
aniq va qat’iy prognoz qilish ѐtadi.


Ilmiy ijod va prognoz qilish metodologiyasidan iqtisod, demografiya, 
sosiologiyada bozor iqtisodining rivojlanish tedensiyalarini hamda hozirgi kun 
jaraѐnlari va bo‘lajak jaraѐnlarni iqtisodiy o‘rganishning muayyan metodlariga 
tatbiqan foydalaniladi. Masalan, D.Medouz iqtisodiy prognoz qilish ѐrdamida 
insoniyatning global muammolarini tahlildan o‘tkazdi, xuddi shunday tadqiqotlarni 
J.Forrester ham o‘tkazdi, amerikaliy taniqli siѐsat arbobi Z.Bjezinskiy ilmiy prognoz 
qilish asosida demokratiya, siѐsat institutlari, erkin bozor iqtisodi, hozirgi zamon 
axborot, kompyuter texnologiyalariga asoslangan hozirgi zamon va kelajak 
texnotron jamiyati nazariyasini yaratdi.
E.Tofflerning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiѐtning uchinchi to‘lqiniga mansub 
yuksak darajada sanoatlashgan jamiyatni shakllantirish borasidagi tadqiqotlari, 
F.Fukuyamaning «tarix yakuni» va taraqqiѐtning tarixdan keyingi bosqichiga butun 
insoniyatning o‘tishi konsepsiyasi asosiga qurilgan prognozlari, S.Xantingtonning 
g‘arb (xristianlik) va sharq (islom, buddizm, lamaizm va boshqalar) qadriyatlari bir-
biriga to‘la nomuvofiqligi negizida kelajakda ikki sivilizatsiya - Farb va Sharqning 
muqarrar to‘qnashuvi sodir bo‘lishi haqidagi prognozi katta ijodiy va prognostik 
qiziqish uyg‘otadi.
Rim klubining yaqin tarixiy istiqbolda butun insoniyatning global rivojlanishi 
jaraѐnlarini prognoz qilish borasidagi faoliyatini alohida qayd etib o‘tish kerak. 
Italiyalik iqtisodchi va tadbirkor A.Pechcheining tashabbusi bilan 1968 yilda tashkil 
etilgan Rim klubi olimlar, iqtisodchilar, biznesmenlar va siѐsatchilarni birlashtirgan 
xalqaro nohukumat tashkilotidir. Rim klubining faoliyati hozirgi davrning global 
muammolarini muttasil kuzatib borish va prognoz qilish, ijtimoiy taraqqiѐtning 
iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy, ekologik, oziq-ovqat, xom ashѐ, demografik va boshqa 
komponentlarining rivojlanish yo‘llari va tendensiyalarini aniqlashga yo‘naltirilgan. 
Rim klubi XX asrning oxiridaѐq o‘z ilmiy prognozlari asosida iqtisod, aholi va 
hokazolar o‘sishining «eng yuqori chegarasi» haqida global xulosalar chiqardi va 
shu bilan bir vaqtda, bu iqtisodiy, ijtimoiy-siѐsiy va demografik muammoning 
yechimini topishga harakat qildi.
Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiѐtni ilmiy prognoz qilishning ulkan evristik va 
prognostik ahamiyatini qayd etgan holda, ilmiy prognoz qilishning real 
imkoniyatlaridan kelib chiqish kerakligini uqtirib o‘tmoqchimiz, zero, har qanday, 
hatto juda aniq va ishonchli prognoz ham haqqoniy emas, balki ehtimol tutilgan 
bilimdir. Ehtimol darajasi juda baland bo‘lgan taqdirda ham prognoz amalda ro‘ѐbga 
chiqishi ѐki qog‘ozda amalga oshirilmay qolib ketishi mumkin.
Masalan, prognoz qilishning turlaridan biri - 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin