axborot o‘z xususiyatlariga ega. Bilim – inson ongining tarkibiy qismi. Ong,
bilimdan
tashqari, hissiyot, kayfiyat, sezgi, iroda va hokazolarga ham ega. Bilim,
ongning tarkibiy qismi sifatida, ular bilan chambarchas bog‘liq. Axborot
kommunikativ jarayonga qo‘shilib, bilim muayyan shaxsning boyligiga aylanishiga
imkoniyat yaratadi. Bilim – sub’yekt
ongining mazmuni, bilish faoliyatining
natijasi, amalda mavjud predmetlarga bog‘langan bilish obrazlari majmui. Muayyan
sub’yekt bilimining mazmuni hech qachon idrok etilgan axborot mazmuni bilangina
cheklanmaydi. Idrok etish bilimning alohida turi sifatida olingan axborotni anglab
yetish, tushunish, talqin qilishni nazarda tutadi.
Darhaqiqat, insoniyat ilgari hech qachon hozirgidek jadal sur’atlarda axborot
to‘plamagan. Bu ayniqsa ilmiy bilimlarning o‘sishiga xosdir. Agar milod boshidan
ilmiy bilimlarning ikki baravar o‘sishi uchun 1750 yil talab etilgan bo‘lsa, ikkinchi
shunday o‘sish 1900 yilda, uchinchi o‘sish esa – 1950 yilda, ya’ni atigi 50 yil ichida
sodir bo‘ldi. Bu yarim asr mobaynida axborot hajmi 8-10 baravar ko‘paydi. Agar
XIX asrda ilmiy axborot hajmi har 50 yilda ikki baravar ko‘paygan bo‘lsa, hozirda
har 20 oyda ikki baravar ko‘paymoqda.
Axborot ijtimoiy – iqtisodiy, texnologik va madaniy taraqqiyotning muhim
resursidir; undan foydalanish masshtablari, an’anaviy
resurslardan foydalanish
(energiya, xom ashyo va h.k.) masshtablariga teng. Axborotga sarf qilingan mablag‘
makroiqtisodiy ahamiyatga ega. Axborotning jamiyat hayotidagi ahamiyati kundan
kunga ortmoqda. Axborot bilan ishlash usullari o‘zgarmoqda, yangi axborot
texnologiyalarini qo‘llash sohalari kengaymoqda
.
Axborot o‘z sub’yekti va ob’yekti (manbai) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa
jarayonining mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan,
invariant qismi sifatidagi axborot konsepsiyasi tanlash jarayonini amalga oshirishga
qodir o‘zini o‘zi boshqaruvchi tizimlar faoliyatini tavsiflashi mumkin. Axborot
murakkab tarkibli tizimlarda aks ettirilgan rang-baranglikning boshqaruvga xizmat
ko‘rsatuvchi muhim qismi, kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. U bir
qancha xossalarni o‘zida mujassamlashtiradi – nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki
aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati
birinchi o‘ringa chiqadi.
Axborot
–ob’yektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib,
o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan
foydalanish uchun
mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Axborot bu tizimlarning faoliyat
jarayonida o‘z mazmuniga ega. Ob’yektivlik, moddiylashtirish va uzatish
imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlaridir. «Axborotni
o‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki
axborot unda funsional xossa sifatida mavjuddir»
51
.
Ilmiy bilimlar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik jamiyat
sharoitida bilimning yangi shakllarini izlash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu muammo asosan bilimni semiotika vositalari yordamida soddalashtirish
yo‘li bilan shaklan o‘zgartirish bilan bog‘liq.
51
Тураев Б. Информационное свойство пространства и времени // Естествознание и философия. III
международнқй семинар. – Санкт-Петербург: 1992. – С.64-.
Axborotning evristik mazmunini o‘rganishda
informasion vaziyatning
quyidagi unsurlari muhim o‘rin tutadi: 1) axborot sub’yekti (axborot oluvchi, uni
o‘zgartiruvchi va undan foydalanuvchi), axborot ob’yekti (axborot manbai):
sub’yekt bilan o‘zaro aloqaga kirishadi; 2) ehtiyojlar: aks ettirilgan
rangbaranglikning muhim qismini tanlash masalasini yechadi. Sub’yektning qizg‘in
izchil faoliyati axborotning shakllanish jarayonida muhim omillardan biri sifatida
amal qiladi. Tashqi ta’sirlardan axborot ob’yektining sub’yektga ta’siri, ta’sirni
kodlashtirish va modellashtirish, teskari aloqa, sub’yektning bilim darajasi ta’sirida
o‘zgarish va hokazolarni qayd etish mumkin.
Xullas, axborot va bilim o‘zaro nisbatining bir xil ta’rifi mavjud emas. Faqat
shu narsa aniqki, ular o‘rtasida chuqur dialektik aloqa mavjud. Bu aloqa shu qadar
chuqurki, ba’zan axborot va bilim tushunchalari kundalik amaliyotimizda, ayniqsa,
hozirgi kunda informasion portlash deb nom olgan inson bilimining jadal o‘sishi
to‘g‘risida so‘z yuritilgan hollarda bir-biriga o‘xshatiladi.
Dostları ilə paylaş: