Mahsulotlar turi
|
Baho, so‘m
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, dona
|
Mahsulotning egallagan salmog‘i, %
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m
|
Farqi (+; –)
|
Biznes-reja
|
Hisobot yili
|
Biznes-reja
|
Hisobot yili
|
Biznes-reja
|
Qayta hisoblangan mahsulot
|
Hisobot yili
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
6
|
7
|
8
|
9
|
P0
|
Q0
|
Q1
|
S0
|
S1
|
Q0P0
|
ΣQ1P0S0/100
|
Q1P0
|
8–7
|
A
|
30
|
5000
|
5300
|
22,3
|
22,6
|
150000
|
156813,6
|
159000
|
2186,4
|
B
|
20
|
7800
|
7940
|
34,8
|
33.8
|
156000
|
163142,4
|
158800
|
–4342,4
|
C
|
15
|
9600
|
10200
|
42,9
|
43.5
|
144000
|
150836,4
|
153000
|
2163,6
|
Σ
|
x
|
22400
|
23440
|
100
|
100
|
450000
|
470792,4
|
470800
|
7,6
|
Bu yerda: qp – mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi;
s – umumiy ishlab chiqarishda i- ko‘rinishdagi mahsulotlarning solishtirma salmog‘i ;
p, – i- ko‘rinishdagi mahsulotlar narxi.
Keltirilgan misolda (3.14-jadval) ishlab chiqarish strukturasi o‘zgardi va uning ta’sirida A va C mahsulotlar ulushi ortdi, B mahsulot esa kamaydi, natijada mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymat ifodasida 7,6 ming so‘mga ortdi. Bu korxona faoliyatining yanada obyektiv bahosi, chunki mehnat sig‘imi bo‘yicha uch
mahsulot ham bir xil.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun turli usullardan foydalaniladi. Misol uchun, mutlaq kattalik o‘rniga o‘rtacha yoki nisbiy kattaliklarni qo‘llab qator hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligiga erishish mumkin. Korxonalarning ishlab chiqarish bazasini hisobga olmasdan (mahsulot ishlab chiqarish hajmi, foyda summasi va boshqalar) mutlaq ko‘rsatkichlarni qiyoslash mumkin emas. Lekin mutlaq kattaliklar o‘rniga nisbiy, misol uchun, bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, aktivlarning ming so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda summasi va shu kabilarni qo‘llashimiz mumkin. Ushbu holda bunday taqqoslash butunlay to‘g‘ri sanaladi.
Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun tuzatish koeffitsiyentlari ham keng qo‘llaniladi. Xususan, ko‘rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo‘lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy vositalarning jami summasi bo‘yicha, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar bo‘yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo‘yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to‘g‘riligini ta’minlashda ularni hisoblash metodikasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim.
Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo‘yicha tabiiy- iqlim sharoitlarini ta’minlash juda muhim. Xususan, bu qishloq xo‘jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo‘lishi mahsulot etishtirishga, vaqtinchalik va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig‘imi va boshqalarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu omil bo‘yicha ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar bilan shartlangan ko‘rsatkichlarning o‘sish ulushi ajratiladi, keyin esa ularning ta’siri bartaraf etiladi.
Ayrim ko‘rsatkichlarning mavsumiy tavsifiga e’tibor qaratish zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi davrida kapital aylanuvchanlik koeffitsiyenti o‘sadi va shu kabilar.
Ayrim hollarda ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob siyosatidagi o‘zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko‘rsatkichlarni turli usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o‘zgartirish (NIFO, FIFO, LIFO) va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, ko‘rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari ularni yagona bazisga keltirish yo‘li bilan (o‘rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish) amalga oshirilar ekan.
Dostları ilə paylaş: |