1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usuli



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə26/82
tarix16.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#182738
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usuli

Iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlarni o‘rganish mutlaq miqdorlardan foydalanish

bilan boshlanadi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmi (natural va qiymat o‘lchovlarida), tovar aylanish hajmi, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, yalpi tushum, ishchilar soni va hokazo. Mutlaq ko‘rsatkichlar boshqa hodisalarning o‘lchamiga nisbatsiz miqdoriy o‘lchovini aks ettiradi, nisbiy esa – kattaliklar o‘rganilayotgan hodisa va kattaliklarning boshqa davr yoki boshqa obyekt bo‘yicha olingan qandaydir boshqa hodisa yoki kattaliklarga nisbatini ifodalaydi.
Mutlaq miqdorlarsiz tahlil ishlarini amalga oshirib bo‘lmaydi. Iqtisodiy tahlilda mutlaq miqdorlar voqelikni bilish, tushunish, o‘qish va o‘rtacha hamda nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda asosiy axborot bazasi bo‘lib foydalaniladi. Shuningdek, mutlaq o‘zgarish iqtisodiy tahlilda muayyan ko‘rsatkichni avvalgi davrlarga nisbatan mutlaq miqdordagi farqlarini ko‘rsatib beradi (3.15-jadval).
Nisbiy ko‘rsatkichlar bir xil tur va mazmundagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro nisbatini aniqlab foiz, koeffitsiyent, indeks ko‘rinishida aks ettirib beradi. Ushbu usul reja bajarilishi, o‘sish sur’atlari hamda salmoqlar asosida voqeliklarning tarkibiy tuzilish holati kabilarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi (3.15-jadval). Nisbiy ko‘rsatkichlar bir kattalikni boshqasiga bo‘lish natijasida olinadi va u taqqoslash bazasiga qabul qilinadi. Bu reja, bazis yil, boshqa korxonaning, o‘rtacha sohaviy ma’lumotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Nisbiy kattaliklar koeffitsiyentlar (baza 1) yoki foizlar (baza 100) shaklida ifodalanadi.

3.15-jadval

tumanidagi «Mahsuldor» fermer xo‘jaligi mulkining tahlili







Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin