Topshiriqlar:
1. Qo’sh undoshli so’zlarga misollar keltiring
Namuna: arra patta yakka
alla bitta hassa
2. Teskari o’qilganda ham mazmuni o’zgarmaydigan so’zlar toping. Topgan so’zlaringiz ishtirokida so’z birikmalari hosil qiling. Gap tuzing.
Namuna: 1) alla, bob, kiyik , arra
2) …allaning og’ushida…
3) Chaqaloq ona allasining mayin og’ushida beozorgina pishillab uxlardi.
3. Matnni o’qing. So’zlarni bo’g’inlarga ajrating va turlarini ayting.
Navoiyning butun oila, qarindosh-urug’lari Boyqaro tarafida bo’lganligi ma’lum. Navoiy Xurosonda ilm-fan,san’at va adabiyot rivojini ta’minlamoq , osoyishta hayot barpo etmoq uchun adolatli va kuchli hukmdor bo’lishi kerak deb hisoblardi. U Husayn Boyqaroni ana shunday hukmdor bo’ladi, deb ishonar edi. Husaynning shoirlik iste’dodi, ular o’rtasidagi bolalik yillaridan boshlangan do’stlik bu ishonchni yanada mustahkamlar edi.Shuning uchun Navoiy o’z siyosiy faoliyatining boshidanoq, Husayn Boyqaro tarafida bo’ldi va bu mavqeda hayotining oxirgi daqiqasigacha qoldi.
4. Bo’g’inlarning tovush tarkibiga e’tibor bering.
Topshiriq: 1) Bir bo’g’inli so’zlarga misollar to’plang.
2) Bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’inli so’zlarga misollar to’plang.
3) Bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’inli so’zlarga misollar to’plang.
4) Bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’inli so’zlarga misollar to’plang.
5. Yopiqbog`inlardan biri unli va faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan so`zlarni alohida ajratib yozing.
Balandparvoz, mehnat, botir, maktab , temir,g`alla, toshloq, kitob, po`lat, balki, paxta, allakim, anglamoq, alanglamoq, dilxiroj, yonbag`ir, zamonaviy, kartoshkagul, olqish, payvand, shijoatkorona, o`zbilarmon, qalampirmunchoq.
Urg’u
So’z tarkibidagi biror bo’g’in yoki gapdagi biror so’z talaffuzda ajratib, urg’u berib zarb bilan aytiladi.
Urg’u ikki xil bo’ladi:
1. Ma’no urg’usi.
2. So’z urg’usi.
Gapdagi biror so’zni ta’kidlab aytilishi ma’no (logik, mantiqiy) urg’u deyiladi.
Masalan, Men oliygohga kirmoqchiman. Mantiqiy urg’u olgan bo’lak har doim kesim oldida bo’ladi. Agar kesim mantiqiy urg’u olsa, gap boshiga chiqariladi. Masalan, Yashasin tinchlik!
So’zda biror bo’g’inni ta’kidlab aytilishi so’z urg’usi (leksik urg’u) deyiladi.
So’z urg’usi odatda so’zning oxirgi bo’g’inidagi unliga tushadi. Agar so’z biror yasovchi , turlovchi (kelishik qo’shimchasi) , tuslovchi ( shaxs-son qo’shimchasi) ni qabul qilsa, urg’u ham odatda oxirgi qo’shimchaga ko’chadi. Shunga ko’ra o’zbek tilidagi urg’u ko’chib yuruvchi urg’u hisoblanadi. Masalan, makta`b, maktabla`r, maktablarga`. Biroq har doim ham bu qoida saqlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |