Quyida berilgan so’zlarning tovush o’zgarishlarini aniqlang. Buning uchun uch narsaga e’tiborni qarating:
1. So’zning asosini aniqlang.
2. So’zni ma’noli qismlarga, ya’ni morfemalarga ajrating.
3. So’zda qanday tovush o’zgarishi bo’layotganligini aniqlang.
Bulog’i, tarog’im, so’rog’im, qiyna, qiynoq, qiynog’i, atoqli, shahrimiz, ko’nglingiz, yashamoq, sayroqi, tilagim, kechagi, undan, bunday, ekkani, tomog’i, so’roqsiz, pasaydi, susaymoq, sovuqning, qizarmoq, o’ynoqi, yig’la, yashar, ekanligini, unga, shahringiz, oshig’ing, ayrim, ayril, xabardorligimni, buyrug’ingiz, sening, seni, seniki, meniki, mening, o’shanga, quvnoq, sanoq, yuragim, o’rnat, yig’loqi, ekkuncha, bitta, obro’yim, dumalog’i, bo’g’irsog’im, singlimning, ikkala, o’g’li, ulg’ayib, o’rnidan, bag’rida, chanqoq, guvullashi, yig’ladimi, anglay, qornimga, saylovchi, bolaligim, teragim, terakka, porloq, yashayotgan, og’zaki, bo’ynim, bo’g’zimga, cho’zarkan, kichkinagina, o’tkir, tuproqqa, falakka, ikkovlariga, churullamoq, ishlov, saylovchi, borlig’imni, sarg’aygan, sarig’i, to’quv, o’quv, buloqqa, og’zida, tanlov, qo’yni…
Topshiriq: 1. Quyidagi gaplardan tovush o’zgarishiga uchragan so’zlarni topib, izohlang.
1. Sening mo’jaz yuraging mo’jizalarga to’la ekanligini birinchi bor uchratganimdayoq anglagan, his qilgan edim.
2. Uning jussasi kichkina bo’lsa ham, ko’zlari chaqnoq, qarashlari o’tkir, istarasi issiq, ovozi esa jarangdor edi.
3. Uning chaqnoq ko’zlari, siyrak qoshi, o’ychan turishi katta bardoshi, sadoqatini aks ettirib turardi.
4. Qornimga emas, qadrimga yig’layman.
5. Urug’ aralashib avval tuproqqa
So’ngra bo’y cho’zarkan osmon-falakka.
1-mashq.Gaplarni o’qing. Qo’shimchalar tarkibida sodir bo’layotgan tovush o’zgarishlarini belgilang.
Inson o’z umrining hisobli ekanligini hamisha kech anglaydi. Jo’jani kuzda sanaydilar. Gulla, yashna, mustaqil O’zbekiston! Respublikamiz iqtisodiyoti o’z taraqqiyotining eng qiyin bosqichlarini ortda qoldirib, bugungi kunda yangicha takomil bosqichiga chiqib oldi. Mamlakatimizda mana bir necha yildirki, saylovlar muqobillik asosida o’tkazilmoqda. Salimjon qilgan ishidan uyalib, qizarib ketdi. Davr qiynoqlari o’tkinchi -hali hamma narsa oldinda… Kuz kelishi bilan daraxtlarning barglari sarg’ayib, oltin rangini ola boshladi. Radiodan o’ynoqi musiqa yangradi.
Dostları ilə paylaş: |