Nechun kerak rubob, senga shuncha g’am.
7. Jahonda ikki dilbarning biri sensan, biri Laylo,
Jahonda ikki oshiqning biri menman, biri Majnun.
8. Quyidagi so’zlarning qaysi bo’g’iniga urg’u tushayotganligiga diqqat qiling, ularning talaffuzidagi o’ziga xosliklarga e’tibor bering.
Ziyoli, mustamlakachilik, mansabparast, korxona, brokerlik, anjuman, telefaks, iqtisodiy, anhor, moviylik, o’zbilarmonchilik, vatanparvar, yaltiroq, huzurbaxsh, nashriyot, mag’lubiyat, qardoshlarcha.
Akademik litsey darsliklarida fonetika bo’limi bir qadar keng tushuntirilgan.
Bilimingizni test topshiriqlari asosida nazorat qiling
Fonetika bo’yicha test
1-variant
1. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi do’stginam, bahor”. (A.Oripov) Ushbu parchadagi ochiq va yopiq bo’g’inlar soni qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. 10 ta ochiq, 12 ta yopiq bo’g’inli B. 6 ta ochiq, 9 ta yopiq bo’g’inli
C. 18 ta ochiq, 18 ta yopiq bo’g’inli D. 14 ta ochiq, 12 ta yopiq bo’g’inli.
2. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi do’stginam, bahor”. (A.Oripov) Ushbu parchada sonorlar sonini aniqlang.
A. 24 ta B. 22ta C. 25 ta D. 23 ta
3. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi do’stginam, bahor”. (A.Oripov) Ushbu parchada lab undoshlari bilan boshlanuvchi bo’g’inlar sonini aniqlang.
A. 5 ta B. 6ta C. 8ta D. 4 ta.
4. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi do’stginam, bahor”. (A.Oripov) Ushbu parchada lab undoshlari bilan boshlanuvchi yopiq bo’g’inlar sonini aniqlang.
A. 3 ta B. 4 ta C. 6 ta D. 2 ta
5. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi do’stginam, bahor”. (A.Oripov) Ushbu parchada til oldi undoshlari bilan boshlanuvchi yopiq bo’g’inlar sonini aniqlang.
A. 5 ta B. 6 ta C. 8 ta D. 9 ta
6. Shovulladi tun bo’yi shamol,
Qaldiroqlar ko’chdi larzakor.
Shivirlading yonimda xushhol:
“Yana keldi do’stginam, bahor”. (A.Oripov) Ushbu parchada til oldi undoshlari necha marta qatnashgan?
A. 10 marta B. 16 marta C. 35 marta D. 40 marta
7. Hosil bo’lish usuliga ko’ra n va l undosh tovushlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping.
A. n- sirg’aluvchi, l- portlovchi B. n- portlovchi, l- sirg’aluvchi
C. n va l undoshlari jarangli undosh D. n- til oldi, l- til o’rta undoshi.
8. Quyidagi qaysi so’zlarda urg’u ikkinchi bo’g’inga tushadi?
A. bog’chaga, tasalli, oshxona B. reklama, respublika, mexanik
C. osmon, qatlama, o’quvchilar D. maktab, afsona, charog’on.
9. Qaysi so’zda urg’u ikkinchi bo’g’inga tushadi?
A. jamoalashtirish B. do’kondor C. qardoshlarcha D. faoliyat.
10. “ Hammamiz” so’zida urg’u qaysi bo’g’inga tushadi?
A. 1-bo’g’inga B. 3-bo’g’inga C. 2-bo’g’inga D. C javob.
11. Urg’u ma’no farqlash vazifasini bajargan so’zlarni belgilang.
1. Tugma. 2. Etik. 3. So’zlar. 4. Toshma. 5. Banda. 6. Soch. 7. Surma. 8. Yangi. 9. Inson. 10. Bilim.
A. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B. 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8 C. 1, 2, 3, 4, 7, 9, 10 D. 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9.
12. Qaysi gapda ajratilgan so’zning ikkinchi bo’g’iniga urg’u tushadi?
A. Chin inson birovga yaxshilik ko’zlar B. Ko’zlar inson qalbining aksidir
C. Sayoq yursang, tayoq yeysan D. Biz atlasdan foydalanib, materiklar joylashuvini o’rgandik.
13. So‘z ma’nosini farqlashda urg‘uning qaysi turi ishtirok etadi?
A. Logik urg’u; B. Leksik urg’u; C. Gap urg’usi; D. Ma’no urg’usi.
14. “osmon uzra” qurilmasida urg’u qaysi bo’g’inga tushadi?
A. osmon va uzra so’zlarining ikkinchi bo’g’inlariga
B. osmon va uzra so’zlarining birinchi bo’g’inlariga
C. osmon uzra birikuvida faqat uzra so’zining oxirgi bo’g’iniga
D. osmon uzra birikuvida faqat osmon so’zining oxirgi bo’g’iniga.
15. ko‘ngil, singlisi, kongress so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
Dostları ilə paylaş: |