1. Sichqonchaning o‘ng tugmachasi tayyor bo‘lgan papka nomi ustiga bosilib, konteks menyudan “Add to archive” (1) buyrug‘i tanlanadi.
2. Hosil bo‘lgan muloqot oynasida arxiv nomi (2), arxiv fotmati (3) belgilanib, OK (4) tugmachasi bosiladi.
№ 6 Mavzu: Elektron jadvalning vazifalari va imkoniyatlari. Elektron jadvalning elementlari
Reja:
Elektron jadvalning vazifalari
Elektron jadvalning imkoniyatlari
Elektron jadvalning elementlari
Elektron jadvallar ham oddiy jadvallar kabi ustun va satrlardan iborat bo‘lib, ular katta ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Ustun – elektron jadvalning harf bilan nomlangan vertikal ustuni.
Satr – elektron jadvalning son bilan nomlangan gorizontal qatori.
Dastur interfeysining katta qismini egallagan ishchi maydon ustun va satrlardan iborat (qarang: dastur interfeysi rasmi). Ustunlar ingliz alifbosining bosh harflarida A, B, C, D, E, F, …, AA, AB, AC, …, ZZ … kabi, satrlar esa sonlarda 1, 2, 3, 4, …, 100, 101, … kabi nomlanadi.
MS Excel 2019 dasturida satrlar soni 1 048 570 tadan, ustunlar soni esa 16 380 tadan ziyod. Ustun va satrning kesishgan qismiga katak deyiladi. Har bir katak o‘z manziliga ega. Katak manzilida dastlab ustun nomi, so‘ngra satr raqami ko‘rsatiladi. Masalan: D5, H59, AA123, … . Sichqoncha bilan belgilangan katakka faol katak, bir necha kataklarni belgilashdan hosil qilingan maydonga esa kataklar diapazoni deyiladi. Kataklar diapazonini ko‘rsatish uchun dastlab belgilangan maydonning yuqori chap burchagidagi katak manzili, so‘ngra ikki nuqta (:) belgisidan keyin quyida joylashgan o‘ng burchakdagi katak manzili yoziladi. Masalan: A2:B6, G8:U12, … .
MS Excel dasturi jadval kataklariga kiritilgan ma’lumotlar turini avtomatik ravishda aniqlashga harakat qiladi. Formulalarni kiritish “=” belgisi bilan boshlanadi hamda dastur kiritilayotgan ma’lumotni formula sifatida qabul qiladi.