1 Mavzu: Kompyuterning rivojlanish tarixi. Kompyuterning tashqi qurilmalari. Reja



Yüklə 104,99 Kb.
səhifə6/11
tarix14.12.2023
ölçüsü104,99 Kb.
#177010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-kurs konspekt yangi

Ms excel dasturida katak formati
MS Excelda elektron jadvali yaratilgach, foydalanuvchi uchun o‘z xohishiga ko‘ra katak formatini o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Yaratilgan jadval dizayni bejirim, o‘qish uchun qulay bo‘lishi uchun kataklar formati o‘zgartiriladi. Katak formatini o‘zgartirish uchun “Формат ячеек” dialoglar oynasi ishga tushiriladi. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 1) kerakli katak faollashtiriladi hamda kontekst menyudan “Формат ячеек” buyrug‘i tanlanadi; 2) “Главная” – “Ячейки” – “Формат” – “Формат ячеек” buyruqlari ketma-ketlikda tanlanadi.

Katakka murojaat etish usullari
Murojaat – formula kiritishda kerak bo‘ladigan obyekt (katak, satr, ustun, katak diapazoni) manzili. Formulalarni kiritishda uch xil murojaatdan foydalanish mumkin. 41 Лист1!F15 – “Лист1” nomli ishchi varaqning F15 katagiga nisbiy murojaatni anglatadi.
Absolyut murojaat. Formuladan nusxa ko‘chirilganda, undagi katak manzili o‘zgarmasligi uchun absolyut murojaatdan foydalaniladi. Undan foydalanish uchun, formulani kiritish jarayonida ustun hamda satr nomini kiritishdan avval dollar belgisi ($) yoziladi. Quyida D41 katakda joylashgan formuladan D44 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan: Bunda formuladagi $ belgisi satr va ustun nomlari mustahkamligini hamda nusxa ko‘chirishda formulaning o‘zgarishsiz qolishini ta’minlaydi.

Aralash murojaat deyilganda, yuqorida so‘z yuritilgan murojaat ikkala turining kombinatsiyasidan iborat manzil tushuniladi. Bunda ustun absolyut murojaat ko‘rinishida, satr esa nisbiy murojaat shaklida yoki aksincha ko‘rinishda bo‘ladi. Qaysi qismda absolyut murojaatdan foydalanilsa, aynan o‘sha qismdan oldin $ belgisi qo‘yiladi. Masalan: $D$4 – ustun ham, satr ham o‘zgarmaydi; D$4 – satr o‘zgarmaydi; $D2 – ustun o‘zgarmaydi; Quyida D30 katakda joylashgan formuladan E31 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan.
Nisbiy murojaat. Formuladan nusxa ko‘chirilganda, undagi katak manzili o‘zgarsa, bunday murojaatga nisbiy murojaat deyiladi. Quyida D22 katakda joylashgan formuladan D24 katakka nusxa ko‘chirish holati tasvirlangan:

7 Mavzu: Elektron jadvallarda matematik amallar va formulalar bilan ishlash. Elektron jadvallarda matematik va matnli funksiyalarni qo‘llash
Reja:

  1. Elektron jadvallarda matematik amallar

  2. Elektron jadvallarda formulalar bilan ishlash

  3. Elektron jadvallarda matematik va matnli funksiyalarni qo‘llash

Elektron jadval bilan ishlash jarayonining afzallik tomoni kataklardagi ma’lumotlarni hisoblash maqsadida formulalarni kiritish imkoniyatining mavjudligidadir. Bunda formulalarda keltirilgan murojaatlardagi qiymatlar o‘zgartirilsa, o‘zaro bog‘liq holda natijalarning ham avtomatik ravishda o‘zgarishi foydalanuvchiga qulaylik tug‘diradi.
Formula – hisob-kitoblar amalga oshiriladigan ifodaning ko‘rinishi. Formulalar bilan ishlaganda bilish muhim bo‘lgan tushunchalardan biri bu – “xatoliklar”dir. Bo‘sh yoki o‘chirilgan katakka murojaat qilinganda, argument yoki funksiyalar noto‘gri kiritilganda, katakda xatoliklar yuz berishi mumkin. Jadvalda ko‘p uchraydigan xatoliklar hamda ularning kelib chiqish sabablari keltirilgan:

Yüklə 104,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin